Qişloq xöjaligida dolzarb mavsum: ğalla örim-yiğimiga sanoqli kunlar qoldi
Ğalla – xalqimiz rizq-rözi va dasturxonimiz tökinligi manbai, nuroniylarimizning turmuşimizda faravonllik hukm surişini sörab qilgan ezgu niyatlarining ijobatidir. Bobodehqonlarimizning ertayu-keç qilgan mehnatlari samarasi bölgan buğdoy örimi mavsumiga ham sanoqli kunlar qoldi. Bu jarayon fermerlar, kombaynçilar va sohaga jalb qilingan xodimlar zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi. Joriy yil ham hosilni qisqa muddatda nest-nobut qilmasdan örib-yiğib oliş uçun puxta hozirlik körildi.
Amudaryo tumanida uşbu mavsumga tayyorgarlik işlarining yakunini közdan keçiriş, zaruriy texnikalarning mavsumga şayligini tekşiriş maqsadida hamda yuqori unumli ğalla öriş kombaynlarining örim-yiğim işlariga tayyorligi yuzasidan 2-sektor hududidagi Döstlik mahallasida körgazmali seminar taşkil etildi.
Mazkur tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov, sektor rahbarlari, tuman hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Anvar Yuldaşev, Özagroinspektsiyaning Qoraqalpoğsiton Respublikasi boşqarmasi boşliği Arslon Yusufov hamda soha mutaxassislari iştirok etdi.
Tadbirda ğalla örim-yiğimiga şay qilingan kombaynlar taqdimoti ham bölib ötdi.
Masʼullar örim-yiğimga tayyorgarlik işlari, kombaynlarning taʼmirlanganligi, texnik sozligi, mavsumga şayligini közdan keçirib, otryadlar aʼzolari, qişloq xöjaligi tizimidagi vakillar bilan şuhbatlaşişdi.
Tuman hokimi Sobir Xöjametov ğalla xalqimizning umumiy boyligi, dehqonlarimizning halol mehnati, dasturxonimiz tökinligini taʼminlovçi neʼmat ekanligini taʼkidlab, bir başoq donni ham nest-nobut qilmasdan, uyuşqoqlik bilan örib-yiğib oliş yuzasidan qişloq xöjaligi vakillariga zarur topşiriqlar berdi.
Aytiş joizki, Amudaryo tumanida joriy yilda fermer xöjaliklarining 4 ming 800 gektar yer maydonida ğalla yetiştirildi. Şundan 588 gektar maydondagi ğalla uruğlik uçun möljallangan. Joriy yilgi mavsumda örim-yiğim işlariga 18ta kombayn va 36 nafar texnika boşqaruvçi jalb qilingan. Tadbirda mutasaddilar tamonidan har bir kombaynçi moddiy rağbatlantirilib, ularga pul mukofoti va oziq-ovqat muhsulotlari topşirildi.
Maʼlumot örnida aytiş joizki, 2023-yilning noyabr va dekabr oylari iliq kelganligi kuzgi boşoqli don ekinlarining ösişi va rivojlanişiga ijobiy taʼsir körsatdi. Buning natijasida erta va optimal muddatda ekilgan kuzgi boşoqli don ekinlari töliq tuplaş davriga ötib, erta qişlovga kirdi. Yerdan möl hosil oliş maqsadida mavsum davomida fermerlar tomonidan zaruriy agrotexnik tadbirlar öz vaqtida va sifatli ravişda ötkazildi.
Ğalla maydonlari tabiiy öğitlar bilan töyintirilib, hosilga ziyon yetkazuvçi zararkunandalarga qarşi agrotexnik tadbirlari amalga oşirildi. Maxsus vositalar bilan yomğirlatib suğoriş texnologiyasi qöllanilgani natijasida avvalgiga qaraganda suv resurslari ança tejaldi hamda buğdoy doimiy ravişda namlik bikan taʼminlandi.
Tadbirda mutaxassislar tomonidan mavsumda iştirok etuvçi har bir xodimga zarur körsatmalar berilib, savollarga javob qaytarildi.
Seminar yakunida esa, kombaynlarning texnik holati sinab körildi. Bir söz bilan aytganda, amudaryolik qişloq xöjaligi sohasida mehnat qilayotgan xodimlar, fermer va dehqonlar zaruriy texnikalar bilan ğalla örim-yiğim mavsumi uçun şay holatga keltirilgan. Mazkur jarayon mutasaddi taşkilotlar tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi.
Xalq manfaati, el-yurt faravonligi yölida xizmat qiliş – eng oliy baxt, buyuk saodatdir. Rizq-rözimiz va tökinçilik asosi bölmiş yuksak ğalla xirmonini bunyod qiliş yölida zahmat çekib, örim-yiğim işlariga özining munosib hissasini qöşişga şay turgan ğallakorlarimiz va bu jarayonga yordam beruvçi texnik xodimlarning maşaqqatli işlariga omad tilaymiz.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶