38-SONLI MAKTABNING IQTIDORLI ÖQUVÇILARI MUNOSIB RAĞBATLANTIRILDI
Amudaryo tumani maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 38-sonli maktabda öquvçi-yoşlarning intilişi va qiziqişlari asosida umumtaʼlim fanlarini çuqurlaştirib öqitiladigan iqtidorli öquvçilar sinflari taşkil etilgan. Mazkur sinflarda fanlarni çuqurlaştirib öqitiş bilan birga öquvçilar erişayotgan yutuqlar öz vaqtida rağbatlantirib borilişiga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Tajribali fan öqituvçilari bilan boşlanğiç sinflar öqituvçilarning hamkorlikdagi faoliyatlari tufayli maktab öquvçilari turli körik-tanlovlar, bilimlar bellaşuvi va fanlar olimpiadalarida muvaffaqiyatli iştirok etib kelişmoqda.
Maktabning 2-, 3-, 4-sinflar öquvçilari örtasida öqiş savodxonligi, ona tili, matematika fanlari böyiça ötkazilgan bilimlar bellaşuvda iqtidorli va intiluvçan öquvçilar safi oşib borayotganini amalda namoyon böldi. Hali boşlanğiç sinflar öquvçilari bölgan bolajonlar ruhiyatini kötariş, ulardagi ilmga intiliş tuyğusini yanada mustahkamlaş maqsadida turli musobaqalar, ayniqsa, zakovat öyinlari va bilimlar bellaşuvi ğoliblarini maʼnaviy rağbatlantirib boriş esa maktab pedagogika jamoasi uçun doimiy anʼanaga aylangan.
Maktabda ana şunday maʼnaviy rağbatlantiriş tadbirlaridan biri fevral oyining oxirgi haftasida ham bölib ötdi.
Bilimlar bellaşuvi ğoliblarini rağbatlantirişga bağişlangan tadbirni maktab direktori Bahrom Boltaboyev oçdi va bilimdon öquvçilar hamda ularning ustozlarini erişgan yutuqlari bilan samimiy tabrikladi. Şu bilan birga endi 8-9 yoşga qadam qöygan, bilimga çanqoq bolalar hamda ularni öz qiziqişlari doirasida aniq maqsad sari yönaltirib, matematika fanininig möʼjizakor olamiga, ona tilining gözal va nafosatli, sirli dunyosiga olib kirib, ilm çöqqilari sari yetaklayotgan, savodxonligini oşirayotgan fidoyi öqituvçilarga çin dildan minnatdorçilik bildirdi.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, mazkur taʼlim muassasasida sinflararo va guruhlararo fanlar böyiça bilimlar bellaşuvi musobaqalari maktab direktori Bahrom Boltaboyev hamda öquv işlari böyiça direktor örinbosari Ş.Tajiboyevlarning taşabbusi va qöllab-quvvatlovi bilan ötkazilib, bu bellaşuvlarda boşlanğiç sinflar öquvçilari doimo faollik körsatişadi. Bu galgi, bellaşuvda ham 2-, 3-, 4-sinfarning öquvçilari öqiş savodxonligi, ona tili va matematika fanlaridan olgan bilim va könikmalarini bellaşuv şartlarini bajariş asnosida yanada mustahkamladilar.
Bilimlar bellaşuvi bilimdonlarini taqdirlaşga bağişlangan tadbirda öquvçilar ustozlariga yanada köproq va yaxşiroq öqişga vaʼda berdilar va biri-biridan şöx raqslar, kuy-qöşiqlar ijro etib, tadbirga yanada gözal joziba baxş etdilar. Şu bilan birga öquvçilar tadbirning adabiy-musiqiy qismiga özgaça ruh bağişlovçi fanlar böyiça bahslar ham olib bordilar.
Tadbir yakunida ğolib öquvçilar maktab maʼmuriyati tomonidan munosib rağbatlantirildilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶