Tuman Tibbiyot birlaşmasida ÖzXDPning saylovoldi taşviqot tadbiri ötkazildi
Şu kunlarda saylovoldi tarğibot tadbirlari qizğin pallaga kirmoqda. Özbekiston Xalq demokratik partiyasining Qoraqalpoğiston Respublikasi faollari, boşlanğiç partiya taşkilotlari, volontyorlik guruhlari ham faol tarğibot tadbirlarini olib bormoqda. Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasida bölib ötgan muloqotda partiyaning yangi Saylovoldi dasturi, nomzodlar saylovçilarga taniştirildi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatni har tomonlama taraqqiy ettiriş, xalq farovonligiga erişiş, davlat boşqaruvi samaradorligini oşirişda saylovlar fundamental ahamiyat kasb etadi. Özbekiston Xalq demokratik partiyasi uzoq yillik tajribaga ega bölib, yurtimizda ötkazilgan barça saylovlarda muvaffaqiyatli iştirok etib kelgan.
Kuçli jamiyatni rivojlantiriş, huquqlar va imkoniyatlar tengligini taʼminlaşdek umuminsoniy ğoyalarga tayangani uçun partiya ğoyalari har doim dolzarb bölib kelmoqda.
Samimiy muloqot tarzida ötgan uçraşuvda partiyaning Saylovoldi dasturidagi eng muhim yönaliş, xalq manfaatlari nuqtai-nazaridan işlab çiqilgan ğoya va takliflar yiğilganlarga tuşuntirib berildi. Dasturda davlat va jamiyatni rivojlantiriş, huquqlar va imkoniyatlar tengligini taʼminlaş, kuçli ijtimoiy siyosat yuritişga qaratilgan 15 qadamni özida mujassam etgan 100 ga yaqin taklif va taşabbuslar ilgari surilmoqda. Tabiiyki, partiya boş maqsadidan kelib çiqqan holda doimgidek, ijtimoiy yönalişga, ijtimoiy sohadagi muammolar yeçimiga asosiy urğuni bergan.
Masalan, sobiq jamoa xöjaligi va şirkat xöjaligida mehnat faoliyatini yuritgan fuqarolarning mehnat faoliyatlari davrlarini töliq yil sifatida inobatga oliş haqidagi taşabbuslar ijtimoiy tenglik tamoyillariga töla mos keladi.
Şuningdek, muloqotda fuqaro kommunal xizmatlardan asossiz yoki taʼminotçining aybi bilan uzilgan taqdirda taʼminotçi tomonidan fuqaroga kompensatsiya tölaş tizimini joriy etiş, mahalliy Kengaşlardagi partiya guruhlari aholini arzon elektr energiyasi, issiqlik va issiq suv tizimi bilan taʼminlaş böyiça hududiy investitsiya dasturlarini, jumladan, joylarda davlat-xususiy şeriklik tartibida dasturlarni amalga oşiriş böyiça takliflar kiritişini yölga qöyiş borasidagi partiyaning taşabbuslari köpçilikka manzur böldi.
Uçraşuvda partiyadan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengaşi deputatligiga nomzodlar ham sözga çiqib, saylovoldi dasturi haqida batafsil maʼlumotlar berdlar va saylovçilarni qiziqtirgan savollarga partiyaning ğoya va maqsadlaridan kelib çiqib javoblar berdilar.
Maqsud Saʼdullayev, ÖzXDP tuman Kengaşi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶