28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:01
Salomatlik 👁 484

Yangi tugʻruq majmuasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Yangi tugʻruq majmuasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

27-avgust kuni Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi yangi zamonaviy shart-sharoitlarga ega tugʻruq majmuasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari hamda nuroniylar, tibbiyot birlashmasi jamoasi ishtirok etdilar.

Ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev soʻzga chiqib, yigʻilganlarni zamonaviy tugʻruq majmuasining foydalanishga topshirilishi hamda mustaqilligimizning 33 yilligi bayrami munosabati bilan tabrikladi.

Joʻqorgʻi Kenges Raisi oʻz soʻzida keyingi yillarda yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurilishi yoʻlida tarixiy ishlar amalga oshirilganini va bu boradagi saʼy-harakatlar koʻlami tobora kengayib borayotganini, ayniqsa, sogʻliqni saqlash sohasi ulkan oʻzgarishlarga yuz tutganligini, sohaga eʼtibor ham, munosabat ham tubdan oʻzgarganligini alohida taʼkidladi.

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda inson salomatligini mustahkamlash, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan oshirish, tibbiyot muassasalarining resurslar salohiyatini yaxshilash, xalqimizning erkin va farovon yashashi, baxtli hayoti yoʻlida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Sogʻliqni saqlash sohasi rivoji yoʻlida davlatimiz rahbarining qator farmon va qarorlari qabul qilinib, aholi sogʻligʻini muhofaza qilishga davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishi sifatida eʼtibor qaratildi. Avvalo, tibbiyotga ajratilayotgan mablagʻlar hajmi keskin oshirildi. Natijada oʻtgan qisqa davrda tibbiyotimizda mislsiz yangilanishlar sodir boʻldi.

Ochilish marosimida Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi, faxriy shifokor Sultonboy Tajiniyozov soʻzga chiqib, oʻzining koʻp yillik tajribasida bugungidek imkoniyatlar va tibbiyot sohasi rivojiga berilayotgan eʼtibor mislsiz ekanligini, islohotlarning barchasi inson qadri uchun, aholi salomatligi yoʻlidagi sobitqadamlik bilan amalga oshirilayotganini alohida qayd etdi.

Taʼkidlash joizki, bugun tibbiyot sohasida onalik va bolalikni muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilashga alohida ahamiyat berilib, “Ona va bola sogʻligʻiga eʼtibor – jamiyatga, kelajakka eʼtibor” tamoyili asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, tumanimizda ham ushbu tamoyil asosida tibbiyot sohasidagi ezgu ishlarning koʻlami kengaymoqda. Hududlardagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlanib, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlanmoqda. Tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli yangi tugʻruq majmuasining bunyod etilgani ham buning yaqqol ifodasidir.

Tibbiyot birlashmasi tarkibidagi ushbu yangi – qiymati 14,4 mlrd. soʻmga teng boʻlgan 90-oʻrinli 4 qavatli tugʻruq kompleksining zamonaviy binosi “Temir beton” MChJ quruvchilari tomonidan oʻz muddatida va sifatli tarzda qurib bitkazildi.

Yangi loyiha asosida barpo etilgan mazkur imoratdagi isitish va sovitish tarmoqlari ilgʻor texnologiyalar asosida ishlaydi. Olib borilgan keng koʻlamli qurilish ishlari natijasida zamonaviy qiyofa kasb etgan bino zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan, sifatli tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlangan.

Qayd etish joizki, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, homiladorlarga gʻamxoʻrlik koʻrsatish, ertamiz egalarining sogʻlom tugʻilishiga sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu ishlar tumanda tibbiy xizmat sifatini yangi bosqichga olib chiqishga zamin yaratadi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026