JUMURTOV ETAGIDAGI MAʼRIFAT MASKANI
Vatanimiz ravnaqi, millatimiz kelajagini ilmli, iqtidorli, yurtiga fidoyi va vatanparvar yoşlar timsolida köramiz. Dunyoda iqtidorsiz bola bölmasligi ayon. Faqat oilada, taʼlim muassasasida bolaning iqtidorini aniqlab, uni şu yönalişda rivojlantirişga eʼtiborni kuçaytiriş lozim.
Oq oltin ovulidagi Toza bosuv mahallasida joylaşgan 50-sonli umumiy örta taʼlim maktabi pedagogik jamoasi zimmalaridagi bunday şarafli va masʼuliyatli vazifani yoruğ yuz bilan uddalab kelayotganlardan deb bemalol ayta olamiz.
Uşbu taʼlim dargohining quvvati 220 öquvçi öringa möljallangan bölib, ayni kunda ikki smenada 402 nafar öquvçilar taʼlim-tarbiya olişmoqda. 1971-yilda qurilib, foydalanişga topşirilgan maktab binosi 2018-yilda mahalliy byudjet hisobidan joriy taʼmirlandi.
Izlagan imkon topadi deganlariday, 40 nafar oliy maʼlumotli öqituvçilar uşbu muassasada öquvçi yoşlarga fan asoslarini çuqur örgatişga, ularning ilmli, iqtidorli va salohiyatli bölib voyaga yetişiga intilmoqda. Eʼtiborlisi uşbu jamoaning salmoqli qismi maktabning öz sobiq öquvçilari.
Maktabda “Beş taşabbus” doirasidagi fan tögaraklari faoliyati yölga qöyilgan bölib, ularda malakali öqituvçilar maşğulot olib borişadi. Xususan, “Kitobxon yoşlar” tögaragida ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Dildora Davlatboyeva, kutubxonaçi Nilufar Erimbetova, boşlanğiç sinf öqituvçisi Gulnoza Rahimovalar, “Mohir qöllar” tögaragida Ozoda Boltaboyeva, “Qizlarjon” klubida Adolat Abdullayeva, badiiy havaskorlik tögaragida Islom Yusupov, “Yoş rassomlar” tögaragida Roza Kujanovalar öquvçilarning iqtidorini rivojlantirişga erişmoqdalar.
Fan tögaraklarida öquvçilarning dars maşğulotlarida olgan bilimlari mustahkamlanib, boyitib borilayotganligi özining quvonarli natijalarini berayotir. 2022-2023 öquv yilida maktabdan uçirma bölgan 19 nafar bitiruvçilarning 15 nafari oliy taʼlim muassasalarining talabalari bölişgani öqituvçilar darslar samaradorligiga qay darajada erişayotgani körsatib turibdi.
Joriy öquv yilgi asosiy fanlar olimpiadasida 9-sinf öquvçisi Bayansuluv Madiyarova, 9-sinf öquvçisi Dilnura Yursinova, 10-sinf öquvçisi Umida Soliyevalar yuqori ball töplab, ğoliblikka erişdilar. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholaş Agentligi tomonidan ötkazilgan sinovda 10-sinf öquvçisi Şahzoda Qurbonboyeva ingliz tili fanidan yuqori natija qayd etib, V1 darajali sertifikatga ega böldi.
Muassasa öqituvçilari öquvçilarga fan asoslarini çuqur örgatişga erişiş bilan bir qatorda, öz ustlarida ham ijodiy işlab, iqtidorini rivojlantirişga intilmoqdalar. Natijada Feruza Ajmağambetova rus tili, Şoira Erkaboyeva matematika, Dildor Karimboyeva ona tili va adabiyot, Dildora Davlatboyeva ona tili va adabiyot fanidan xalqaro va unga tenglaştirilgan milliy sertifikatga ega böldilar.
Erişilayotgan yutuqlar muassasa direktori Alişer Örozboyev, öquv işlari böyiça direktor örinbosari Roziya Rajabova, maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Akram Qurbonboyevlarning hamjihatlikda öqituvçilar, öquvçilar orasida soğlom maʼnaviy muhit yaratganligi, ularni yaxşi işlaş, öqişga rağbatlantira olişganligi samarasi desak, adaşmagan bölamiz. Çunki intiliş bor joydagina muvaffaqiyatlar böladi.
Biz maʼrifat va maʼnaviyat beşigi bölgan maktab öqituvçilar jamoasining kelgusi işlarida ham yutuqlar tilab qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶