Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 74-sessiyasi töğrisida AXBOROT
2024-yil 30-may kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengaşining 74-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyada tuman hokimi Sobir Xöjametov, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, qişloq xöjaligiga xizmat körsatuvçi taşkilotlar hamda fermer xöjaliklari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengaşi raisining örinbosari Ğulomjon Yeşniyozov oçdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 13-Qiliçboy saylov okrugidan deputat Bahrom Qodirov saylandi.
Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala yuzasidan Amudaryo tumani qişloq xöjaligi bölimi boşliği Qudrat Abdikalikov hisobot berdi. Hisobotda 2024-yil hosili uçun tuman böyiça 353 ta fermer xöjaliklari tomonidan 16 ming 154 gektar maydonga çigit, 313 ta fermer xöjaliklari tomonidan 5 ming 630 gektar maydonga ğalla ekilib, agrotexnika qoidalari asosida parvariş qilinayotgani taʼkidlandi.
Hukumatning tegişli qarorlari bilan tumanda 2024-yil hosili uçun qişloq xöjaligi ekinlari oqilona joylaştirilgan va aksariyat fermer xöjaliklari şu asosida ekin ekib, yer va suvdan unumli foydalanişmoqda. Lekin baʼzi fermer xöjaliklari tomonidan tegişli qaror talablari buzilib, suvni köp talab qiladigan, joylaştirişda körsatilmagan şoli ekinini ekiş holatlari ham kuzatilmoqda. Jumladan tuman böyiça 96 ta fermer xöjaliklarida jami 533,5 gektar maydonlarga rejasiz şoli ekilganligi aniqlangan.
Uşbu masala yuzasidan Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qiliş inspektsiyasi tuman bölimi boşliği Sarvar Matyakubov, tuman Irrigatsiya bölimi boşliği Şukrullo Yusupov, tuman hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Anvar Yöldoşevlar sözga çiqib, monitoring natijasida aniqlangan rejasiz ekilgan şoli suvning meʼyoridan ortiq isteʼmol qilinişiga, boşqa hududlarga suv yetib bormasligiga sabab bölayotganini taʼkidlaşdi.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi Ilhom Palvanov axborot berdi. Deputatlar Xitoy ovuli hududidan tuman yer zahira fondi hisobidan umumiy maydoni 10 gektar bölgan yerni oçiq elektron tanlovga çiqariş taklifiga rozilik bildirdilar.
Kun tartibidagi sönggi masala yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Amudaryo tumani filiali boşliği Şerzod Sultanov sözga çiqib, Prezidentimizning 2023-yil 28-iyul kungi farmonida körsatilgan şartlarni bajargan fuqarolarga tegişli bölgan yer uçastkalariga ijara huquqi hamda bino va inşootlarga mulk huquqini eʼtirof etiş böyiça Kengaşga taklif kiritdi. Taklif deputatlar tomonidan maʼqullandi.
Sessiya söngida tuman hokimi Sobir Xöjametov sözga çiqib, tumandagi fermer xöjaliklari rahbarlariga yerdan va suv resurslaridan oqilona, qonunga muvofiq foydalaniş böyiça murojaat qildi. Tegişli taşkilotlarning taqdimnomalaridan keyin aksariyat fermer xöjaliklari şoli maydonlarini buzib, uşbu maydonlarga boşqa qişloq xöjaligi ekinlarini ekkani, qolgan fermer xöjaliklari rahbarlari ham 2 kunlik muhlat içida şoli maydonlarini buzib, yerdan va suvdan özboşimçalik bilan foydalaniş holatiga barham berişi lozimligi taʼkidlandi.
Uşbu taklif deputatlar tomonidan maʼqullandi va 2 kunlik muhlatda topşiriqni bajarmagan fermer xöjaliklari bilan tuzilgan yer ijara şartnomasini bir tomonlama bekor qilib, yer maydonini tuman hokimligi zaxira yer fondi hisobiga qaytarib oliş masalasi körib çiqilişi böyiça tegişli fermer xöjaliklari rahbarlari qatʼiy ogohlantirildi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan barça masalalar atrofliça körib çiqilib, faol muhokamalardan keyin barça masalalar böyiça tegişli qarorlar qabul qilindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶