28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:01
Iqtisodiyot 👁 347

Mangʻit shahridagi zamonaviy umumiy ovqatlanish shoxobchalari soni yana bittaga koʻpaydi

Mangʻit shahridagi zamonaviy umumiy ovqatlanish shoxobchalari soni yana bittaga koʻpaydi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning pirovard natijasi aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, xususan xizmatlar koʻrsatish sifatini oshirishga qaratilgan. Bugungi kunda umumiy ovqatlanish shoxobchalari – restoran va kafelar mamlakatimizda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biriga aylangan.

Amudaryo tumanida infratuzilmani rivojlantirish, aholiga, ayniqsa, tumanimizga tashrif buyuruvchi mehmonlar va turistlarga sifatli xizmat koʻrsatuvchi mehmonxonalar va restaronlarni tashkil etish uchun bir qator sharoitlar yaratilmoqda. Shu oʻrinda mahalliy tadbirkorlar tomonidan soha rivoji yoʻlida koʻplab yangi koʻngilochar maskanlar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari barpo etilmoqda. Tumanimizning Olmazor mahallasida yaqinda ish faoliyatini boshlagan “Diamond” restorani ham shular jumlasidandir.

Muassasaning tantanali ochilish marosimida Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov, hokim oʻrinbosarlari, sektor rahbarlari, tadbirkorlar, nuroniylar va aholi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirni tuman hokimi Sobir Xoʻjametov tabrik soʻzi bilan ochib, muassasa rahbariyatini samimiy takrikladi va tadbirkorlarning kelgusi faoliyatidagi muvaffaqiyatlarga tilakdosh boʻldi.

Darhaqiqat, Amudaryo tumani oʻziga xos pazandachilik maktabiga ega boʻlib, bir-biridan betakror taomlari va taom tayyorlash anʼanalarining turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, tumanimizga tashrif buyurgan mehmonlar orasida Amudaryo baliqlari va baliq taomlari mashhur.

Mamlakatimizda umumiy ovqatlanish sohasini rivojlantirish uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilgan. Umumiy ovqatlanish yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, yuqori malakali oshpazlar va mutaxassislar tayyorlashga ham katta eʼtibor berilmoqda. Bularning barchasi milliy pazandachilikning nufuzining yanada oshishiga, uni keng miqyosda ommalashtirishga zamin yaratadi.

Tadbirda ishtirok etgan nuroniy hoji otaxonlar yurtimizga tinchlik, qut-baraka, tadbirkorlarimizning ishlarida rivoj tilab, duo qilishdi.

Shundan keyin mehmonlar marosim uchun maxsus tayyorlangan ramziy tasmani kesib, restoranga tashrif buyurishdi.

Maʼlumot oʻrnida, “Diamond” umumiy ovqatlanish majmuasi “Rasulov Oybek taomlari” oilaviy korxonasi tomonidan tashkil etilgan. Mazkur oilaviy korxona 2011-yildan buyon umumiy ovqatlanish sohasida samarali faoliyat yuritadi. Ayniqsa, korxona tarkibidagi “Olmos” kafesi yaratilgan sharoitlar, oʻziga xos taomlari va xizmat koʻrsatish sifati bilan aholi orasida alohida eʼtirof etilgan.

“Diamond” restoranining birinchi qavati milliy anʼanalar asosida jihozlangan boʻlib, bir vaqtning oʻzida 120 nafar mijozga xizmat koʻrsatadi. Ayniqsa, nuroniylar uchun moslangan milliy supalar mehmonlar eʼtiborini oʻziga jalb qiladi. Ikkinchi qavat esa zamonaviy-meʼmoriy andozalar asosida ishlov berilgan zaldan iborat boʻlib, bu oʻrinda har xil ziyofatlar oʻtkazish imkoniyati mavjud. Restoran taomnomasidan milliy taomlar, turk va yevropacha taomlar joy olgan.

Taʼkidlash joizki, “Diamond” restorani “Rasulov Oybek taomlari” oilaviy korxonasining oʻz mablagʻlari hamda “Hamkorbank” aktsiyadorlik tijorat bankidan 7-yil muddatga olingan 2 mlrd soʻm kredit mablagʻlari hisobidan barpo etildi. Mazkur restoranda 30 nafar fuqaroning har xil vazifalarda bandligi taʼminlangan.

Mamlakatimizda xizmat koʻrsatish sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga eʼtibor qaratilishi va bu faoliyatni qoʻllab-quvvatlash natijasida hududlarda mana shunday restoran, kafe, mehmonxona va koʻngilochar maskanlar soni koʻpaymoqda. Bu kabi zamonaviy sharoitlarga ega boʻlgan xizmat koʻrsatish muassasalari barcha amudaryoliklar, tumanimizga tashrif buyurgan mehmonlar va xorijliklarning dam olib, hordiq chiqarishlari uchun ayni muddaodir.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026