“Xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktab” tanlovining tuman bosqiçi bölib ötdi
Maʼlumki, yoşlar orasida çet tillarini örganişni yanada kengaytiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasida xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli öquvçilar örtasida fan olimpiadalarini ötkaziş tizimini takomillaştiriş hamda xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktabni aniqlaş tizimini joriy etiş töğrisida”gi qarorlari imzolangan bölib, mazkur hujjatlar yoşlarimizga çet tillarini örgatiş borasidagi işlarni yangi bosqiçga kötarişda muhim dasturulamal bölib xizmat qilmoqda.
Mazkur hujjatlar ijrosini taʼminlaş maqsadida imzolangan Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining “Özbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uçun “Xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktab” tanlovini ötkaziş töğrisida”gi buyruğiga asosan 26-fevral kuni Amudaryo tumanidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabida “Xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktab” tanlovining tuman bosqiçi bölib ötdi.
Tanlovni ötkaziş uçun belgilangan 40-sonli maktab binosi tanlov uçun zarur bölgan inventarlar va kompyuter texnikalari bilan taʼminlandi.
Körik-tanlovda Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi Maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şöʼbasi metodisti Jumamurat Rametullayev, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi mudiri Yalğaş Şamuratov, maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şöʼbasi rahbari Ibragim Rajabov, mazkur şöʼba metodisti Habibulla Davletyarovlar taşkiliy-nazorat işlarida iştirok etdilar. Şuningdek, körik tanlovga tumandagi 35 ta umumtaʼlim maktablarining 7-, 8-, 9-sinflarida tahsil olayotgan 5 nafardan iborat jamoalari tarkibida jami 175 nafar öquvçilar iştirok etdilar.
Mazkur körik-tanlovni ötkaziş töğrisidagi nizomga muvofiq 35 ta umumtaʼlim maktablarning terma jamoalari iştirokçilarining xorijiy tilni biliş darajasi test topşiriqlari orqali sinovdan ötkazildi.
Test sinovlarida bitta maktab terma jamoasiga kiritilgan öquvçilarning yonma-yon ötirişlariga yöl qöyilmadi. Test sinovlaridagi topşiriqlar xalqaro taʼlim standartlari asosida tayyorlangan jami 30 ta topşiriqlardan iborat böldi.
Test topşiriqlaridagi savollar oddiydan murakkabga tomon özgarib borib, topşiriqlarning 1-bölimida öquvçilarning xorijiy til, yaʼni ingliz tili böyiça grammatik bilimini baholovçi 10 ta test savollari taqdim etildi. 2-bölimida öquvçilarning ingliz tili böyiça luğat boyligini baholovçi 10 ta test savollari berildi. 3-bosqiçda esa öquvçilarning ingliz tili böyiça öqib tuşuniş könimasini baholovçi 10 ta test topşiriqlari taqdim etildi.
Maʼlumot örnida keltiriş joizki, “Xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktab” tanlovida xorijiy tillarga ixtisoslaşgan yoki xususiy maktablar iştirok etmaydi. Bunday maktablarning tanlovda iştirok etiş holati aniqlanganda ular tanlovdan çetlatiladi.
Belgilangan vaqt mobaynida test sinovlari yakuniga yetgaç, baholaş işlari tuman taşkiliy qömitasi tomonidan tuzilgan hakamlar tomonidan amalga oşirildi. Baholaş jarayonlarida maktab terma jamoasidagi har bir öquvçining bahosi alohida tekşirildi. Jamoadagi 5 nafar öquvçilarning töplagan ballari umumlaştirib, 5 ga bölingan holda örtaça ball çiqarildi hamda natijalar eʼlon qilindi.
Körik-tanlovning birinçi, yaʼni tuman bosqiçi jami 100 ballik mezonga köra aniqlangan yakuniy natijalariga köra 1-sonli umumtaʼlim maktabi terma jamoasi 57,9 ball bilan 3-örinni egalladi, 32-sonli maktab terma jamoasi 59,5 ballni qölga kiritib, faxrli 2-örinni egalladi. Umumiy ballari 65,2 ballni taşkil etgan 40-sonli umumtaʼlim maktabi terma jamoasi esa faxrli 1-örinni va ğoliblikni qölga kiritdi hamda tumanimizda xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktab deb topildi.
Ğoliblarga, yaʼni 3-örinni egallagan 1-sonli maktabga 50 mln söm, 2-örinni egallagan 32-sonli maktabga 70 mln söm hamda 1-örinni egallagan 40-sonli maktabga 100 mln söm pul mukofotlari beriladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶