14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 05:39
Siyosat 👁 352

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 80-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 80-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2024-yil 12-sentyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining 80-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, deputatlar, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani Kengash raisining oʻrinbosari Gʻulomjon Eshniyozov ochdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 1-Navoiy saylov okrugidan deputat Gulshod Yusupova saylandi.

Kun tartibidagi dastlabki masala yuzasidan tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Qudrat Abdikalikov hisobot berdi. Hisobotda tumanda 2024-yil hosili uchun fermer xoʻjaliklari kesimida qishloq xoʻjaligi ekinlari oqilona joylashtirilganligi, lekin baʼzi fermer xoʻjaliklari belgilangan talablarni buzib, suvni koʻp talab qiladigan, joylashtirishda koʻrsatilmagan sholi ekinini ekish holatlari kuzatilayotgani taʼkidlandi. Oʻtkazilgan tadbirlar davomida 24ta fermer xoʻjaliklarida jami 93 gektar maydonlarga rejasiz sholi ekilganligi aniqlangan. Ushbu holat boʻyicha Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidan belgilangan talablarni buzgan fermer xoʻjaliklariga tegishli tartibda chora koʻrish taklifi bildirilgan. Taklif deputatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Kun tartibidagi navbatdagi masalalar yuzasidan Amudaryo tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjaligi, ekologiya va obodonlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Bahodir Ernazarov hisobot berdi. Hisobotlarda qayd etilganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan 2023-yilda Amudaryo tumani hokimligi va “JKV ENERGY NUKUS GROUP” MChJ oʻrtasida tumandagi 125 ta ijtimoiy soha obʼektlarini isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish boʻyicha bitim tuzilgan. Oʻtgan yilgi isitish mavsumi yakunlariga koʻra 125ta obʼektlarning 99tasida isitish tizimlari modernizatsiya qilinmagani sababli tadbirkorning tegishli majburiyatlarni bajarolmaslik ehtimoli yuzaga kelmoqda. Shu sababli ushbu muassasalarni davlat-xususiy sheriklikdan chiqarish taklifi bildirildi.

Tuman hokimi oʻrinbosari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq jamoatchilikning fikri asosida “Mening bogʻim” loyihasi doirasida oʻtkazilgan tanlovda tumanning Jumur ovul mahallasi gʻolib deb topilganini, shu sababli mazkur hududida 2,5 gektar yer maydonida “Yashil bogʻlar”ni tashkil qilish taklifini bildirdi.

Bundan tashqari, tumanda “Tashabbusli byudjet”ning joriy yil ikkinchi mavsumida aholi tomonidan jami 87ta tashabbuslar koʻtarilib, 81tasi ovoz berish jarayonida ishtirok etgani, ovoz berish natijalariga koʻra 7ta tashabbus gʻolib deb topilib, umumiy qiymati 9 mlrd 520 million soʻmlik ushbu tashabbuslarni tasdiqlash masalasi ham deputatlar eʼtiboriga havola qilindi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimining oʻrinbosari, investitsiya va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Faxriddin Yusupov soʻzga chiqib, 2024-yilning II yarmida tumanni iqtisodiy rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish hamda 2025-yilga zamin yaratish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini taqdim etdi.

Shundan soʻng Amudaryo tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Nodirbek Kamolov soʻzga chiqib, mahalliy byudjetning 2024-yil II chorak holatiga elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushadigan mablagʻlar hisobidan umumtaʼlim maktablarini zamonaviy kompyuter va boshqa asbob-uskunalar bilan taʼminlash uchun tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga mablagʻ ajratish taklifini bildirdi. Ushbu taklif ham deputatlar tomonidan maʼqullandi.

Sessiyada tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi bosh hisobchisi Abay Sagʻinbayev 2024-yilning 6 oyi davomida tuman mahalliy byudjetning ijrosi boʻyicha hisobot berdi. Hisobotda qayd etilganidek, ushbu davrda mahalliy byudjetning daromadlar qismi rejasi jami 30 mlrd 685 mln 338 ming soʻm qilib belgilangan boʻlib, reja 31 mlrd 297 mln 300 ming soʻmga, yaʼni 611 mln 962 ming soʻmga ortigʻi bilan bajarilgan. Hisobot davrida mahalliy byudjetning xarajatlari uchun jami 127 mlrd 459 mln soʻmdan ortiq mablagʻlar sarflangan.

Sessiyada shuningdek, Amudaryo tumani “Suv yetkazib berish” davlat muassasasi direktori Shukrullo Yusupov soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining qarori bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun qoʻshimcha suv limiti ajratilgani sababli ushbu limitni suv isteʼmolchilar oʻrtasida taqsimlash va suv limitini yangidan tasdiqlash boʻyicha taklif bildirdi.

Sessiyada Amudaryo tumani hokimining maslahatchisi Ashirbay Qoʻshayev soʻzga chiqib, geografik obʼektlarning Davlat reyestrida tumanda Qipchoq nomi bilan atalgan ikkita hududiy birlik – Qipchoq ovul fuqarolar yigʻini va Qipchoq shaharcha fuqarolar yigʻini mavjudligi, bu holat “Geografik obʼektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonun talablariga toʻgʻri kelmasligi sababli tegishli tashkilotlar tomonidan ushbu holatni bartaraf qilish soʻralganini maʼlum qildi. Ushbu masala Qipchoq ovul fuqarolar yigʻinining vakillar yigʻilishida muhokama qilinib, Qipchoq ovul fuqarolar yigʻini nomini “Jayhun ovul fuqarolar yigʻini” deb oʻzgartirish taklifi bildirilgan va bu taklif deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi barcha masalalar boʻyicha faol muhokamalardan keyin Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi. Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Sh.Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019