30-70 yoş va undan katta yoşdagi aholi vakillaridan sport sinovlarini qabul qilişga bağişlangan tadbir ötkazildi
Aholining jismoniy faolligini oşiriş, harakatsizlik tufayli tobora keng tus olayotgan baʼzi kasalliklarning oldini oliş, ayniqsa, yoşlarni, şu barobarida keksa avlod vakillarini sportga keng jalb etiş maqsadida mamlakatimizda tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi "Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş tizimini joriy etişning taşkiliy çora-tadbirlari töğrisida"gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-yanvardagi "Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş böyiça sport sinovlarini taşkil etiş va ötkaziş töğrisida"gi Qarorlariga muvofiq Özbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Oila va xotin-qizlar qömitasi hamda Özbekiston Mahallalari uyuşmasining qöşma Qarori asosida 2024-yildan boşlab har yilda bir marta Respublikada mavjud barça mahallalardagi mahalla tizimi xodimlari hamda aholi vakillaridan "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari qabul qilib boriş tizimining joriy etilgani özining ilk ijobiy samaralarini bermoqda.
Ayniqsa, aholi vakillarining özlariga maʼqul keladigan sport turlari bilan şuğullanişlari, ularning fitnes klublarida, sport tögaraklarida sport bilan muntazam şuğullanişlari uçun kömaklaşiş maqsadida qiziqarli sport öyinlarini taşkil etişga qaratilgan çora-tadbirlar esa xalqimizning sport-soğlomlaştiriş maşğulotlarida ixtiyoriy tarzda qatnaşişga bölgan intilişlarini rağbatlantiriş imkonini bermoqda.
Bu borada Amudaryo tumani sport işlari bölimi, Oila va xotin-qizlar bölimi hamda Özbekiston mahallalari uyuşmasi Amudaryo tuman bölimi tomonidan amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar eʼtiborga munosib. Ayniqsa, "Salomatlik uçun 5000 qadam", "Tonggi piyoda yuriş ", "Salomatlik marafonlari" kabi sport-soğlomlaştiriş tadbirlari, "Biz oilaviy sportçilarmiz" musobaqalarida keng aholi vakillari ixtiyoriy ravişda, qiziqiş bilan iştirok etişib, öz salomatliklariga eʼtiborli bölayotganlari quvonarlidir.
Joriy yilning 20-avgust kuni Amudaryo tuman sport maktabi sport maydonçasida bölib ötgan 30-70 yoş va undan katta yoşdagi aholi vakillaridan sport sinovlarini qabul qilişga bağişlangan tadbir ham iştirokçilarning jismoniy faolligini oşirişga qaratilgani bilan yorqin taassurotlarga boy böldi.
Avvalo şuni alohida qayd etiş kerakki, "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari qabul qiliş jarayoniga puxta tayyorgarlik körilib, unda ixtiyoriy ravişda iştirok etiş istagini bildirgan aholi vakillariga "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" kökrak nişoni taqdim etilişi töğrisida maʼlumotlar berildi. Körilgan çora-tadbirlar va amalga oşirilgan tarğibot işlari tufayli joriy yilning 20-avgust sanasida Amudaryo tumani sport maktabi sport maydonçasida bölib ötgan mazkur tadbir iştirokçilarning yuqori darajadagi faolliklari asosida amalga oşirildi.
Tadbirda iştirok etgan 30-70 yoş va undan yuqori yoşdagi tumanning barça mahallalaridan kelgan erkak va ayol aholi vakillari "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari qabul qiliş böyiça Nizomda belgilangan talablar darajasidagi maşqlarni ixtiyoriy ravişda bajariş asnosida özlarining qay darajada jismoniy tayyorgarlikka ega ekanliklarini bilib oldilar.
Tadbir yakunida eng faol, şuningdek, jismoniy tayyorgarlik darajasi yuqori bölgan iştirokçilar hamkor taşkilotlar tomonidan rağbatlantirildi.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶