Öqituvçilar örtasida hokim olimpiadasining ilk bosqiçi bölib ötdi
Amudaryo tumanida yoşlarga taʼlim-tarbiya beriş, kelajak egalari bölgan yoş avlodni har tomonlama yetuk va barkamol qilib voyaga yetkaziş, yurt ravnaqiga yaraydigan bilimli, salohiyatli kadrlarni tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Maʼlumki, tuman hokimi Sobir Xöjametov taşabbusi bilan har oyda bitta fan yuzasidan tumandagi barça umumtaʼlim maktablari öquvçi yoşlari örtasida hokim olimpiadasini ötkaziş yölga qöyilgan edi.
Endilikda öqituvçilarning öz bilimlarini sinovdan ötkazişlari uçun imkon yaratiş, ularning öz ustida işlaşlari, bilim va tajrialarini yanada oşirişlariga turtki beriş maqsadida tuman hokimi Sobir Xöjametov taşabbusi bilan tumandagi barça umumtaʼlim maktablari öqituvçilari örtasida hokim olimpiadasi ötkazilişi yölga qöyilmoqda.
Joriy yilning 30-mart sanasida öqituvçilar örtasida hokim olimpiadasining ilk bosqiçi 55-sonli maktabda matematika, fizika fanlari böyiça bölib ötdi.
Dastlab maktab hovlisida olimpiadaning oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaş Şomuratov uşbu olimpiadaning ötkazilişidan asosiy maqsad va vazifalar, uni ötkaziş tartib-qoidalari xususida söz yuritdi.
Olimpiadani ötkaziş böyiça taşkiliy işlar tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining Maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şöʼbasi rahbari Ibragim Rajabov, metodistlari Habibulla Davletyarov va Rayhon Yakubovalar tomonidan amalga oşirildi.
Tuman hokimligi, Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi hamkorligi ötkazilayotgan mazkur olimpiadani har oyda bir fandan ötkazilişi böyiça aniq rejalar işlab çiqilgan.
Olimpiada sinovlari test topşiriqlari asosida bölib, test kitobçalari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholaş Agentligidan buyurtma asosida olinadi. Şuningdek, test topşiriqlari javoblari belgilangan titul varaqlari ham mazkur agentlikka tekşiriş va natijalarni aniqlaş uçun yuboriladi.
Hokim olimpiadasida tumandagi 85 ta umumtaʼlim maktablaridan ixtiyoriy ravişda 90 nafar matematika va fizika fanlari öqituvçilari iştirok etdilar.
Olimpiadaning şaffof ötişini taʼminlaş maqsadida öqituvçilar köz öngida Bilim va malakalarni baholaş Agentligi tomonidan kelgan test topşiriqlari kitobçalari oçiladi hamda tarqatiladi. Öqituvçilarning test topşiriqlarini bajarişlari hamda titul varaqlariga javoblarini belgilaşlari uçun bir soat vaqt beriladi. Belgilangan vaqt tugagandan söng titul varaqlari yiğib olinadi, test topşiriqlari kitobçalari öqituvçilarning özlariga beriladi.
Bilim va malakalarni baholaş Agentligi tomonidan test natijalari olingaç, ğoliblar aniqlanadi hamda tuman hokimligi tomonidan taqdirlanadi.
Taʼkidlaş joizki, tuman tarixida ilk marotaba taʼlim sohasida hokim taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan bu olimpiada taʼlim sifati va samaradorligini yanada oşirişga, öqituvçilarning bilim salohiyatlarini rivojlantirişlariga, öz ustida işlaşlariga, bir-birlari bilan özaro tajriba almaşişlariga xizmat qiladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶