Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengaşining navbatdagi 79-sessiyasi töğrisida axborot
Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining navbatdagi 79-sessiyasi bölib ötdi. Sessiya majlisida Xalq deputatlari tuman kengaşi deputatlari, tuman saylov komissiyasi aʼzolari, siyosiy partiyalarning tuman kengaşlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.
Sessiyani 13-Qiliçboy saylov okrugidan deputat Bahrom Qadirov oçdi va olib bordi.
Sessiya majlisida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş va aholi turmuş farovonligini yanada yaxşilaşga oid qator masalalar yuzasidan tegişli masʼullarning hisobotlari hamda axborotlari tinglandi.
Xususan, kun tartibidagi dastlabki – 2024-yilning 7 oy davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça amalga oşirilgan işlar töğrisidagi masala yuzasidan tuman Içki işlar bölimi boşliği Muxammetali Xojamuratovning hisoboti tinglandi.
Hisobotda keltirilişiça, joriy yilning 7 oyi davomida tuman hududida jamoat xavfsizligini taʼminlaş, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini oliş borasida bir qator işlar amalga oşirilgan. Xususan, “Profilaktika kuni” tadbirlari davomida 108ta jinoyatlar muhokama qilingan, 38 ming 76ta xonadon örganilib, huquqbuzarlik sodir etiş yoki undan jabrlaniş ehtimoli yuqori bölgan 1 ming 419 nafar şaxslar bilan ijtimoiy profilaktik tadbirlarni amalga oşiriş böyiça “Mahalla yettiliklari”ga xulosalar taqdim etilgan. Mahalla faollari tomonidan 1 ming 207 nafar ijtimoiy profilaktika obʼekti bölgan şaxslarning muammolarini ijobiy hal etiş çoralari körilgan.
Şundan söng sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala – mahalliy byudjetning 2024-yil 1-çoragi holatiga elektron savdo maydonçasida yer uçastkalariga bölgan huquqlarni sotişdan tuşadigan mablağlari hisobidan mablağ ajratiş töğrisidagi masala yuzasidan tuman hokimligining boş mutaxassisi Jahongir Yöldoşov hisobot berdi.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimligi boş mutaxassisi Jahongir Haydarov hisobot berib, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Pillaçilik sohasida kasanaçilikni qöllab-quvvatlaş hamda pilla yetiştiriş uçun ozuqa bazasini yanada kengaytirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining 2024-yil 12-avgust kungi 22-sonli qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida tuman hokimligi zaxira yer fondi hisobidan umumiy maydoni 42,2 gektar yer maydonlarini oçiq elektron tanlovga qöyiş taklifini bildirdi.
Şundan söng Kengaşning Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça doimiy komissiyasi raisi Muzaffar Yeşçanovning “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputatligiga saylov ötkazuvçi uçastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etiş töğrisida”gi masala yuzasidan axboroti tinglandi.
Axborotda tumandagi uçastka saylov komissiyalari aʼzoligiga taklif etilgan nomzodlar Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşining Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça doimiy komissiyasi yiğilişida dastlabki tarzda körib çiqilgani hamda 64ta uçastkaning har biriga 11-13 nafardan jami 754 nafar nomzodlar körsatilgani taʼkidlandi.
Deputatlar kun tartibidagi barça masalalar böyiça axborot va hisobotlarni tinglab, fikr-mulohazalarini bildirdilar. Faol muhokamalardan keyin sessiya kun tartibidagi barça masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶