12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:45
Siyosat 👁 882

AMUDARYo TUMANIDA MUSTAQILLIK BAYRAMI TANTANALI TARZDA NIŞONLANDI

AMUDARYo TUMANIDA MUSTAQILLIK BAYRAMI TANTANALI TARZDA NIŞONLANDI

Xalqimiz sevib nişonlaydigan bayramlar köp. Har biri özining anʼanaviyligi, köp millatli vatandoşlarimizning orzu-intilişlariga hamohangligi bilan hayotimizga öziga xos fayz-tarovat bağişlaydi. Lekin Mustaqillik bayramining fayzi ham, tarovati ham boşqaça: tantanali bayram oqşomlarida sanʼatkorlarimiz tomonidan ijro etiladigan kuy-qöşiqlar jarangidagi, boşdan-oyoq bezangan şahar-u qişloqlar qiyofasidagi ajib jilvalar ham özgaça! Boisi, bu ayyomda Ona Yurt qadri, TINÇLIK, TOTUVLIK, DÖSTLIK, ERK va OZODLIK tuyğulari yanada uluğlanadi. Vatanparvarlik, millatlararo totuvlik, Istiqlol neʼmatlaridan bahramand Yangi Özbekistonning navqiron avlodlari madh etilib, ERK va OZODLIK uçun jon fido qilgan ajdodlar – jadid bobolar xotirlanadi.

Prezidentimizning 2024-yil 18-iyuldagi “Özbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining öttiz uç yillik bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi Qarori ham barça sohalarda tobora yuksak taraqqiyot sari dadil odimlayotgan Yangi Özbekistondagi yangilanişlar, xalqimiz hayotida röy berayotgan özgarişlar, Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda “Mustaqil Vatanimizning toza qon tomirlari” bölgan yoşlar erişayotgan katta muvaffaqiyatlarni, jadid bobolarimizning ezgu orzularini amalga oşiriş borasidagi fidoyiliklarini özida mujassam etgan tantanali bayram tadbirlarini taşkillaştiriş va unda keng xalq ommasining iştirokini taʼminlaşga asosiy eʼtibor qaratiş zarurligi taʼkidlangan.

Azaldan yuqoridan biron bir körsatma kutişga odatlanmagan amudaryoliklar bu yil ham Mustaqillikning öttiz uç yillik ayyomi tantanalarini barvaqt boşlab yubordilar. Avgust oyining ilk kunlaridanoq qişloq va mahallalarda katta tantanalar bilan boşlangan bayramona tadbirlar 29-avgust kuni Amudaryo tumani Bolalar va ösmirlar sport maktabiga qaraşli öyingohda jöşqinlik bilan davom etdi.

Tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan, “Bir bölsak — yagona xalqmiz, birlaşsak — Vatanmiz!” ezgu şiorini özida mujassam etgan olti bölimdan iborat teatrlaştirilgan bayram tadbirining butun mazmun-mohiyatida xalqimizning asrlar böyi şakllangan umriboqiy qadriyatlari, Istiqlol bergan uluğvor imkoniyatlar öz ifodasini topgani bilan qalblarda gözal taassurotlar uyğotdi. Bayram tantanalarida köp millatli xalqimizning jipsligi, birdamligi va mustaqillik ğoyalariga sodiqligi yana bir bor namoyon böldi.

“Mustaqil Vatanda el aziz, inson aziz!” “2024-yil – yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili”, “Bir bölsak – yagona xalqmiz, birlaşsak – Vatanmiz!” kabi şiorlar bilan bezatilgan yöl-u yölaklar, amudaryolik mirişkor dehqonlar, qöli gul hunarmandlar-u tadbirkorlar mehnatlarining samaralari, ilmda, sport va sanʼatda iqtidorli yoşlar erişayotgan yutuqlar aks ettirilgan körgazmalar közlarni quvontirdi. Nazarimda har dilda Vatanga mehr, tinçlik va ahillikdan şukronalik tuyğulari hokim bu lahzalardan köngillar yanada tozardi.

Vatan, munça şirin non-u tuzlaring,

Ohanrabosi bor dala-tuzlaring.

Dunyoga yuz tutgan öğil-qizlaring

Tuğingni boşida tutganda, jahon

Kördi! Har yurakda bir Özbekiston!

Bayram tadbirining mezboni ham, mehmonlari ham ahil va inoq, et bilan tirnoq kabi taqdirlari bir-birlariga tutaş özbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman, qirğiz, tojik, rus, tatar, boşqird, koreys, ukrain kabi xalqlar vakillari böldilar va barçalari “Bir bölsak – yagona xalqmiz, birlaşsak – Vatanmiz!” ezgu şiori ostida yanada jipslaşdilar. Çunki “Inson qadri uluğlangan Yangi Özbekiston!” şiori bilan boşlangan bayram tadbirining ilk lahzalaridanoq Amudaryo tumani hokimi S.Xöjametovning aziz xalqiga yöllagan bayram tabrigi har bir inson qalbida özi tuğilib ösgan muqaddas zaminga nisbatan çeksiz mehr-muhabbat, iftixor tuyğusini uyğotdi.

Tuman hokimi S.Xöjametov amalga oşirilayotgan katta muvaffaqiyatlar, amudaryoliklar hayotidagi ijobiy özgarişlar va yangilanişlar davlatimiz rahbarining odilona siyosati, xalq zakosi, millatlar döstligining hayotiy ifodasi ekanligini çin dildan eʼtirof etib, Amu xalqiga xos bölgan ming yillik qadriyatlar bardavomligini tiladi.

Bayram tadbiriga maydon uzra yangragan “Yangi Özbekistonda el aziz, inson aziz!” şiori yanada jöşqinlik baxş etdi. Amudaryolik sanʼatkorlar tomonidan tayyorlangan teatrlaştirilgan adabiy-musiqiy dastur bayram iştirokçilari tomonidan olqişlar bilan kutib olindi. Ayniqsa, jadid bobolar, qatağon qurbonlari haqidagi sahna körinişlari bugungi dorilomon kunlar xalqimizga osonlikça kelmaganini, mustaqillik, erk va ozodlik uçun kuraşlarda qurbon bölgan uluğ ajdodlarimiz xotirasi oldida qarzdorlik hissi bilan yaşaşga burçli ekanligimizni anglatib, tarixiy xotiralar kelajak poydevorini mukammal barpo etişga daʼvatkor kuç bölajagini har bir qalbda mustvhkam muhrladi göyo.

Tadbirga yoş va iqtidorli sanʼatkorlarning, “Barkamol avlod” bolalar maktabi jajji bolajonlarining çiqişlari, “Özbekiston – yagona uyimiz!” şiori ostidagi sanʼatkorlarning jöşqin kuy-qöşiqlari, dilrabo raqslari yanada fayz va tarovat bağişladi.

Nazarimda, amudaryoliklar mustaqillikdek bebaho, oliy neʼmatning qadr-qimmatini yanada teranroq his etib, bayram bahona bir-birlari ila diydorlaşgan qozoq, qoraqalpoq, turkman-u qirğiz, tojik, boşqird, tatar, rus va ukrain kabi millatlar Özbekiston içra ahil va totuv bir oila bölib yaşayotganlaridan mamnun, bir-birlariga, Amu eliga xuş kayfiyat ulaşdilar. Zotan,

Yagona xalq bölib birlaşgan millat,

Totuvlik qalblarda eng oliy neʼmat.

Siyosatda öktam, sobit mamlakat –

Istiqbol ufqlari porloq, çaroğon,

Imkonlari uluğ, bağri keng oşyon!

 

Köngillar birlaşgan azal-u azal,

Mehr guli ungan ming yillar avval.

Bir yuz qirq millatning erki mukammal

Qomusiy şarh ila yaqqol namoyon –

Unda qadr topgan Hazrati inson!

 

Tonggi sabolardan köngillar xurram,

Har bitta göşada tantana, bayram.

Ziroatga töla dalalari ham

Şunçalar obodon, şunçalar körkam,

Baxtga yor taqdirim – yoruğ peşonam!

 

Totuvlik bazmiga, qarang, jamlaşgan

Millatlar, elatlar ahil, sirlaşgan.

Aslida barçasi maʼnan birlaşgan –

Özbekiston manim yagonam – onam –

Udir Şarq gavhari – oltin ostonam!

Robiya Yöldoşeva.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026