Umumiy örta taʼlim maktablarining 5-8-sinf öquvçilari örtasida informatika yönalişi böyiça fan olimpiadasining tuman bosqiçi ötkazildi
Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli öquvçilar örtasida fan olimpiadalarini ötkaziş tizimini takomillaştiriş hamda xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktabni aniqlaş tizimini joriy etiş töğrisida”gi qarori hamda Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 7-martdagi buyruğiga asosan umumiy örta taʼlim maktablarining 5-8-sinf öquvçilari örtasida informatika yönalişi böyiça fan olimpiadasining Amudaryo tuman bosqiçi ötkazildi.
6-aprel kuni tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli 82-sonli umumiy örta taʼlim maktabi binosida bölib ötgan mazkur olimpiadaga tumandagi 85 ta umumiy örta taʼlim maktablarining 5-8-sinflarida tahsil olayotgan 250 nafarga yaqin iqtidorli öquvçilar qatnaşdilar.
Fan olimpiadasining tuman bosqiçi oçiliş marosimida Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Respublika taʼlim markazi buyruği asosida biriktirilgan metodist Siroj Yuldaşov, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaşboy Şamuratov, bölimning Maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şöʼbasi rahbari Ibragim Radjapov, bölim metodistlari Xabibulla Davletyarov va Rayhon Yakubova hamda olimpiada auditoriya rahbarlari, kuzatuvçilar, hakamlar iştirok etişdi.
Oçiliş marosimida tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaşboy Şamuratov 5-8-sinf öquvçilari örtasida informatika yönalişi böyiça fan olimpiadasining maqsad va vazifalari haqida söz yuritdi. Bölim metodisti Rayhon Yakubova esa olimpiadani ötkaziş tartib va qoidalari haqida batafsil maʼlumotlar berdi.
Şundan söng auditoriya rahbarlari, kuzatuvçilar iştirokçilarni belgilangan xonalarga joylaştirib, Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan taqdim qilingan topşiriqlarni tarqatdi va jarayon boşlandi.
Iştirokçilarning bilimlarini sinaş uçun nizom asosida 90 daqiqa vaqt ajratildi. Savollar 5-8-sinf öquvçilarining mantiqiy, tanqidiy, kreativ fikrlaş qobiliyatlarini aniqlaşga qaratilgan bölib, matematika fanidan 30 savoldan iborat topşiriqlar va nostandart masalalarni öz içiga oladi.
Belgilangan vaqtdan keyin auditoriya rahbari tomonidan iştirokçilarning javob varaqalari şifrlangan holda hakamlarga taqdim qilinib, ular tomonidan tekşirilib, natijalar aniqlandi.
Natijalarga köra fan olimpiadasining informatika yönalişida 5-sinflar örtasida 19-, 40-, 64-sonli maktablarning, 6-sinf öquvçilari orasida 18-, 22-, 33-sonli maktablarning, 7-sinflardan 29-, 6-, 71-sonli maktablarning hamda 8-sinf öquvçilari orasida 9-, 16-, 40-sonli maktablarning öquvçilari sovrinli örinlarni egallab, uçinçi bosqiç – Qoraqalpoğiston Respublika bosqiçida iştirok etiş uçun yöllanma oldilar. Sovrinli örinlarni egallagan öquvçilar tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tomonidan diplom bilan taqdirlandi.
Bu kabi fan olimpiadalarining ötkazilişi taʼlim muassalari öquvçilari orasidan matematika, informatika fanlari böyiça bilimli, uşbu fanlarga qiziquvçi, intiluvçan va ijodkor yoşlarni aniqlaş hamda ulardagi ijodiy qobiliyatlarni röyobga çiqarişga kömaklaşib, iqtidorli öquvçilarni qöllab-quvvatlaş va rağbatlantirişga xizmat qiladi.
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶