Tanlov ğoliblari taqdirlandi
Oramizda Şekspirning "Romeo va Juletta"si taqdiriga kuyingan, Xudoyberdi Töxtaboyevning Hoşimjon Röziyev atalmiş qahramoni bilan uning sarguzaştlarida birga kezib, Daniyel Defoning Robinzon obrazini his etib köziga yoş olib taʼsirlangan kitobxonlar bor bölsa ajab emas. Ha, kitobxonning hamişa özi yoqtirgan obrazi, qahramoni böladi. Öquvçi baʼzan öşa qahramon qiyofasida xuddi özini körganday böladi...
Yaqindagina "Taraqqiyot közgusi" gazetasi tahririyatining "Bilimli va maʼnaviyatli yoşlar bilan – Uçinçi Renessans sari" nomli grant loyihasi doirasida ötkazilgan "Men sevgan badiiy qahramon" mavzusidagi inşolar tanlovi ğoliblarini taqdirlaş tadbiri bölib ötdi.
Tanlovda eng yaxşi yozilgan inşolar mualliflari taqdirlandi. Unga köra, tuman maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli 38-sonli maktab öquvçisi Xursandbek Maʼrifatov hamda 40-sonli maktabning 6-sinf öquvçisi Umida Ibrohimovalarning yozgan inşolari eng yaxşi deya eʼtirof etildi.
Şuningdek, ularga tanlovdagi faol iştiroki uçun "Taraqqiyot közgusi" gazetasi tahririyatining faxriy yorliqlari, sovğa tariqasida taqdim etilgan badiiy kitoblari bilan taqdirlandi.
Tadbirga Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tuman bölinmasi yetakçi mutaxassisi Zarifa Soatboyeva ham taşrif buyurdi. Öquvçilarni yutuqlari bilan tabriklab, u ham badiiy kitoblar guldastasini taqdim etdi.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶