Paxta yiğim-terimi mavsumini uyuşqoqlik bilan ötkazişga bağişlangan seminar bölib ötdi
Amudaryo tumani Toş yop ovulidagi “Bekmon Allaberganov” fermer xöjaligi dalasida joriy yilgi paxta yiğim-terim mavsumini uyuşqoqlik bilan ötkaziş maisadida qişloq xöjaligi xodimlari iştirokida seminar bölib ötdi.
Seminarda tuman hokimi Sobir Xöjametov, hokim örinbosarlari, qişloq xöjaligi sohasi masʼullari hamda fermerlar iştirok etdilar. Seminarda paxta yiğim-terimi mavsumida amalga oşirilişi lozim bölgan işlar xususida söz yuritildi. Jumladan, paxtani nest-nobud qilmasdan öz vaqtida yiğib-terib oliş, terim mavsumidagi barça işlarni töğri taşkil etiş yuzasidan tegişli masʼullarga topşiriqlar berildi. Şuningdek, paxta yiğim-terimi mavsumini uyuşqoqlik bilan ötkaziş yuksak paxta xirmoni bunyod qilişda alohida ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.
Bugungi kunda tumanimizdagi barça fermer xöjaliklarining paxta dalalarida ğözalar qiyğos oçilib, dalalar oppoq tusga kirgan. Paxta yetiştiruvçi fermer xöjaliklari tomonidan ğözani parvarişlaş işlarining öz vaqtida va sifatli olib borilgani, paxta yetiştirişga masʼul şaxslarning fidoyi mehnatlari natijasida dalalarda möl hosil yetiştirildi. Sentyabr oyining boşlaridanoq barça fermer xöjaliklarida yetiştirilgan hosilni yiğib-terib oliş işlari boşlab yuboriladi. Mavsum boşlanişidan avval terim uçun barça şaroitlar yaratilib, zarur resurslar taxt qilib qöyildi.
Aytiş joizki, paxta yiğim-terimini ğözaning pişiş holatidan kelib çiqib, yaʼni paxtaning kamida 70-75 foizi oçilganidan keyin teriş maqsadga muvofiq. Hududlarda paxta yiğim-terimiga ommaviy kirişiş keçi bilan 10-sentyabrdan boşlandi va 10-oktyabrgaça birinçi terim töliq yakunlanib, ikkinçi terimga ötiladi.
Paxta terimi mavsumida köngilli, 18 yoşdan katta, muayyan mehnat bilan band bölmagan işga layoqatli vaqtinça işsiz, ayrim hollarda mehnat resurslari yetmagan hududga boşqa hududlardan kelib haq evaziga terimda iştirok etiş istagini bildirgan terimçilar maxsus terim otryadlariga biriktiriladi.
Maʼlumot örnida, tumanda paxta yiğim-terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik köriş va uni optimal muddatlarda amalga oşiriş maqsadida 310ta terim otryadlari taşkil qilingan. Terim otryadlariga 100-150 nafardan iborat taşabbuskor guruhlar hamda mahallalarda tajribali köça faollaridan iborat otryad rahbarlari tayinlangan. Otryadlarga jami 17 ming 490 nafar terimçilar jalb qilingan.
Bu kabi yuksak taşkiliy işlardan közlangan asosiy maqsad – tumandagi 352ta fermer xöjaliklarining 13 ming 900 gektar maydonida pişib yetilgan hosildan jami 48 ming 500 tonnalik xirmon bunyod qiliş va şartnomalarga muvofiq xom aşyoni 6ta klasterlarga öz vaqtida hamda sifatli tarzda yetkazib berişdir.
Seminarda paxta yiğim-terimi mavsumida fermer xöjaliklari tomonidan terimçilarni zarur mehnat va dam oliş şaroitlari bilan taʼminlaş, ularga mehnat haqini öz vaqtida va töliq tölaş, paxta-töqimaçilik klasterlari tomonidan yiğim-terimga jalb qilingan şaxslarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaş, ularga qulayliklar yaratiş maqsadida köçma savdo dökonlari faoliyatini yölga qöyiş, tibbiy, madaniy hamda maişiy xizmatlar körsatiş xususida söz yuritilib, hosilni nest-nobud qilmasdan terib oliş böyiça tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶