28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:01
Salomatlik 👁 483

Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimida oʻtkazilgan yigʻilishda yuqumli kasalliklarning oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan choralar holati tahlil qilindi

Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimida oʻtkazilgan yigʻilishda yuqumli kasalliklarning oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan choralar holati tahlil qilindi

Aholi orasida “iflos qoʻllar” hamda “sariq kasalligi” nomi bilan yuritiladigan virusli gepatit “A” kasalligiga qarshi tegishli tibbiy-tashkiliy tadbirlarning amalga oshirilishi va bolalarda virusli gepatitni tashxislash va davolash sohasida erishilgan muayyan yutuqlarga qaramay, ushbu kasallik butun dunyoda dolzarbligicha qolmoqda. Virusli gepatit “A” kasalligi odamdan odamga oʻtadigan yuqumli kasallik boʻlib, har qanday yoshdagi inson organizmida jigar toʻqimalari jarohatlanishi bilan kechadi. Mazkur kasallik koʻproq kichik yoshdagi bolalarda kuzatiladi.

Joriy yilning 6-iyun kuni Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimining majlislar zalida tuman aholisi orasida 2024-yilning 5 oyi davomida aniqlangan yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablari va bu kasalliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Tadbirni tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Nigora Eshimova ochdi va olib bordi. U oʻz soʻzida tumandagi aholi orasida aniqlangan yuqumli kasallik holatlari haqida gapirib, shifokorlarga yuqumli kasalliklarni kamaytirishga doir tegishli koʻrsatmalar berdi.

Shundan keyin jamoat salomatligi boʻlimi shifokori Toʻramurod Boboniyozov soʻzga chiqib, boʻlimning tasdiqlangan yillik rejasiga koʻra, aholi orasida yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishni, ayniqsa virusli gepatit “A” kasalligi va botulizm – ovqatdan zaharlanish kasalliklaridan saqlanishga doir ommaviy axborot vositalarida keng maʼlumot ulashish zarurligini taʼkidladi.

Shuningdek, tadbirda epidemiolog shifokor Mirzabek Amanqulov tomonidan tumanda joriy yilning 5 oyi davomida bolalar orasida virusli gepatit “A” kasalligi boʻyicha epidemiologik vaziyat yaxshi emasligi taʼkidlandi. U oʻz soʻzida kasallikni kamaytirishga doir zarur tavsiyalarini bildirib, virusli gepatit “A” kasalligiga qarshi profilaktik emlash chora-tadbirlarini yanada kuchaytirishni taklif qildi.

Oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida 2023-yilning 12 oyi davomida qayd qilingan kasallanishlar soniga nisabatan 2024-yilning 5 oyi davomida aniqlangan kasallanishlar soni yuqori ekanligi maʼlum boʻlgan. Virusli gepatit “A” kasalligi joriy yilning yanvar-may oylari davomida 33 nafar fuqaroda kuzatilgan. Shundan 6ta holat Mangʻit shahar hududiga toʻgʻri keladi. Shuningdek, ushbu kasallik bilan Kuyuk koʻpir, Qipchoq, Nazarxon, Xitoy ovullaridagi aholi orasida ham kasallanish qayd etilgan. Boʻlim xodimlari tomonidan barcha kasallik oʻchoqlari epidemiologik nazoratga olingan.

Virusli gepatit “A” kasalligi bilan kasallanishlar holati yoshga doir tahlil qilinganda, 3-5 yoshdagi bolalar orasida 3 nafar, 6-14 yoshli bolalar orasida 9 nafarni tashkil etadi. Joriy yilda Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand oilada tarbiyalanayotgan 3-8 yoshli bolalardan 50 nafari bepul, 23 nafar bola toʻlov asosida kasallikka qarshi vaktsinalar bilan emlangan.

Tadbirda taʼkidlanganidek, suvni qaynatmasdan ichish, qoʻllarni sovunlab yuvmasdan ovqatlanish, meva-sabzavotlarni yuvmasdan isteʼmol qilish, ruxsat etilmagan ochiq suv havzalari, ayniqsa turib qolgan suv havzalarida choʻmilish hamda maishiy muloqotda maxsus qoidalarga amal qilmaslik infektsiyaning asosiy yuqish omillaridan hisoblanadi.

Zararli mahsulotlarning savdoga chiqarilishining oldini olish maqsadida boʻlimning sanitariya-gigiyena laboratoriyasiga olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan tartibda xodimlar tomonidan doimiy tekshirib boriladi. Shuningdek, ovqatdan zaharlanish va botulizm kasalligining oldini olish yuzasidan rejaga koʻra tuman Sanitariya-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlari hamda “Mangit dehqon bozori” hududidagi sanitariya-veterinariya laboratoriyasi xodimlari tomonidan aholi gavjum joylarda joylashgan oziq-ovqat savdo doʻkonlarida sanitariya-profilaktik tushuntirish va targʻibot ishlari olib borilyapti.

Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimining tegishli buyruqlari asosida joriy yilning 4 oyi davomida noqonuniy ravishda uy sharoitida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shugʻillanayotgan 18 nafar fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksining tegishli moddalariga asosan jarima jazosi qoʻllanildi. Shuningdek, botulizm kasalligining oldini olish maqsadida isteʼmolga yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlari savdodan olinib, tegishli tartibda yoʻq qilindi.

Har bir inson kundalik turmush tarzi hamda oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmolida sanitariya-gigiyena qoidalari va meʼyorlariga amal qilish orqali oʻzini va oilasini yuqumli kasalliklardan saqlashi lozim. Zero, oʻz salomatligimizga oʻzimiz masʼul ekanlimizni unutmaylik.

Minavvar Kashkorova, Mirzabek Amankulov, Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimining oliy toifali shifokorlari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026