28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:02
Qishloq xoʻjaligi 👁 384

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi

29-avgust kuni Amudaryo tumanidagi “Oq oltin” ovulida 2025-yil hosili uchun gʻalla ekish ishlarini tashkil etish hamda gʻoʻza parvarishi borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan seminar boʻlib oʻtdi. Hududdagi “Yakubova Gavhar” fermer xoʻjaligining ekin dalasida tashkil etilgan seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farhod Ermanov, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, qoʻshni tumanlar hokimlari, respublika hamda tumandagi qishloq xoʻjaligi sohasi masʼullari ishtirok etdilar.

Seminarda gʻalladan yuqori hosil olish maqsadida ekish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish orqali ekin maydonlaridan samarali foydalanish yuzasidan oldinda turgan ustuvor vazifalar xususida soʻz yuritildi. Shuningdek, seminar mobaynida mehmonlar paxtadan moʻl hosil olish borasida fermer xoʻjaligida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdilar.

Vazirlar Kengashining Raisi Farhod Ermanov oʻz soʻzida respublikamiz aholisini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash hamda fermer xoʻjaliklari iqtisodini mustahkamlash maqsadida gʻalladan boʻshagan ekin maydonlarga takroriy ekin ekish ishlarini jadallashtirish hamda ulardan yaxshi hosil olish uchun toʻgʻri parvarishlash lozimligi, gʻalla va paxta hosilining moʻl boʻlishida oʻz vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlarning ahamiyati katta ekanligi, fermer xoʻjaliklari ekin yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish orqali sugʻorish ishlarini tashkil qilish ham suvni tejashga, shuningdek, hosil moʻl boʻlishiga xizmat qilishi xususida soʻz yuritdi. Fermer xoʻjaliklari rahbarlariga gʻalla hamda paxta yetishtirish borasida tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

Shu oʻrinda maʼlumot tariqasida aytish joizki, kelgusi yil hosili uchun tumandagi 301ta fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 4800 gektar maydonga gʻalla ekish rejalashtirilgan. Gʻalla ekish ishlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazish maqsadida 17ta otryad tashkil qilinib, otryad rahbarlari sifatida hududiy agronomlar biriktirilgan. Joriy yilda gʻallani optimal muddatlarda ekish uchun 71ta yuqori unumli surim texnikalari, 12ta gʻalla ekish seyalkalari, 59ta chizellar, 72ta kultivator moslamalari, 51ta yer tayyorlash mexanizmlari, 51ta yer tekislagichlar, 16ta oʻgʻit sepkich uskunalar, 21ta egat olgichlardan unumli foydalanish rejalashtirilgan va ushbu texnikalar mavsum oldidan toʻliq taʼmirdan chiqarilgan.

Kelgusi yil hosili uchun sifat koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan navlar, jumladan, 1465 gektar maydonga Aleksevich navi, 2436 gektar maydonga Antonina navi, 250 gektar maydonga Grut navi, 649 gektar maydonga Vassa navlarini ekish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, jami 13 ming 900 gektar gʻoʻza maydonlarning 11 ming 722 gektar qismini defoliatsiya qilish rejalashtirilgan.

Tumanda paxtadan moʻl hosil olish maqsadida ham tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2024-yil hosili uchun 352ta fermer xoʻjaliklari tomonidan 13 ming 900 gektar maydonga chigit ekilib, sifatli parvarish qilinmoqda. Ushbu maydonlarda yetishtirilishi kutilayotgan 48 ming 500 tonna paxta hosilini sotish boʻyicha 6ta klasterlar bilan shartnomalar imzolangan. Paxta yigʻim-terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish va uni optimal muddatlarda amalga oshirish maqsadida 310ta terim otryadlari tashkil qilindi. Terim otryadlariga 100-150 nafardan iborat tashabbuskor guruhlar hamda mahallalarda tajribali koʻcha faollaridan iborat otryad rahbarlari tayinlangan. Otryadlarga jami 17 ming 490 nafar terimchilar jalb qilinadi.

Yigʻim-terim mavsumida 347ta paxta tashish texnikalari, 734ta tirkamalar, 1468ta avtoyopqichlar, 1660ta brezentlar, 620ta tarozilar ishlatilishi kutilmoqda.

Seminarda kun tartibidagi masala yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha oʻrganilib, tahlil qilindi hamda mavjud kamchiliklarni joyida bartaraf qilish yuzasidan tegishli masʼullarga koʻrsatmalar va topshiriqlar berildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026