28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:16
Adabiyot 👁 405

Amudaryolik yosh kitobxon mamlakat miqyosidagi tanlovda 2-oʻrinni egalladi

Amudaryolik yosh kitobxon mamlakat miqyosidagi tanlovda 2-oʻrinni egalladi

Kitoblar insonni maʼnan yuksaltiradi, jamiyatda obroʻ-eʼtiborini oshiradi. Shu sababli ham aholi, ayniqsa yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish maqsadida qator tadbirlar, tanlovlar oʻtkazilmoqda. Yaqinda mamlakat miqyosida oʻtkazilgan shunday tanlovlarning birida amudaryolik qiz faxrli 2-oʻrin sohibasi boʻldi. “Mahalladagi kitobxon” onlayn tanlovida munosib ishtirok etib, gʻoliblar safidan joy olgan Mohina Jumaniyozovaning xonadoniga Oʻzbekiston Mahallari uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Sagʻindik Turmanov tashrif buyurib, Mohinaning onasi Saida Jumaniyozovaga shunday kitobxon qizni tarbiyalab, voyaga yetgazgani uchun oʻz minnatdorchiligini bildirdi. Shuningdek, yosh kitobxonga qimmatbaho sovgʻalar topshirdi.

Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Amudaryo tumani boʻlimi boshligʻi Alisher Yuldashev hamda tuman prokurori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Abat Jumamuratovlar ham Mohina Jumaniyozova kabi kitobxon yoshlar amudaryoliklarning faxri ekanligini alohida taʼkidladilar.

Saida Jumaniyazovani ham farzandini bilim va maʼnaviyat tomon yoʻllovchi, kitobning qadrini bilguvchi maʼrifatli ona, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki bu ayol, bolaligidan kitoblarni doʻst bilib ulgʻaygan. Shu sababli, Mohinaning maktabda yaxshi oʻqishi, shuningdek, farzandida sanʼat va kitobxonlikka qiziqish uygʻotish uchun xonodonida zarur sharoitlarni yaratdi.

Maʼlumot oʻrnida, “Mahalladagi kitobxon” tanlovi Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan kitobxonlar safini yanada kengaytirish maqsadida respublika miqyosida mahallalar oʻrtasida, joriy yilning iyun oyidan eʼtiboran tashkil qilingan edi. Tanlov nizomga koʻra belgilangan badiiy asarlardan tuzilgan 25 testdan iborat boʻlib, onlayn shaklda, yoshidan qatʼiy nazar barcha kitobxonlar oʻrtasida oʻtkazildi. Ishtirokchilarga tanlovning iyun oyi uchun Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub “Dunyoning ishlari” va Abdulhamid Choʻlponning “Kecha va kunduz” asarlarini mutolaa qilish tavsiya qilingan edi.

Mohina Jumaniyozova kitob mutolaasidan tashqari fortepiano chalishga ham juda qiziqadi. Soha bilimlarini yaxshi oʻzlashtirish maqsadida 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida fortepiano yoʻnalishida 7-yildan buyon tahsil olyapti. Bugungi kunga qadar ustozi Dilfuza Rahimovadan koʻplab kuylarni maromiga yetkazib ijro qilishni oʻrgandi. Fortepianodagi oq va qora klavishlar uzra nozik barmoqlar ohista harakatlanar ekan, qalbimizni goʻzal kuylar maftun etdi. Xona ichra yangragan ohanglar yoshlikning begʻubor orzulari haqida hikoya qilayotgandek goʻyo.

Lavhamiz qahramoni bugungi kunda yetuk mutaxassis boʻlish uchun xorijiy tillarni oʻrganish lozimligini yaxshi biladi. Shu sababli maktab taʼlimidan tashqari ingliz tilini yuqori darajada oʻrganish maqsadida tumanimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy tillarga ixtisoslashgan oʻquv markazlarida jonkuyar ustozlaridan sifatli bilim olyapti.

Mohina Jumaniyazovaning kitob javonidagi adabiyotlarni kuzatib, oʻqigan asarlari haqida suhbatlashar ekanmiz, uning bu tanlovda shunchaki qatnashib, tasodifan gʻolib boʻlmaganiga, balki bu yutuq yillar davomida oʻrganilgan bilimlarning amaliy natijasi ekaniga amin boʻldik.

Lavhamiz yakunida yosh kitobxonni ushbu muvaffaqiyati bilan yana bir bor muborakbod etib, bu kabi tanlovlarda yanada baland marralarini zabt etishiga tilakdoshlik bildiramiz. Ovul-mahallalarimizda Mohina Jumaniyozova kabi kitobxon yoshlar safi koʻpayar ekan, Amudaryo tumani nomi yuqori davralarda eʼtirof etilaveradi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026