Taʼlim sifatini oşiriş masalasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi
Mamlakatimizda taʼlim-tarbiya beriş sifatini oşiriş, sohada yangi texnologiya va innovatsiyalarni joriy etiş borasida qator yangi islohotlar amalga oşirilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yangi Özbekiston – maktab ostonasidan boşlanadi”, degan ezgu ğoya asosida bu sohada katta işlar amalga oşirilmoqda. Sönggi yillarda hududlarda köplab zamonaviy maktablar barpo etildi. Prezident maktablari, ijod maktablari hayotimizga kirib keldi, ixtisoslaştirilgan maktablar tarmoği kengaytirildi. Yangi darsliklar va öquv qöllanmalari yaratildi.
Joriy yilning 13-fevral sanasida Amudaryo tumani 76-sonli maktabda Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça Milliy gvardiya boşqarmasi boşliği polkovnik Muxtor Yusupov iştirokida taşkil etilgan yiğiliş ham hududda taʼlim sifatini yanada rivojlantirişga bağişlandi.
Yiğilişda tuman hokimi örinbosari Nodir Kamolov, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaş Şomuradov, Milliy gvardiya tuman bölimi bölimi boşliği podpolkovnik Bahtiyor Atajanov qatnaşdilar hamda ovul va mahallalar masʼullari, ota-onalar, barça maktablar direktorlari va direktor örinbosarlari, öqituvçilari onlayn iştirok etdilar.
Uçraşuvda davlatimiz rahbarining joriy yil 5-fevral sanasida ötkazilgan ijtimoiy sohaga bağişlangan videoselektr yiğilişida belgilab berilgan ustuvor vazifalar xususida söz yuritildi.
Qayd etilişiça, Maktablarda oğriqli masalalardan biri, bu – tarbiya va maʼnaviyat bölib, ötgan yili voyaga yetmaganlar 3,5 mingta jinoyat sodir etgan. Şundan 2 ming 280 nafarini maktab öquvçilari taşkil qiladi. Sörov maktab direktoridan bölayotgani, lekin bolalar masalalari böyiça milliy komissiyaga masʼul hokimlar har hafta bitta maktabga borib, öquvçilarni şaroiti va tarbiyasi bilan şuğullanmayotgani, şu munosabat bilan maktablardagi inspektor-psixologlar ştati Içki işlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga ötkazilişi belgilandi.
Şuningdek, yiğilişda öquvçilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş orqali ularda “huquqbuzarlikka qarşi immunitet” yaratiş böyiça tizim qiliş zarurligi, öquvçilarning böş vaqtini mazmunli ötkaziş va kasbga yönaltiriş, tarbiyasi va öqişida muammo bölgan öquvçilarning ota-onalari va mahalla faollari bilan birga işlab, muammolarni yeçişga qaratilgan aniq çoralarni amalga oşiriş zararligi qayd etildi.
Mahalla raislari har oy maktablarda ota-onalar bilan uçraşib, mahalla va maktabdagi muhitni muhokama qilişi maqsadga muvofiq ekani körsatib ötildi.
Maktablarda öquvçilarning davomadini taʼminlaşga mahalla, ota-onalar, maktab birdek masʼul ekanligi, farzandlarimizga öz vaqtida töğri va yetarli taʼlim-tarbiya beriş orqali ertangi kun uçun barkamol avlod yetiştirişga zamin yaratilişi xususida söz yuritildi.
Şuningdek, maktabga moslaşiş va kitobni sevişga örgatiş, yaxşi xulqli böliş, atrofidagilar bilan muloqot qilişni örganiş va bilim olişga kuçli iştiyoqni şakllantiriş, kasb tanlaş, jamiyatga moslaşiş, katta hayotga qadam qöyiş borasida farzandlarga yöl-yöriq beriş zarur ekanligi taʼkidlandi.
Muhtaram Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, yuqorida aytilgan taşabbuslar amaliyotda yölga qöyilsa, ota-onada masʼuliyat, öqituvçida majburiyat, öquvçida işonç, taʼlim va tarbiyada sifat, mahallada esa nazorat böladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmat rahbari

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶