Adabiyot
👁 628
AMUDARYo KÖPRIGIGA
Köpriklar qurişgan bobolarimiz,
Köngildan-köngilga, ellardan-elga.
Olamning sayqali maʼvolarimiz
Suvratin köçirib dillardan-dilga.
Ilm köpriklarin qurişgan, metin,
Millatni tanitib başariyatga.
Şarhlab dini islom, hadis qudratin,
Nomin yozib qöygan abadiyatga.
Biz ham köprik qurdik, qarang, muhtaşam,
Dunyoga eltuvçi yöllar darbandi.
Yillarni qaritgan ertak ham, tuş ham,
Bugun xalqim uçun rostga aylandi.
Şundayin köprik bu kelajakka yöl –
Şu yöldan boramiz taraqqiyotga.
Sukunatga çömgan anov sahro – çöl,
Bağri tölib ketar jöşqin hayotga.
Avlodlar ulğayar jasoratli, mard,
Boşlarida tutib ilm-irfonni.
Ona yurt şaʼniga qöndirmagay gard,
Bunyod etar yangi Özbekistonni!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶