MAʼNAVIYaT MASKANIGA AYLANGAN 1-SONLI MAKTAB KUTUBXONASIDA KITOBXON YoŞLAR SAFI ORTMOQDA
Inson bilimni eng avvalo kitoblardan örganadi. Kitoblarni bejizga bilimlar kaliti deyişmaydi. Kimki, kitoblarga oşno bölsa, tafakkuri va dunyoqaraşi kengayadi, ilmi ortib, maʼnaviyati yuksaladi. Şu sababli yurtimizda aholini, ayniqsa, yoşlarni kitobxonlikka jalb etişga alohida eʼtibor qaratilib, keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Amudaryo tumanidagi amunews.uz veb-sayti tahririyatining “Soğlom muhit – soğlom hayot” grant loyihasi doirasida ham yoşlarning dunyoqaraşini va maʼnaviyatini yuksaltiriş, ularni yot ğoya va illatlardan himoya qiliş, ular örtasida kitobxonlikni yanada ommalaştirişga, kitobxon yoşlar safini oşirişga qaratilgan tadbirlar taşkil etilmoqda. Uşbu grant loyihasi doirasida Navoiy nomli mahalla hududidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabi kutubxonasi faoliyati bilan tanişiş maqsadida mazkur maʼnaviyat maskaniga taşrif buyurdik.
Maktab kutubxonasi nafaqat öquvçi-yoşlar balki, şu atrofdagi aholi uçun ham sevimli maskanga aylangan va doim kitobxonlar bilan gavjum. Boisi uşbu fayzli kutubxonada maktab darsliklaridan taşqari, xilma-xil mavzudagi badiiy-ilmiy adabiyotlar ham mavjud. Kutubxonada kitoblar bilan töla javonlar joylaştirilgan xonadan taşqari, barça şaroitlarga ega bölgan şinamgina öquv zali ham taşkil etilgan. Bu yerdagi darslik va öquv-metodik qöllanmalar soni 14 ming 323 dona bölsa, turli mavzulardagi badiiy adabiyotlar 1236 taga yetkazilgan.
Uşbu kutubxonada 2012-yildan buyon işlab kelayotgan kutubxona mudirasi Iroda Allaniyozovaning ham kitobxon yoşlar safi ortişida hissasi katta. U yangi kitoblar sonini köpaytirişga, şu bilan birga bor kitoblar haqida öquvçi-yoşlarga batafsil maʼlumotlar berib borişga harakat qiladi. Undan taşqari, kitobxonlik haftaliklari, adabiy keçalar ötkazib, öquvçilarning qiziqişlarini yanada oşirib boradi. Hozirga kunda maktabda taʼlim-tarbiya olayotgan 734 nafar öquvçidan 689 nafari kutuxonaga doimiy aʼzo bölişgan. Qolganlari esa şu yerga muntazam ravişda kelib, kitoblar bilan tanişişadi va ularni öquv zalida muotlaa qilişadi.
Deyarli 1 asrlik tarixga ega bölgan uşbu 1-sonli maktabda öquvçilar taʼlim-tarbiya olişlari uçun barça şaroitlar yaratilgan. Maktab 2023-yil aprel oyida “Open budget” loyihasida iştirok etib ğolib böldi va 1 mlrd. 300 ming söm evaziga maktab zamonaviy körinişga keltirildi.
Bugungi kunda maktabimizda 84 nafar öqituvçi sal kam 800 öquvçiga taʼlim-tarbiya bermoqda. Ularning 12 nafari oliy, 34 nafari 1-toifali öqituvçilardir. Yaqinda Prezident sovrini uçun “Xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktab” tanlovida maktabimiz ingliz tili fani öqituvçilari faol qatnaşib, 3-örinni egalladi va 50 mln. sömlik sertifikatni qölga kiritişdi. Şuningdek, 2023-2024 öquv yilida maktab bitiruvçilari Fan olimpiadalarida ham faol qatnaşib, yuqori natijalarni qölga kiritişdi.
Maktabning ona tili va adabiyot öqituvçilari Gulçehra Qurbonboyeva, Mubora Xalillayeva, Dildora Hayitboyeva, Mohira Kamolovalar hamda tajribali qoraqalpoq tili fani öqituvçilari Aptabida Abdimuradova, Dildora Qöçqorovalar ham darsdan taşqari maşğulotlar taşkil etib, ularni kutubxonada ötkazişadi. Yoşlarga özbek mumtoz adabiyoti, 20-asr adabiyoti va hozirgi zamon adabiyoti rivojiga hissa qöşgan adib va şoirlar haqida qiziqarli maʼlumotlar berib, ularning asarlari bilan taniştirib borişadi.
Eʼtirof etiş joizki, maktab kutubxonalari axborot va bilimga tobora köproq asoslanib borayotgan zamonaviy dunyoda muvaffaqiyatli faoliyat olib boriş uçun fundamental ahamiyat kasb etuvçi maʼlumot va ğoyalarni taqdim etadi. Navoiy mahallasidagi 1-sonli maktab kutubxonasi ham öquvçilarni taʼlim oliş könikmalari bilan qurollantirib, ularning tasavvurlarini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etib, bolalarning komil insonlar bölib yetişişlarida alohida ahamiyat kasb etmoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶