28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 13:59
Fan va taʼlim 👁 319

MEHR OGʻUShIDAGI BOLAJONLAR

MEHR OGʻUShIDAGI BOLAJONLAR

Kasbim taqozosiga koʻra har gal jajji bolajonlar yayrab oʻsayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlganimda muhtaram Prezidentimizning bir gaplari yodimga tushadi: “Biz farzand tarbiyasini maktabgacha taʼlim-tarbiya tizimidan va bu yoʻnalishdagi ishlarimizni yanada takomillashtirishdan boshlashimiz kerak, chunki bogʻchada yaxshi tarbiya olgan murgʻak bola kelajakda eng ilgʻor fikrli, chinakam vatanparvar inson boʻlib yetishadi, mamlakatimizga aynan ana shunday ilgʻor fikrli yangi avlodlar kerak!”. Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, “ilgʻor fikrli, vatanparvar yangi avlodlar” taʼlim-tarbiyasi uchun eʼtibor bugungi kunda davlatimiz siyosatining eng ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Faqat bizning Amudaryo tumanimizning oʻzida soʻnggi 7-8-yil ichida oʻnlab maktabgacha taʼlim tashkilotlari qayta taʼmirlanib, zamon talablari darajasida rekonstruktsiya qilindi, yillar davomida qarovsiz holatga qilib qolgan bolalar muassasalari bugungi kunda nainki koʻrkam qiyofa kasb etgan, balki bolajonlarning sevimli maskaniga aylangan.

Ayni paytda Amudaryo tumanida 52ta davlat, 101ta oilaviy, 4ta davlat-xususiy sherikchilik asosida faoliyat olib boruvchi MTTlar mavjud. Mangʻit shahrining Gulzor mahallasi hududida joylashgan 40-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti esa tumandagi namunali taʼlim-tarbiya muassasalaridan biri sanaladi. 180 nafar kichkintoyni oʻz bagʻriga olgan mazkur muassasada oʻz kasbining fidoyilari boʻlgan 43 nafar malakali xodim mehnat qilishadi.

MTT hovlisidan tortib, muassasaning har bir xonasidagi saranjom-sarishtalik koʻzlarni quvontiradi. Har birida 30 nafar bola tarbiyalanayotgan 6ta guruhda oʻtkaziladigan taʼlimiy va tarbiyaviy mashgʻulotlarga 32 nafar malakali pedagog xodim va 17 nafar tarbiyachi jalb qilingan. Ota-onalarning xohish-istaklari, qolaversa bolajonlarning qobiliyat va iqtidorlariga muvofiq ingliz va rus tillari, logoped oʻqituvchilari tomonidan bolaning til oʻrganish qobiliyatini rivojlantirish, nutqiy kamchiliklarini bartaraf etishga qaratilgan mashgʻulotlar rejaviy uzviylik asosida olib boriladi.

Bundan tashqari, musiqa rahbari va jismoniy tarbiya yoʻriqchisi tomonidan amalga oshirilayotgan taʼlimiy jarayonlar bolajonlarga eng zavqli, qiziqarli lahzalarni hadya etayotganidan ota-onalar ham mamnun. Tarbiyachilar oʻz faoliyatlariga ijodiy yondashgan holda mashgʻulotlar oʻtkazayotgani kichkintoylarning qiziqishlari, mashgʻulotlar jarayonidagi faolliklarida, ayniqsa, sport zalida oʻtkaziladigan “Quvnoq startlar”, shaxmat-shashka musobaqalarida yaqqol namoyon boʻlmoqda. Bunday musobaqalarning yanada qiziqarli oʻtkazilishida 12 nafar oliy maʼlumotli tarbiyachilar masʼul. Ular bolajonlar bilan shugʻullanishdan, ularning intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, turfa savollariga javob berishdan aslo charchashmaydi.

Turli bayramlar sanalarida musiqa rahbari bilan hamkorlikda tayyorlanadigan adabiy-musiqiy tadbirlarda tarbiyachi “bogʻcha opalar” bolajonlar bilan birga raqsga tushadilar, oʻzbekcha, qoraqalpoqcha, qozoqcha, turkmancha, ruscha va inglizcha sheʼrlar aytishadilar, afsonaviy ertak qahramonlari qiyofasiga kirishib bolajonlar bilan birga zavqlanadilar. —

– Tashkilotimizda qatʼiy mehnat intizomiga amal qilinadi, – deydi MTT mudirasi Sharifa Seytova. – 2ta maktabga tayyorlov guruhi, 2ta katta va 1ta oʻrta, 1ta kichik yoshdagi bolalar guruhlari tarbiyachilari bolalarni qabul qilishga barvaqt kelishib, har biri oʻz guruhlaridagi bolalarni shaxsan qabul qilib olishadi, deyarli har kuni ularning salomatligi muassasa hamshirasi tomonidan qatʼiy nazorat qilinishiga eʼtibor qaratishadi.

2022-yildan boshlab muassasa “Amudaryo tutinuv” MChJ tomonidan autsorsing asosida sogʻlom va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanayotgani bois, bolajonlar sogʻlom va durkun oʻsib, ulgʻayishmoqda. Shundanmi, muassasa tarbiyalanuvchilari orasida gimnastikachi qizaloqlar, zehni oʻtkir shashka-shaxmat sportiga qiziquvchi, ingliz va rus tillarini oson oʻzlashtirayotgan bolajonlar koʻp.

MTT xodimlarining kasbiy malakalarini oshirishga qaratilayotgan eʼtibor tufayli yosh tarbiyachi Surayyo Bozorboyeva joriy yilning yoz oyida oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” koʻrik-tanlovining tuman bosqichida faxrli 1-, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida esa sovrinli 2-oʻrinni egalladi.

– Har bir xodim oʻz vazifasiga sidqidildan yondashsa, zimmasidagi masʼuliyatni his qilib yashasa, hech qachon ishda muammo boʻlmaydi, – deydi muassasa rahbari Sharifa Seytova. – Maqtanish emas, muassasamizda muammo yoʻq hisobi.

Haqiqatdan ham oʻzaro ahil va hamjihatlikda faoliyat olib borayotgan mazkur MTT da barcha ishlar badastir, ota-onalar muassasa xodimlaridan mamnun, farzandlarini ishonch va ixlos bilan tarbiyachilar qoʻliga topshirishadi. Bolajonlar esa har tong sevimli “bogʻcha opalari” huzuriga quvonch bilan kirib kelishadi. Chunki ularni bu maskanda mehr-muhabbat farishtalari – goʻzal va yorqin kelajak haqidagi ertaklar olami oʻz bagʻriga oladi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026