12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:56
Fan va taʼlim 👁 404

Amudaryo tumanida Öqituvçi va murabbiylar kuni keng nişonlandi

Amudaryo tumanida Öqituvçi va murabbiylar kuni keng nişonlandi

Xalqimizning milliy-maʼnaviy qadriyatlari nafaqat oilalar va har bir inson şaxsiyatida, balki barça sohalar, ayniqsa, taʼlim-tarbiya tizimida öz aksini topgan. Şu bois, umumtaʼlim maktablarida olib borilayotgan dars maşğulotlarining mazmun-mohiyatida ham xalqimizga xos bölgan vatanparvarlik, özaro mehr-oqibat, xalqparvarlik, birdamlik tuyğulariga alohida urğu beriladi. Bundan közlangan yagona maqsad – yangilanayotgan Özbekistonga munosib, maʼnan va jismonan yetuk avlodlarni tarbiyalab, voyaga yetkazişdir.

Amudaryo tumanidagi 86ta umumtaʼlim maktablarida sönggi yillarda taʼlim-tarbiya jarayonida erişilayotgan muvaffaqiyatlar zamirida ham pedagogik jamoalarning özaro ahilliklari, barkamol avlod tarbiyasi yölidagi birdamligi mujassam. Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi maʼmuriyati tumandagi uşbu soha muassasalarining faoliyatini metodik jihatdan qöllab-quvvatlab, amaliy yordam körsatib kelmoqda.

Ayni paytda maktablarda 38 ming 769 nafar öquvçi-yoşlar zamonaviy pedtexnologiyalar asosida taʼlim-tarbiya olişmoqda. 4 ming 61 nafar öqituvçilarning 97 foizi oliy maʼlumotli mutaxassis fan öqituvçilari bölib, ulardan 421 nafari oliy, salkam 1000 nafari 1-toifaga ega bölgan öz kasbining fidoyilaridir.

Sönggi yillarda maktablarning moddiy-texnik taʼminoti yaxşilandi va 44-, 45-, 1-, 31-, 86-sonli maktablar binolarini mukammal va joriy taʼmirlaş işlari amalga oşirilib, öqituvçi hamda öquvçilar uçun zarur şaroitlar yaratildi. Taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlarga muvofiq mahalliy byudjet mab­lağlari hisobidan 4ta maktab zarur jihozlar bilan taʼminlandi. Koreyaning EKSIMBANKi grantlari hisobidan 6ta maktabga 96 dona, Respublika byudjeti hisobidan 17ta maktabga 176 dona  kompyuter jamlanmalari yetkazib berildi.

Davlatimiz tomonidan taʼlim-tarbiya sohasiga qaratilayotgan eʼtibor va rağbat tufayli kadrlar salohiyati ham yil sayin oşib bormoqda. Natijada bitiruvçi yoşlarning OTMlarga öqişga kiriş körsatkiçi ham yuqori bölmoqda. Ayni paytda kadrlar salohiyati jihatidan 40-sonli maktab pedagogika jamoasi erişayotgan yutuqlar quvonarli. Mazkur ilm maskanida faoliyat olib boruvçi 103 nafar pedagog kadrlarning 43 nafari oliy va 1-toifaga, 13 nafar ingliz tili fani öqituvçilarining barçasi xorijiy tilni öqitiş böyiça xalqaro va unga tenglaştirilgan sertifikatga ega yuqori malakali pedagoglardir. 2023-2024 öquv yilida mazkur maktabning 53 nafar öquvçilari çet tili fanidan xalqaro va unga tenglaştirilgan sertifikatga ega bölib, tumanda yetakçilik qildi.

Prezident sovrini uçun ötkazib kelinayotgan “Xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktab” tanlovida ham 40-sonli maktab jamoasi 3-yildan buyon tumanda ğoliblikni qölga kiritib kelmoqda.

Ötgan öquv yilida 11-sinfni tuman böyiça 27 nafar öquvçi oltin, 4 nafar öquvçi kumuş medallar bilan bitirib, OTM ga kiriş imtihonlarida 67-sonli maktab örtaça 104 ball, 43-maktab 102,7 ball, 40-maktab 98,4 ball töplab, birinçi uçlikdan joy oldilar. Maktab bitiruvçilari OTMga kiriş böyiça 22-sonli maktab tumanda 1-örinni egalladi. Mazkur maktabni 2023-2024 öquv yilida 48 nafar öquvçi bitirib, şundan 30 nafari, yaʼni 63 foizi davlat OTMga öqişga kirişga muvaffaq böldi.

Kasb faoliyati davomida mana şunday yuksak marralarni zabt etayotgan, yoş avlodga munosib taʼlim-tarbiya berib, Uçinçi Renessans poydevorini barpo qilayotgan amudaryolik öqituvçilar kasb bayramini ham munosib nişonladilar.

30-sentyabr kuni sana munosabati bilan taşkil qilingan tantanali tadbirga taʼlim sohasi ilğorlari, faxriy öqituvçilar, yuksak natijalarga erişayotgan ustozlar va tajribali murabbiylar taklif qilindi.

Tadbir avvalida tuman hokimining birinçi örinbosari Faxriddin Yusupov, nuroniy Bekman Allaberganov, faxriy öqituvçi Aşirboy Qöşayev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi bölim boşliği Hamidulla Begdullayev va boşqalar sözga çiqib, yurtimizda taʼlim tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar haqida söz yuritib, öqituvçi va murabbiylarni 1-oktyabr – kasb bayramlari bilan muborakbod etdilar.

Çindan ham, öqituvçilik kasbi insonning şaxs sifatida kamol topişida muhim ahamiyat kasb etadi. Ular bilimning çiroğini yoqib, yoş avlodning ongi va qalbini yoritadilar. Öqituvçilar nafaqat bilim beradi, balki hayot könikmalarini ham örgatadilar, şu bilan birga öquvçilarning axloqiy va ijtimoiy tarbiyasida ham hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi. Ustozlarning bizga bergan bilim va könikmalari butun umrimiz davomida yölçi yulduz bölib hayot yölimizni yoritadi. Insoniyat ibtidosidan to bugunga qadar erişilgan barça yutuqlar aynan ustoz va murabbiylar tufaylidir. Şu sababli ham yurtimizda öqituvçilik kasbining maqomini yuksaltiriş, soha xodimlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oşirilmoqda.

Aytiş joizki, Amudaryo tumani maktablarida malakali öqituvçilar köp. Xususan, 36-sonli maktabning fizika fani öqituvçisi Xuşnud Çorşamov va matematika fani öqituvçisi Azim Saparboyevlar hamkorligida taşkil etilgan 11-“G” variativ sinfida 25 nafar öquvçi taʼlim olib, barçasi – 100 foiz OTMga kirişga muvaffaq böldilar. Şunisi eʼtiborliki, ulardan 12 nafari davlat granti, 13 nafari tölov-şartnoma asosida talabalikka qabul qilindilar. 40-sonli maktabning ingliz tili öqituvçisi Nurbek Jumaniyazov va matematika fani öqituvçisi Şerzod Aşirovlar hamkorligida taşkil etilgan 11-“D” variativ sinf öquvçilarining ham barçasi, şu jumladan 4 nafari davlat granti, 23 nafari tölov-şartnoma asosida talabalikka qabul qilindilar.

Amudaryolik pedagoglar joriy 2024-2025 öquv yilini ham yanada jipslik va birdamlik bilan boşladilar. Ular yoş avlod taʼlim-tarbiyasi yölida yanada faol mehnat qilib, mamlakat kelajagi va xalq farovonligiga munosib hissa qöşadigan kadrlarni tarbiyalaşni öz oldlariga maqsad qilib qöyganlar. Mana şunday qadrli va ardoqli ustozlarga bayram munosabati bilan yanada çuqur ehtirom körsatilib, ularning fidoyi mehnatlari eʼtirof etildi. Bayram tadbiri söngida faol öqituvçilar, tajribali murabbiylar va ilğor tarbiyaçilar tuman hokimligining taşakkurnomasi va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.

Fursatdan foydalanib, taʼlim-tarbiya sohasining barça fidoyilarini, faxriy ustozlarni Öqituvçi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan çin dildan tabriklab, oilalariga farovonlik, birdamlik, mustahkam soğlik tilaymiz.

Aziz ustoz va murabbiylar! Sizning saʼy-harakatlaringiz tufayli yoş avlod nafaqat ilm-fan sohasida, balki maʼnaviy va jismoniy jihatdan ham kamol topmoqda. Davlatimiz va jamiyatimiz Siz azizlarning mehnatlaringizni yuksak eʼtirof etadi va qadrlaydi. Doimo el-yurt ardoğida, şogirdlaringizning eʼzozida böling, Öqituvçi va murabbiylar kuni muborak bölsin, aziz ustozlar!

Tahririyat

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026