28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:28
Qishloq xoʻjaligi 👁 333

Dala oʻquv seminarida Xitoydan keltirilgan yangi navdagi chigit boʻyicha maʼlumotlar berildi

Dala oʻquv seminarida Xitoydan keltirilgan yangi navdagi chigit boʻyicha maʼlumotlar berildi

Maʼlumki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keyingi yillarda qishloq xoʻjaligida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, paxtachilik sohasida mutlaqo yangi tizim yaratilib, chigit ekishdan tortib, uni parvarish qilish, hosilni yigʻib olish va qayta ishlashgacha boʻlgan barcha jarayolarga bozor tamoyillari joriy qilindi. Natijada fermer yerdan moʻl hosil olib, daromadini yanada oshirishga, klaster esa yetishtirilgan hosilni qayta ishlab, qoʻshimcha qiymat yaratishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.

Paxtaning hosildorligi va undan olinadigan mahsulotlarning sifati asosan urugʻlik chigitning naviga bogʻliq. Chigit yuqori sifatli, oliy navli, tuproq va iqlim sharoitlariga mos, sogʻlom, kasallik hamda zararkunandalarga chidamli boʻlishi lozim.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Xitoydan olib kelingan chigitni yurtimiz dalalariga ekish tashabbusi ham aynan shu maqsadga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Qoraqalpogʻistonda tajriba-sinov tariqasida yerga qadalayotgan mazkur  yangi navdagi chigitning parvarishi boʻyicha xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan ilgʻor va zamonaviy qishloq xoʻjaligi agrotexnologiyalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilinmoqda.

Shu mavzuda Amudaryo tumanida oʻtkazilgan navbatdagi dala oʻquv seminarida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, qishloq xoʻjaligi sohasi masʼullari, fermerlar ishtirok etishdi. Respublikadagi yetakchi ilmiy idoralar va xorijdan tashrif buyurgan mutaxassislar Xitoydan keltirilgan yangi navning ahamiyati, uni ekish va parvarishlashda eʼtiborga olish lozim boʻlgan jihatlarga toʻxtalib oʻtdilar.

Mutaxassislar yangi chigit navining tuproq va iqlim sharoitimizga moslashib, yuqori hosil berishi uchun ekish jarayonida oʻziga xos jihatlarga eʼtibor qaratish, vegetatsiya davrida alohida nazoratga olish va hosil yetilganidan keyin uning aprobatsiyasini toʻgʻri va oʻz muddatida oʻtkazish borasida oʻz takliflarini berib oʻtdi. Ushbu tavsiya va koʻrsatmalarga amal qilinsa, hosildorlik bir necha baravar yuqori boʻlishi taʼkidlandi.

Eng asosiysi, ushbu amaliy ishlar, qishloq xoʻjaligida qilinayotgan har bir islohot dehqon va fermerning, qishloq ahlining hayot tarzini va iqtisodini yanada yaxshilash, xalq farovonligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Darhaqiqat, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashda qishloq xoʻjaligi ekinlaridan moʻl hosil olish katta ahamiyat kasb etadi. Yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hajmi oshishi esa oziq-ovqat xavfsizligiga erishishda hal qiluvchi omildir.

Mamlakatimiz agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatimiz rahbari tomonidan soha mutasaddilari oldiga qoʻyilayotgan vazifalardan kutilayotgan natija ham ana shu yuksak maqsadlarni roʻyobga chiqarishga qaratilgandir.

Oʻtkazilgan dala oʻquv seminarida Toshkent shahridagi yetakchi ilmiy idoralar va xorijdan tashrif buyurgan mutaxassislar amudaryolik fermerlarga Xitoy xalq respublikasidan keltirilgan yangi navdagi chigitni ekish, chigit unib chiqqanidan keyin dastlabki ishlov berish, qator oralarini yumshatish, vegetatsiya davrida suvga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash, zararkunanda xasharotlarga qarshi ishlov berish, hosil toʻplash jarayonida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, defoliatsiya va yigʻib-terib olish jarayonida eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlar haqida batafsil maʼlumotlar berdilar va ishtirokchilarning savollariga ilmiy asoslangan javoblar qaytardilar.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026