Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyaci qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali bayram tadbiri ötkazildi
9-aprel kuni Amudaryo tumani markaziy Madaniyat uyida Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyaci qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali bayram tadbiri ötkazildi. Tadbirda tuman hokimi, sektorlar rahbarlari, deputatlar, hokimlik masʼullari, muassasa, korxona va taşkilotlar rahbarlari, fuqarolar yiğinlari raislari, taʼlim muassasalari xodimlari, keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Tadbir avvalida Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.
Bayram tadbirida tuman hokimi Sobir Xöjametov va içki işlar tizimi faxriysi Erkin Rajabovlar sözga çiqib, yurtdoşlarimizni Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod qilib, xalqimiz hayotini yanada obod va farovon qiliş, yurtimizda yaşayotgan millati, tili va dinidan qatʼiy nazar, har bir insonga eʼtibor va ğamxörlik körsatiş – Konstitutsiyamizning boş maqsadi eʼkanligini alohida eʼtirof etişdi. Şuningdek, Konstitutsiyani çuqur örganiş, anglaş, hayotga joriy etiş va unga sözsiz amal qiliş – barçaning şarafli burçi ekanligi taʼkidlandi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyaci 1993-yil 9-aprel kuni XII çaqiriq Qoraqalpoğiston Respublikasi Oliy Kengaşining XII sessiyasida qabul qilingan. Qoraqalpoğiston Respublikasi xalqi inson huquqlariga va davlat suvereniteti ğoyalariga sodiqligini tantanali ravişda eʼlon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak masʼuliyatni anglagan holda, Qoraqalpoğiston davlatçiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot keçirişlarini taʼminlaşga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etişni közlab hamda fuqarolar tinçligi va milliy totuvligini taʼminlaş maqsadida özining muxtor vakillari siymosida mazkur Qoraqalpoğiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilganiga bu yil 31-yil töldi. Amudaryo tumanida uşbu sana har yili ham yuqori saviyada va kötarinki ruhda nişonlanadi.
Madaniyat markazi binosidagi sahnaga örnatilgan ekranda mamlakatimizda, xususan Qoraqalpoğistonda turli sohalarda erişilayotgan yutuqlar aks etgan roliklar namoyiş etildi. Videoroliklarda muhtaram Prezidentimiz taşabbusi bilan Qoraqalpoğistonda aholi turmuş şaroitini yanada yaxşilaş, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş, şahar va qişloqlarni obod qiliş, tadbirkorlikni rivojlantiriş maqsadida qabul qilinayotgan farmon va qarorlarning, amaliy işlarning natijasi hayotiy misollar orqali namoyiş qilindi.
Bayram tadbirida tumanning taniqli va xuşovoz sanʼantkorlari ijrosida ona Vatan, tinçlik va döstlik tarannum etilgan gözal kuy-qöşiqlar yangradi. Özbek va qoraqalpoq xalqlarining azaliy döstligi, tinç-totuv yaşab kelayotgani, xalqimiz turmuşining farovonligi, mamlakatimiz qudrati gözal kuy-qöşiqlar va raqslar orqali tarannum etildi. Baxtimiz qomusi bölgan Konstitutsiyamizda ham millati, tili va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar barça yurtdoşimizning teng huquqli etib belgilab qöyilgani yurtimizning buyuk kelajagi va xalqimiz farovon turmuşining huquqiy asosi bölib xizmat qiladi.
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶