VIRUSLI GEPATIT A KASALLIGIGA QARŞI EMLAŞ TADBIRLARI ÖTKAZILMOQDA
Mamlakatimizda aholining reproduktiv salomatligini taʼminlaş, ayniqsa, fasllar almaşişi munosabati bilan kuzatiladigan yuqumli kasalliklar tarqalişining oldini oliş maqsadida tizimli işlar olib borilmoqda. Şunday bölsa-da, xalq orasida “iflos qöllar kasalligi” va “sariq kasallik” nomini olgan virusli gepatit A va gepatit Ye kasalligiga qarşi amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarga qaramasdan aholi orasida uşbu kasallikka çaliniş holatlarining kuzatilayotgani sir emas.
Kasallik köproq 2 yoşdan 15 yoşgaça bölgan bolalar orasida uçraydi va haqiqatdan ham bolalarning qöllarini yuvmasdan ovqatlanişlari, meva-sabzavotlarni yöl-yölakay, daraxt şoxidan uzib olib, toza suvda yuvmay isteʼmol qilişlari, qaynamagan suvni içişlari, şuningdek, turib qolgan oçiq suv havzalarida çömilişlari, usti dasturxon bilan yopilmagan, paşşalar qöngan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilişlari natijasida kelib çiqadi.
Virusli gepatit kasalligi virusini yuqtirib olgan bemorning darmoni qurib, iştahasi yöqoladi, köngli ayniydi, baʼzi holatlarda qayt qilib, harorati kötariladi. Uyquçanlik, grippga öxşaş holatlar kuzatiladi va köz oqi, pastki qovoq şilliq pardasi sarğayib, peşobining rangi qizaradi.
Ana şunday holatlar kuzatilgan taqdirda zudlik bilan şifokorga murojaat qiliş zarur va kasallikning aynan ana şu davrida bemor özi bilmagan holda virusli gepatitni boşqalarga, ayniqsa, oila aʼzolariga yuqtirib olişi mumkin.
Kasallikni davolagandan köra, uning oldini olişga qaratilgan çora- tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Şu bois, Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi şifokorlari tomonidan muntazam ravişda soha mutaxassislari va aholi keng qatlami orasida tuşuntiriş-tarğibot va profilaktik tadbirlar ötkazilib, kasallikka qarşi mavsumiy emlaş işlari amalga oşirilib kelinmoqda.
Ayni kunlarda Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasi qoşidagi köp tarmoqli Markaziy poliklinikada virusli gepatitga qarşi emlaş işlari uyuşqoqlik bilan olib borilmoqda. Vaktsinatsiya jarayonini samarali ötkaziş maqsadida Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimining epidemiologiya va immunoprofilaktika bölimi mudirasi Gulşod Tajiboyeva 2 yoşdan 15 yoşgaça bölgan farzandlarini emlatgani kelgan ota-onalar va gepatit A virusiga qarşi emlaniş istagida bölgan katta yoşdagi fuqarolarga uşbu virusni yuqtirib olişdan saqlaniş hamda kasallikning inson uçun zararli asoratlari xususida kerakli tuşunçalar, maslahat va tavsiyalar bermoqda.
Ayniqsa, bemor bola foydalangan idişlar, çoyşab, yostiq jildi, kiyim-keçak, öyinçoqlar, sörğiç, hojat anjomi, bemordan qolgan ovqatlar virus bilan zararlangan bölişi, şu bois, bu idişlarni maxsus yuviş vositalari bilan yaxşilab yuvib, uydagi eşik tutqiçlari, pollar va umum foydalanuvdagi boşqa buyumlarni zararsizlantiruvçi vositalar yordamida tez-tez artib, tozalab turiş zarurligini taʼkidladi.
Emlaş tadbiri davomida Gulşod Tajiboyeva jarayonda iştirok etayotgan ota-onalar va aholi vakillariga kasallikning belgilariga befarq qaraş va barça yoşdagi bemorlarda vaqtida zarur muolaja çoralarining körilmagani natijasida jigar yetişmovçiligi, jigar tsirrozi, xoletsistit va astenonevrotik sindrom kabi oğir asoratlarni yuzaga keltirişini, şuning uçun kasallikka qarşi emlaş çoralariga eʼtiborli böliş muhim ahamiyat kasb etişini qayd etdi. Şu barobarida barça ota-onalarga farzandlarini maktabgaça taʼlim taşkilotlariga va maktabga berişdan avval virusli gepatit Aga qarşi emlatişni maslahat berdi.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, hozirgi vaqtda kasallikning sariq belgisiz turi köproq kuzatilmoqda va kasallikka töğri taşxis qöyilib, töğri davolanmasa yuqoridagi kabi oğir asoratlarga olib kelişi mumkin.
Bunday muammolarga duç kelmaslikning eng töğri va samarali usuli – kasallikka qarşi emlaniş hamda soğlom turmuş tarziga amal qiliş, farzandlarimizni ham tozalikka qatʼiy amal qilişga örgatişdir. Zero tozalik – salomatlikning birdan-bir garovidir.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶