BAYRAM MUNOSABATI BILAN AMUDARYoLIK AYoL-QIZLAR IŞTIROKIDA SPORT MUSOBAQALARI ÖTKAZILDI
Xalqaro ayol-qizlar kuni munosabati bilan yurtimizning barça hududlarida turli maʼnaviy-maʼrifiy, köngiloçar tadbirlar ötkazildi. Korxona-taşkilot va muassasalarda “Ayol borki, olam munavvar”, “Ayollari qadr topgan yurt”, “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol”, “Qizlar davrasi” nomli madaniy-maʼrifiy tadbirlar kötarinki ruhda nişonlandi. Ayniqsa, bayram arafasida taşkil etilgan sport musobaqalarida qatnaşgan ayol-qizlarga jöşqinlik ulaşilib, bayramni xuşnud ötkazişdi.
5-6-mart kunlari Amudaryo tumanida ham 8-mart – Xalqaro ayol-qizlar bayrami munosabati bilan taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan ayol-qiz xodimlar örtasida “Sport – salomatlik garovi” şiori ostida sportning şaxmat, şaşka, stol tennisi, darts va voleybol turlari böyiça musobaqalar ötkazildi. Musobaqalar Amudaryo muhandislik texnikumi, tuman ixtisoslaştirilgan maktabi va 40-sonli umumtaʼlim maktabi sport zallarida ötkazildi.
Musobaqalarning oçiliş marosimida iştirok etib sözga çiqqan masʼullar barça xotin-qizlarni, sportçi va trenerlarni, tizim xodimlarini nafosat va gözallik bayrami bilan tabriklaşdi. Jamiyatimizning turli jabhalarida xotin-qizlarning örni beqiyosligini taʼkidlab, ular özlarining bilimi va malakasi, tajribasi va mahorati bilan yurtimiz ravnaqiga, jamiyatimiz rivojiga munosob uluşini qöşib kelayotganini, jismoniy tarbiya va sport sohasida ham samarali mehnatlari, yuqori körsatkiçlari bilan el nazariga tuşgan, obrö-eʼtiborga sazovor bölgan ayol-qizlar köpçilikni taşkil qilişini, ular turli nufuzli musobaqalarda ulkan yutuqlarni qölga kiritib, tumanimiz, mamlakatimiz dovruğini olamga yoyişga öz hissalarini qöşişayotganini faxr va ğurur bilan eʼtirof etib ötişdi.
Musobaqalarda tuman böyiça hududlarda ğolib sanalgan iştirokçilar va ğolib jamoalar iştirok etişdi. Sportning şaxmat turi böyiça bölib ötgan musobaqalarda faxrli 1-örinni 11-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçisi Raisa Saxiyeva, 2-örinni 65-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçisi Ozoda Abdullayeva, 3-örinni 12-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçisi Dilorom Şomurodovalar egallaşdi. Şaşka turi böyiça ötkazilgan musobaqalarda esa faxrli 1-örinni 26-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti xodimi Tursunoy Tojibayeva, 2-örinni 67-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçisi Zulayho Bobojonova, 3-örinni 45-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçisi Dilfuza Abdurahmonovalar qölga kiritişdi.
Sportning stol tennisi turi böyiça qizğin keçgan musobaqalarda 46-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçisi Muyassar Maşaripova faxrli 1-örin, 8-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti xodimi Gulşod Maşaripova 2-örin, 11-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçisi Qunduz Kamolova 3-örin ğoliblari bölişdi. Şuningdek, sportning darts turi böyiça ötkazilgan musobqalarda esa 19-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçisi Muborak Maşaripova faxrli 1-örinni, 11-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçisi Nasiba Kamolova 2-örinni, 16-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçisi Rahima Saparboyeva 3-örinni egallaşdi.
Bahslarga boy tarzda ötgan voleybol musobaqalarida esa faxrli 1-örinni 28-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi, 2-örinni 22-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi, 3-örinlarni 41-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi va 32-sonli umumtaʼlim maktabi jamoalari egallaşdi.
Musobaqalarda ğolib bölgan jamoalar va faxrli örin egallagan iştirokçilar Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Amudaryo tuman bölinmasi kengaşi tomonidan diplomlar va sovğalar bilan taqdirlanişdi.
U.Abdurahmonov, Özbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Amudaryo tuman bölinmasi kengaşi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶