Matematika fani böyiça “Hokim olimpiadasi” ötkazildi
Mamlakatimizda istiqbolli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning iqtidorini röyobga çiqariş, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini samarali yölga qöyiş uçun qöşimça şart-şaroitlar yaratiş borasida izçil çora-tadbirlar amalga oşirib kelinmoqda.
Şu bilan birga, ulğayib kelayotgan yoş avlodning ilm egallaşga bölgan iştiyoqi va intellektual salohiyatini oşiriş, şuningdek xalqaro maydonda mamlakatimizning nufuzini yanada yuksaltiriş uçun iqtidorli yoşlarni aniqlaş va yuqori malakali kadrlar tayyorlaşning uzluksiz tizimini takomillaştiriş yuzasidam tizimli işlar taşkil etilmoqda.
10-fevral sanasida tumanimizdagi 36-sonli umumtaʼlim maktabida matematika fanidan “Hokim olimpiadasi” ötkazildi. Tuman yoşlar işlari agentligi hamda Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi bilan hamkorlikda ötkazilgan olimpiada umumiy örta taʼlim maktablarida kiçik yoşli iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning intellektual salohiyatini namoyiş etişiga kömaklaşiş, öquvçilarning xalqaro olimpiyadalarga puxta tayyorgarlik körişlariga şart-şaroitlar yaratiş kabi ustuvor maqsadlarga yönaltirildi.
Taʼlim muassasalari öquvçilari orasidan matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika, rus tili, ona tili va adabiyot, ingliz tili, tarix, geografiya fanlari böyiça bilimli, qiziquvçan, intiluvçan va ijodkor yoşlarni aniqlaş, ulardagi qobiliyatlarni röyobga çiqarişga kömaklaşiş, qöllab-quvvatlaş va rağbatlantiriş maqsadida 2024-yil mobaynida har oyda bitta fandan, bir bosqiçda “Hokim olimpiadasi” ötkazilişi belgilangan.
Matematika fanidan ötkazilgan dastlabki olimpiadada tumanimizdagi 85 ta umumtaʼlim maktablarning 7-8-sinflarida tahsil oluvçi 200 nafar iqtidorli öquvçilar iştirok etdilar.
“Hokim olimpiadasi”ning oçiliş marosimida tuman Yoşlar işlari agentligi rahbari Sardor Ismailov, Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şöʼba rahbari Ibragim Radjapov, bölim metodistlari Habibulla Davletyarov va Rayhon Yakubova hamda olimpiada auditoriya rahbarlari, kuzatuvçilar, hakamlar iştirok etdilar.
Oçiliş marosimida tuman Yoşlar işlari agentligi rahbari Sardor Ismailov, Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şöʼba rahbari Ibragim Radjapov, 36-sonli umumtaʼlim maktabining matematika fani katta öqituvçi Azimboy Saparboyevlar sözga çiqişib, “Hokim olimpiadasi” ötkazilişidan maqsad va vazifalar haqida, olimpiada ötkaziliş tartibi haqida töxtalib ötdilar hamda olimpiada iştirokçilariga omad tiladilar.
Şundan söng auditoriya rahbarlari va kuzatuvçilar iştirokçilarini belgilangan xonalarda MMTB taşkiliy qömita tomonidan taqdim qilingan topşiriqlarni iştirokçi öquvçilar soniga nushalab oldilar hamda jarayon boşlandi. Iştirokçi öquvçilarga 7-8-sinf uçun Matematika fanidan 30 savolli topşiriqlar va javoblar varaqasi tarqatildi. Olimpiada topşiriqlarini bajariş uçun iştirokçilarga nizom talabi böyiça 2 soat vaqt berildi. Belgilangan vaqtdan keyin auditoriya rahbari tomonidan iştirokçilarning javob varaqalari şifrlangan holda hakamlarga taqdim qilinib, ular tomonidan tekşirildi hamda natijalar çiqarildi. Natijalarga köra 8-sinflar orasida 76-, 42-, 22- sonli umumtaʼlim maktablari öquvçilari, 7-sinflar orasida 31-, 64-, 22-sonli umumtaʼlim maktablari öquvçilari sovrinli örinlarni egallab, ğolib bölişdi. Sovrinli örinlarni egallagan öquvçilar qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandilar.
Qayd etiş joizki, taşkil etilayotgan bu kabi işlar davlatimiz rahbarining yoşlarni amalga oşirilayotgan islohotlarning faol iştirokçisiga aylantiriş, ilm-fanni özlaştirişga bölgan rağbatini oşiriş, izlanuvçanlik va yaratuvçanlik faoliyatiga keng jalb qiliş, jahon miqyosida Vatanimiz dovruğini keng taratgan ajdodlarga munosib avlodni tarbiyalaş maqsadida qabul etilgan “Iqtidorli yoşlarni aniqlaş va yuqori malakali kadrlar tayyorlaşning uzluksiz tizimini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaşga xizmat qilmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶