28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:57
Siyosat 👁 847

AMUDARYo TUMANIDA “OLAM NURGA TOʻLSIN SEN BILAN, NAVROʻZ!” ShIORI OSTIDA BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI

AMUDARYo TUMANIDA “OLAM NURGA TOʻLSIN SEN BILAN, NAVROʻZ!” ShIORI OSTIDA BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI

Mavzuga oid fotogalereya

Navroʻz! Avesto davri, balki undan ham avvalroq mangu tiriklik mujdasi sifatida paydo boʻlgan, insoniyat tarixi bilan bogʻliq eng goʻzal, muborak va tabarruk ayyom. Turkiy davlatlar, hatto Rossiyaning turkiy xalqlari yashaydigan hududlari, Bolqon orollarigacha boʻlgan manzil va makonlarda, ayniqsa, Markaziy Osiyoda har bahor faslida intiqlik va shodiyonalik bilan nishonlanadigan bayram - Navroʻzni ayni davrda 300 milliondan ziyod turli millat va elatlar vakillari katta shodiyonalar bilan nishonlashadi.

Yangi kun – yangi dehqonchilik faslining boshlanishidan darak berib, oʻz nomi ila yangi rejalar, yangi ezgu niyatlar, yangi rizq-roʻz uchun qadamlar qoʻyiladigan Navroʻzi olam amudaryoliklar uchun ham qadrli. Yurtimizga Navroʻzi olam kirib kelishi arafasida oʻtkazilgan umumxalq hashari tufayli bugun tumanning har bir goʻshasi, har qarich yeri obod, koʻrkam. Koʻngillar quvonch va shodlik istab, Navroʻz sayliga chiqqan.

2024-yilda nishonlanayotgan Navroʻz ayyomining bosh gʻoyasi va shiori ham oʻzgacha! “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” Amudaryo tuman BOʻSM oʻyingohiga olib boruvchi yoʻl-u yoʻlaklar ushbu shiorga hamohang bezatilgan. Sertakalluf xalqimiz koʻnglini oʻzida mujassam etgan “Xush kelibsiz!” mulozamat shioriga “Navroʻz bayramingiz muborak boʻlsin!”, “Assalom Navroʻzi olam!”, “Istiqlolning koʻrkisan, Navroʻz!”, “2024-yil – Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” kabi quvonch va shodlik, mehr va eʼtirof tuygʻulari singdirilgan rang-barang shiorlar ulanib ketgan. Oʻyingoh misli kamalak ranglarga doʻngan, koʻzlarni quvontiradi. Turfa rang sharlar, gullar, charxpalaklar, argʻimchoqlar-u dorlar, xalq ertaklari qahramonlari kabi afsonalar bilan bezatilgan oʻyingoh osmoni varraklar parvozidan yanada goʻzallik kasb etgan.

Toʻrt tomonda bayramona ruh, atlas-u adras koʻrpachalar solingan supalarni toʻldirgan, bayram shukuhidan, dorilomon damlar shukronasidan koʻngillari yuksalgan nuroniy otaxon va onaxonlar qoʻllarini duoga ochib, el-yurtga omonlik, rizq-nasiba tilashadi. Nuroniylar duolaridan olam yorishib ketadi goʻyo. Shohsupalarda, nuroniy bobo va momolari bilan joʻr boʻlishib qadimiy xalq laparlari, aytishuv va oʻlanlarni maroq bilan kuylashayotgan yigit-qizlar, sochlariga jamalaklar taqib, qoshlariga oʻsma-yu koʻzlariga surmalar surgan, milliy xalq oʻyinlarini oʻynab, bir-birlariga zavq ulashayotgan qizaloqlar ham shunda, Navroʻz saylida!

Bu galgi Navroʻz sayliga ahli Amu eli koʻchib chiqqan goʻyo. Qator koʻrkam rastalarda oʻz hunarlarini namoyish etayotgan qoʻli gul hunarmandlar tomonidan tashkil etilgan xalq hunarmandchiligi koʻrgazmasi, milliy taomlar koʻrgazmalari, qator savdo rastalari, tumanning 49ta qishlogʻi va mahallasi ahlining oʻziga xos urf-odat va anʼanalari aks etgan shohsupalar toʻridagi noz-neʼmatlarga toʻla dasturxonlar koʻzlarni oladi. Bir tomonda dorboz-u masxarabozlik sanʼati namoyandalarining ajoyib oʻyinlari, bir tomonda amudaryolik saxovatpesha fermerlar tayyorlagan bahoriy tansiq taom - sumalak sayli! Sumalakning xushboʻyidan koʻngillar sarmast lahzalar naqadar farahli! Bu – tinchlik, bagʻrikenglik, nafosat va goʻzallik tantanasi!

Ushbu lahzalarda yangragan “Chorlov” musiqasi, karnay-surnay sadolari jarangi qalblarga tantanavorlik bagʻishlab, Navroʻz sayli boshlanadi. Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametovning aziz Amu xalqiga tabrigida qayd etilganidek, tinchlik, doʻstlik, bagʻrikenglik hokim yurtda har kuni bayram, xalqimizning har bir kuni Navroʻz kabi tarovatli!

S.Xoʻjametov Navroʻz sayli ishtirokchilarini, butun Amudaryo tumani xalqini Yangi kun – Yangi dehqonchilik faslining boshlanishi bilan muborakbod etarkan, Navroʻzdan Navroʻzgacha Amudaryo tumanining turli sohalarida erishilgan yuksak natijalar, tobora obod va farovonlashib borayotgan zamonaviy qishloqlar, sportda, ijodda, taʼlim sohasida amudaryolik yoshlar erishayotgan yutuqlarni mamnuniyat bilan taʼkidladi. El-yurt obodligi va farovonligi yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan, qishloq va mahallalar hududlarini bogʻ-rogʻlarga aylantirayotgan fermerlarga, tadbirkor-u hunarmandlarga, sohibkor-u bogʻbonlar, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasi xodimlariga yanada yangi marralarni zabt etishlarida ulkan yutuqlar tiladi.

Shundan soʻng, Navroʻzona bezatilgan maydon uzra dillarni yayratuvchi Bahor taronalari yangradi. Qalblar entikdi, koʻzlar quvonchdan yayradi, yuzlarga bahoriy tabassum indi. Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan Xalqaro bayram sifatida eʼtirof etilgan Navroʻz sayli Amudaryo tumanida joʻshqinlik bilan davom etdi. “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” degan bosh gʻoya asosida Amudaryo tumani madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan kontsert dasturi ijodkorlarining chiqishlari Navroʻz sayli ishtirokchilariga olam-olam zavq bagʻishladi. “Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli, “Ofarin” folklor-etnografik xalq ansambli ijrochilarining har bir chiqishini xalq quvonch va olqishlar bilan kutib oldi.

Saylga goʻzallik va nafosat bagʻishlagan sportchilarning koʻrgazmali chiqishlari, badiiy gimnastika sporti malikalari boʻlgan amudaryolik qizaloqlarning shijoatlari, ular erishgan katta yutuqlar qalblarga faxr-u iftixor bagʻishladi.

Navroʻz sayli davomida har bir qishloq va mahalla oʻz polvonlari, mohir sportchilari bilan kurash, arqon tortishuv bahslarini qizitishdi. Kuyuk koʻpir-u mangʻitlik, Toʻlqin va qanglilik kuragi yerga tegmagan zabardast polvonlarga el-u xalq siltov boʻldilar. Qilichboyning, Doʻrman-u Xolimbegning, Boʻzsolma va Yuqori qishloq mahallalarining, Nazarxon-u Jumurovul, Oq oltin hamda Xitoy qishloqlarining shaʼnini himoya qilib kurash maydoniga belini bogʻlab tushgan polvonlar oʻrtasida doʻstlik, oʻzaro mehr-oqibat tamoyili baland tutildi. Arqon tortishuv musobaqalari, qoʻchqor urishtirish kabi Navroʻzga xos anʼanalar tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan qoʻllab-quvvatlandi. Barcha bellashuvlar gʻoliblariga Navroʻz sovgʻalari topshirildi.

Navroʻz – umumxalq bayrami tomoshalarida xalq oʻzaro mehr-muruvvatdan amudaryolik fermerlarning saxovatidan, qalblarga yashnash, yasharish, yaratish tuygʻularini baxsh etguvchi dilbar navolardan olam-olam zavq oldi. Oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, rus, turkman, tatar-u boshqird, koreys, ukrain va boshqa millat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashayotgan Amu zaminida Navroʻzi olam – Yangi kun – Yangi dehqonchilik fasli ana shunday shod-u xurramlik bilan kutib olindi.

Hamal kirganidan berib daraklar,
Yashillanib qoldi tol-u teraklar.
Turnalar ham qaytdi. Ezgu tilaklar,
Orzularni olib uchdi varraklar -
Vatan zavqqa toʻldi sen bilan, Navroʻz!

Navroʻz! Tashrifida ming bir sinoat,
Har dilni chulgʻamish ajib xalovat.
Qadamlari berib Yurtga salobat,
Yuraklar gul faslin etar qiroat -
Olam nurga toʻldi sen bilan, Navroʻz!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026