Amudaryo tumanida agrar soha böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosidagi seminar bölib ötdi
Joriy yilning 7-fevral kuni Amudaryo tumanida dehqon xöjaliklarini taşkil etiş uçun ajratilgan maydonlarga “Bir hudud – bir mahsulot” va kooperatsiya tamoyillari asosida serdaromad hamda eksportbop ekinlarni oqilona joylaştriş, kafolatli xarid qiliş, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, şuningdek, eksport salohiyatini oşiriş böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosidagi seminar bölib ötdi.
Seminar Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yilning 10-sentyabrida qabul qilingan “Dehqon xöjaliklari taşkil etişni qöllab-quvvatlaş orqali aholi daromadlarini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaş, belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oşiriş maqsadida taşkil etildi.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Farhod Ermonov, Amudaryo tuman hokimi Sobir Xöjametov, respublikaning barça tumanlardagi qişloq xöjaligi böyiça hokim örinbosarlari, tumanlar qişloq-xöjaligi soha masʼullari, tumandagi ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari raislari iştirok etdilar.
Seminarni Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Farhod Ermonov oçib berdi va öz sözida sönggi yillarda mamlakatimizda qişloq xöjaligi sohasini yanada rivojlantiriş borasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilayotganini, agrar soha taraqqiyoti uçun davlatimiz rahbari taşabbusi bilan tizimli çora-tadbirlar yölga qöyilayotganini alohida taʼkidladi.
Şuningdek, davlatimiz rahbarining “Dehqon xöjaliklari taşkil etişni qöllab-quvvatlaş orqali aholi daromadlarini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini va içki bozorlarda narxlar barqarorligini taʼminlaş hamda agrar sohada aholining taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş orqali ularning daromadlarini oşiriş, şuningdek, “Bir hudud – bir mahsulot” tamoyili asosida qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişni kengaytiriş hamda eksport salohiyatini oşiriş kabi ustuvor maqsadlarni amalga oşirişga xizmat qilayotganini qayd etib ötdi. Mazkur hujjat agrar sohaning rivojini yana bir poğonaga kötariş, yanada takomillaştirişda muhim dasturulamal bölayotgani taʼkidlandi.
Seminar iştirokçilari dastlab Çoyköl ovuli hududidagi aholi tomorqasiga töqsonbosti usulida ekilgan ekinlar parvarişi bilan tanişdilar.
Maʼlumot örnida aytiş kerakki, tumanimizda 39 ming 406 ta tomorqa yer egalari faoliyat yuritayotgan bölib, ularda 6 ming 652 gektar ekin yerlari mavjud. Xududdagi ekin yer maydonlaridan samarali foydalanişni taʼminlaş böyiça tizimli işlar olib borilmoqda. Bu boradagi vazifalar aniq belgilab olinib, tomorqa yer egalarining bilim va tajribalarini oşiriş, ularni zarur maʼlumot va axborotlar bilan taʼminlaş işlari muntazam ravişda taşkil etilmoqda. Zero, “Tomorqa – daromad manbaidir!”. Buni anglab yetgan mehnatkaş yurtdoşlarimiz esa tomorqasida samarali mehnat qilib, möl hosil olmoqdalar.
Taʼkidlaş joizki, töqsonbosti uslubida ekilgan sabzavot ekinlari uruğlari erta köklamda yerdan juda barvaqt unib çiqib, tez rivojlanişi hisobiga erta hosil beradi. Takroriy ekinlardan böşagan dalalar obdon şudgorlanişi şart, şundagina “töqsonbosti” ekinlar uruği yerga “örnaşadi”. Qolaversa, uruğ yetarli çuqurlikka tuşsagina, qişki qattiq sovuq taʼsiridan omon qoladi. Tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi mutaxassislari 49 ta ovul va mahallalarga biriktirilgan holda aholi tomorqalarida töqsonbosti usulida ekilgan ekinlarining aniq xisobini yuritiş işlarini taşkil qilgan bölib, xonadonlarda bu böyiça tuşuntiriş işlarini olib borişmoqda.
Seminar iştirokçilari tumandagi “Kimyo boği” MÇJ faoliyati bilan ham tanişdilar. Bugungi kunda tumanda boğdorçilikni rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida keng maʼlumotlarga ega böldilar. Soha masʼullari boğdorçilik yönalişidagi işlarni olib boriş hamda daraxtlarga şakl berilişi yuzasidan özaro tajriba almaşdilar. Şu yerning özida boğbonlar tomonidan olma daraxtlarga şakl beriş böyiça master klass taşkil qilinib, bu borada tuşuntiriş va tavsiyalar berildi.
Qayd etilganidek, ayni kunlarda boğlarda ötkaziladigan eng muhim iş bu daraxtlarga şakl beriş hisoblanadi. Olma, nok, olxöri kabi mevali daraxtlarga odatda siyraklaştirilgan qavatli şakl beriladi. Mevali daraxtlarni qirqiş va şakl berişda serhosil şoxni hosil bermaydigan şoxlardan ajrata biliş zarurdir. Daraxt şoxlarini kesişda qalin soya beradigan, ortiqça novdalar butunlay olib taşlanadi.
Olma daraxtida bir yillik novadalar uzunligi 35-45 santimetr bölişi maqsadga muvofiq. Novdalar uzunligi 15-20 santimetrga tuşib qolsa, daraxt şox-şabbalarini “yoşartiriş” tavsiya qilinadi. Buning uçun mayda yon şoxlar 2-3 yaşarlik ona şoxlarga taqab qirqiladi.
Seminar iştirokçilarining navbatdagi manzili “Amudaryo tomorqa xizmati” MÇJ klasteri böldi. Klasterga taşrif mobaynida mehmonlar 750 tonna hajmdagi muzlatkiçli omborida qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş, qadoqlaş va eksportga tayyorlaş yuzasidan keng maʼlumotlarga ega böldilar.
Şu örinda qayd etiş joizki, tumanimizda bu kabi 8 ta MÇJlar taşkil qilinib, aholi tomorqa yer egalariga xizmat körsatib kelmoqda. Şundan tuman Fermerlar kengaşi jamğarmasi mablağlari hisobidan “Amudaryo tomorqa xizmati” MÇJ klasteri 5 milliard söm kredit olib 12 ta yönalişda fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalariga hizmatlar körsatib kelmoqda.
“Amudaryo tomorqa xizmati” MÇJ klasteri tarkibida köçatçilik, texnika parki, yuk saqlaş omborxonasi, sovutgiçli omborxona, uruğ, köçat, öğit, kimyoviy vositalar dökoni, ixçam issiqxonalar, quritiş tsexi, inkubator, sunʼiy qoçiriş punkti, bio gums öğitlar işlab çiqariş, yem işlab çiqariş, saralaş va qadoqlaş tsehlari mavjud.
Klasterning meva-sabzavotlarni saqlaşga möljallangan 4 ta sovutgiçli omborxonasi bölib, umumiy hajmi 750 tonna. 2 ta traktor, yuk taşiş maşinalari, uç ğildirakli mototsikl, 2 ta kimyoviy işlov beriş agregatlari, 4 ta qölda dori sepiş uskunasi kabi asosiy texnika vositalari mavjud.
Seminar iştirokçilari klasterda mavjud şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar hamda “Amudaryo tomorqa xizmati” MÇJ klasterining tuman qişloq xöjaligi sohasida muhim ahamiyatga ega ekanligi va soha rivojiga katta hissa qöşayotganini eʼtirof etdilar.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶