Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi Xonimjon Rajabova “Möʼtabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlandi
Xonimjon Rajabova 1957-yilda Amudaryo tumanining Kuyuk köpir qişloğida tuğilgan.
1979-yilda ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tomomlagan.
U 1979-yildan 1995-yilgaça Amudaryo tumanining ijtimoiy-siyosiy naşri “Amudaryo haqiqati” (hozirgi “Taraqqiyot közgusi”) gazetasi tahririyatida oddiy muxbirlikdan mazkur gazeta boş muharrirligigaça bölgan masʼuliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Xonimjon Rajabova 1995-2012-yillarda Amudaryo tumani hokimining örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi sifatida davlat va jamiyat hayotida faol iştirok etdi.
2013-yildan to hozirgi kunga qadar Amudaryo tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Xonimjon Rajabova Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi unvoni, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi kökrak nişoni, Qoraqalpoğiston Xalq taʼlimi aʼloçisi, “Mahalla iftixori”, “Vatan fidoyisi” kökrak nişonlari sohibasi.
Yaqinda, 8mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida Amu elining sevimli qizi Xonimjon Rajabovaning aziz xalqiga, ona Vataniga qilgan va qilayotgan xizmatlari hukumatimiz tomonidan yana bir marta eʼtirof etildi. U “Möʼtabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Elim, deb eliga evirilib yaşayotgan, aziz xalqiga xizmat qilişni öziga şaraf deb bilgan ustoz jurnalist va şoira Xonimjon Rajabovani uşbu mukofot bilan çin dildan muboradbod etamiz. Yana uzoq yillar hayotda va ijodda yuksak marralarni zabt etib, el içra aziz va hamişa möʼtabar bölib yaşang, deymiz.
Amudaryo televideniyesi va “Taraqqiyot közgusi” gazetasi, www.amunews.uz veb-sayti birlaşgan tahririyati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶