Çoyköl ovulida tuman hokimining sayyor qabuli bölib ötdi
Sönggi yillarda mamlakatimizda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak” tamoyili asosida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Uşbu hayotbaxş tamoyil asosida olib borilayotgan işlar natijasida joylarda sayyor qabullar ötkazilib, odamlarni qiynab kelayotgan köplab muammolarga yeçim topilmoqda. Bu esa aholiga qulay yaşaş şaroitlari yaratiş, mahallalar infratuzilmasini yanada yaxşilaş imkonini bermoqda. Şu bilan birga aholining davlat idoralariga bölgan işonçi ortib bormoqda.
Joriy yilning 1-fevral sanasida Amudaryo tumani Çoyköl OFYda joylaşgan 22-sonli maktab binosida ham tuman hokimi Sobir Xöjametovning sayyor qabuli ötkazildi.
Sayyor qabulda 3-sektor rahbari – tuman Içki işlar bölimi boşliği Jamoladdin Yusupov, tuman hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Nodir Kamolov, korxona-taşkilotlar rahbarlari, banklar masʼullari, ovul fuqarolar yiğini raisi, xotin-qizlar faoli, yoşlar yetakçisi hamda fuqarolar iştirok etdilar.
Şu örinda qayd etiş joizki, hududlarni obodonlaştiriş, aholi turmuş şaroitini yaxşilaş, ularning muammolarini hal etiş yuzasidan taşkil etilayotgan sayyor qabullarda aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar örganilib, muammo va kamçiliklarni bartaraf etiş orqali insonlarning yaşaş şaroitlari tobora yaxşilanmoqda.
Mazkur sayyor qabul davomida ham fuqarolardan bir qator murojaatlar kelib tuşdi. Jumladan, öquvçilarning maktabga qatnaşlaridagi xavsizligi uçun yöl va yölak qurilişi, tabiiy gaz yetişmovçiligi, talaba yoşlarning tölov şartnoma pullarini tölaşdagi qiyinçiliklar, muddatli harbiy xizmat badal pulini tölaşdagi muammolar, betob farzandini davolatişda yordam, Çoyköl OFY Madaniyat uyini taʼmirlaş va boşqa masalalarda bildirilgan murojaatlar şular jumlasidandir.
Barça murojaatlar tegişli masʼullarga yönaltirildi hamda ular tomonidan örganilib, hal qilinadigan böldi. Şuningdek, sayyor qabul mobaynida fuqarolarning turli masalalar yuzasidan bergan savollariga ham tegişliça javoblar hamda tuşuntirişlar berildi.
Taʼkidlaş kerakki, mamlakatimizda barça sohalarda amalga oşirilayotgan islohotlar, xususan, turli darajadagi davlat hokimiyati va boşqaruv organlari rahbarlarning aholi vakillari bilan muloqotlari odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini örganiş, ularga imkon qadar kömak beriş, mavjud muammolar yeçimini topişga imkon bermoqda.
Ayniqsa, masʼullar tomonidan odamlarning muammo va taşvişlarini hal etiş, oğirini yengil qiliş yölida taşkil etilayotgan sayyor qabullar yurtdoşlarimizning ertangi kunga bölgan işonçini mustahkamlamoqda.
Şu jihatdan olib qaraganda, Çoyköl ovulida ötkazilgan sayyor qabul ham aholining turli masalalar yuzasidan murojaatlarini tinglaş va mazkur murojaatlarda aytilgan kamçiliklarni bartaraf qilib, ovul aholisining turmuş sifatini yanada yaxşilaşda muhim vosita böldi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶