Ğalla örim-yiğimiga bağişlangan respublika miqyosidagi seminar bölib ötdi
9-iyun kuni Amudaryo tumanida ğalla örim-yiğimiga bağişlangan respublika miqyosidagi körgazmali seminar bölib ötdi. Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev, Vazirlar Kengaşi Raisi Farhod Ermanov, tumanlar hokimlari, qişloq xöjaligi soha mutasaddilari hamda fermerlar iştirok etdi.
Dastlab seminar iştirokçilari Çoyköl ovuli hududidagi “Çoyköl-Döstlik” fermer xöjalidagi buğdoy dalalarida joriy yilgi örim-yiğim mavsumiga tayyorgarlik köriş böyiça amalga oşirilgan işlar bilan tanişdilar. Masʼullar joriy yilgi hosilni nest-nobud qilmasdan örib-yiğib oliş, ğalladan böşagan yerlarga takroriy ekin ekiş va kelgusi yil hosili uçun buğdoy ekiş hamda uni parvarişlaş jarayonida suv tejovçi texnologiyalardan samarali foydalaniş böyiça tavsiyalar berdi.
Taʼkidlanganidek, suvga bölgan talab oşib borar ekan, suv tejovçi texnologiyalarni joriy qiliş tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Sönggi yillarda mamlakatimizda suv resurslaridan foydalaniş tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Suvdan oqilona va samarali foydalaniş, suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş qişloq xöjaligining eng muhim masalalaridan biri sifatida qaralmoqda. Suv tejovçi texnologiyalardan oqilona foydalaniş nafaqat qişloq xöjaligi sohasi, balki iqtisodiyotimiz uçun ham muhim ahamiyatga ega. Bizning iqtisodiyotimiz qişloq xöjaligiga asoslangan. Aholining katta qismi agrar soha bilan band. Qişloq xöjaligida suv isteʼmolini kamaytiriş millionlab tonna suvni tejab qoliş va uni aholi ehtiyojlariga yönaltiriş imkonini yaratadi.
Seminar iştirokçilarining navbatdagi manzili Örtaqalʼa ovuli hududidagi “Yusufxöja” fermer xöjaligining ğalla dalasi böldi. Dala boşida Qurʼon tilovat qilinib, nuroniylar dehqonlarimizning oldida turgan maşaqqatli va masʼuliyatli işlariga kuç-quvvat, yurtimizga farovonlik, xalqimiz dasturxoni tökis bölişi tilab, duo qilişdi.
Seminarda sözga çiqqanlar örim-yiğim mavsumida amalga oşirilişi kerak bölgan işlar, joriy yilgi ğalla yetiştiriş böyiça kontraktatsiya şartnomalarini töliq hajmda bajariş, yuksak ğalla xirmonini yaratişdagi ustuvor vazifalar xususida söz yuritdilar.
Aytiş joizki, dehqonlarimiz ğallaçilikda hosildorlikni oşiriş, el-yurtimiz dasturxoni tökinligini taʼminlaşga doimiy eʼtibor qaratib kelişadi. Ayniqsa, amudaryolik ğallakorlar har yili möl hosil olib, yuksak xirmonlari bilan mamlakatimizda peşqadamlar safida kelmoqda.
Joriy yil ham tumanimiz fermerlari tomonidan möl ğalla yetiştiriş maqsadida buğdoy uruği yerga qadalganidan tortib, hosil pişib yetilguniga qadar barça agrotexnik tadbirlar öz vaqtida va sifatli amalga oşirildi. Yetiştirilgan hosilni qisqa fursatlarda nest-nobud qilmay örib-yiğib oliş maqsadida barça harakatlar izçillik bilan amalga oşirilmoqda.
Şu örinda maʼlumot tariqasida aytiş joizki, tumanda 2024-yil hosili uçun 313 ta fermer xöjaliklari hamda qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan 4800 gektar maydonga buğdoy ekilgan edi. Uşbu dalalardan 14 ming 400 tonnadan ortiq ğalla hosili oliş reja qilingan.
Ğalla hosilini öriş uçun tumanda 22 ta otryadlar taşkil qilinib, uşbu otryadlarga yuqori unumli 22 ta kombaynlar, 47 nafar IIB, FVB va Milliy gvardiya xodimlari, 66 ta yuk maşinalari biriktirildi va 14-iyun sanasidan 1-iyulgaça, 21 kunda ğalla hosilini nest-nobud qilmasdan örib oliş böyiça çora-tadbirlar rejasi hamda örim grafiklari işlab çiqilgan.
Seminar yakunida buğdoy örim-yiğimi davrida yonğin xavfsizligiga amal qiliş, hosilning nobud bölişiga yöl quymaslik böyiça fermer xöjaliklarining rahbarlariga, ğallakor va mexanizatorlariga tuşuntirişlar va tavsiyalar berildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶