Taşlandiq yer örnida sunʼiy qoplamali mini futbol maydonçasi barpo qilindi
Joriy yilning 26-may kuni Xolimbeg ovulida yangi sunʼiy qoplamali mini futbol maydonçasining oçiliş marosimi bölib ötdi. Marosimda tuman hokimi Sobir Xöjametov, tuman prokurori Aziz Rözmetov, Sport maktabi, OFY masʼullari, sportçi yoşlar va mahalla faollari iştirok etdilar.
Marosimda tuman hokimi sözga çiqib, Xolimbeg ovuli ahlini yangi sport inşooti iş boşlagani bilan tabrikladi va sportçilarga zafarlar tiladi. Tuman hokimi öz sözida amudaryolik sportçilarining katta musobaqalarda qölga kiritayotgan yutuqlari, yuksak natijalari maqtovga loyiq ekanligini, bunda xolimbeglik sportçi yoşlarning ham hissasi yuqori ekanligini, ovul yoşlarining sport va jismoniy tarbiyaga bölgan qiziqişlarini yanada oşirişda mazkur sport maydonçasi muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidlab ötdi.
Şuningdek, taşlandiq, qarovsiz holatdagi yer maydonida şunday zamonaviy imkoniyatlarga ega sport maydonçasini qurib, xayrli işga qöl urgan tadbirkor – “Durdona-Eʼzoza-Asaloy” MÇJ rahbari Amina Tajimuratovaning kelgusidagi işlarida muvaffaqiyat tiladi.
Maʼlumot örnida aytiş kerakki, mazkur sunʼiy qoplamali mini futbol maydonçasi örni oldin qarovsiz holdagi taşlandiq yer bölgan. Tadbirkor Amina Tajimuratovaning taşabbusi bilan taşlandiq yer obod qilindi. Tadbirkor jami 300 mln söm, şundan 33 mln sömi bank krediti, qolgani öz mablaği hisobiga mazkur sunʼiy qoplamali mini futbol maydonçasini bunyod qildi. Endilikda mazkur mini futbol maydonçasi orqali xolimbeglik yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, ovul yoşlarining salomatliklarini mustahkamlaş va ularni yanada katta yutuq hamda marralarga undaş maqsad qilingan.
Taʼkidlaş kerakki, Xolimbeg ovulining mini futbolçi qizlar jamoasi köp yillardan buyon respublika miqyosida çempionlikni va faxrli örinlarni egallab kelişmoqda.
Jumladan, 2018-yilning mart oyida Qaşaqadaryo viloyati Qarşi şahrida mini futbol böyiça bölib ötgan Özbekiston çempionatida 14 yoşgaça qizlar örtasidagi musobaqalarda xolimbeglik qizlar faxrli 2-örinni, 2020-yil Toşkent şahrida bölib ötgan Özbekiston kubogi musobaqalarida 15 yoşgaça qizlar örtasida ovul qizlari jamoasi faxrli 2-örinni egalladilar.
Şuningdek, 2019-yilda Toşkent şahrida futbol böyiça Özbekiston çempionatida 17 yoşgaça qizlar bölgan xolimbeglik qizlar jamoasi 3-örinni, 2021-yilda 14 yoşgaça bölgan qizlar Özbekiston çempionatida hududiy bosqiçda faxrli 1-örinni, 2022-yilda esa Özbekiston kubogi musobaqalarida faxrli 2-örinni egalladilar.
2023-yilda taşkil etilgan Qoraqalpoğiston Respublikasining “Aral W” professional futbol jamoasi tarkibida 8 nafar amudaryolik qizlar töp surayotgan bölsa, şularning 5 nafari xolimbeglik qizlardir. Mazkur jamoaning boş murabbiyi Rufat Babajanov, yordamçi murabbiy Bayram Eşimovlar ham Xolimbeg ovulining farzandlari hisoblandi.
2023-yilda “Aral W” jamoasi professional futbol jamoasi 14 yoşlilar örtasida Özbekiston çempoinatida faxrli 2-örinni, Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarida mini futbol böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasida faxrli 1-örinni egallab, çempionlikni qölga kiritdilar.
Xolimbeg ovuli qizlar jamoasi joriy yilda ham futbol böyiça DXX kubogi musobaqalarida tumanda faxrli 1-örinni egallab, respublika bosqiçiga yöllanmasiga ega böldi.
21-26-may kunlari Qirğiziston Respublikasi Bişkek şahrida 15 yoşgaça bölgan qizlar örtasida ötkazilgan futbol böyiça Osiyo çempionatida Özbekiston terma jamoasi faxrli 2-örinni egalladi. Çempionatda “Aral W” qizlar futbol jamoasi aʼzolari Özbekiston şaʼnini himoya qildi.
Endilikda xolimbeglik mini futbol va futbol bilan şuğullanuvçi yoşlar maşğulotlarni boşqa hududlarda emas, öz mahallalardagi maydonçada olib borişadi. Uşbu yangi maydonçada töp suradigan sportçi yoşlarning kelgusida ham ulkan yutuqlarga erişişiga tilakdoşmiz!
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶