28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:32
Siyosat 👁 300

34-sonli maktabda deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

34-sonli maktabda deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Saylovlar demokratik davlatlarning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi va fuqarolik jamiyatining rivojlanishida muhim rol oʻynaydi. Ular orqali fuqarolar oʻzlarining siyosiy irodasini ifoda etishadi va davlat hokimiyatining vakillik organlarini shakllantirishda ishtirok etadilar.

2024-yilning 27-oktyabr kuni Oʻzbekistonda muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylovlar oʻtkaziladi. Saylovlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasi va Saylov kodeksiga muvofiq ochiq va oshkora tarzda oʻtkaziladi.

Ayni kunlarda mamlakatimizdagi barcha siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlar saylovoldi tashviqoti doirasida hududlarda aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazmoqda. Amudaryo tumanidagi 34-sonli maktabda ham deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatligiga nomzodlar, ularning ishonchli vakillari va saylovda ishtirok etayotgan 5 ta siyosiy partiyalarning vakillari ishtirok etdi.

Dastlab deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari soʻzga chiqib, nomzodlarning tarjimai holi va saylovoldi dasturlari bilan tanishtirdi. Deputatlikka nomzodlar oʻzlari mansub boʻlgan siyosiy partiyalarning maqsad va vazifalari, saylovoldi dasturi haqida maʼlumotlar berdi.

Aytish joizki, saylovlarda ishtirok etish har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqi hisoblanadi va bu demokratik jarayonlarning ajralmas qismidir. Joriy yilgi Parlament va mahalliy kengashlar deputatligiga boʻlib oʻtadigan saylov mutlaqo yangicha Konstitutsiyaviy muhitda oʻtayotganligi bilan ahamiyatlidir. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylovlarning aralash saylov tizimi asosida oʻtkazilishi jarayonlarning eng muhim bosqichlaridan hisoblanadi.

Bundan tashqari, joriy yilgi saylovlar yangi qabul qilingan Saylov kodeksi asosida oʻtkaziladi. Ushbu hujjatda saylovlarni umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar va printsiplar asosida demokratik, ochiq-oshkora oʻtkazishga xizmat qiladigan oʻttizdan ortiq yangi norma va qoidalar joy olgan. Ilgari amalda boʻlgan koʻplab cheklovlar chiqarib tashlangan. Saylovlardagi har bir ovoz eʼtiborga olinadi va har bir fuqaro davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda bevosita ishtirok etadi. Saylovlarda ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik amalda keng taʼminlanadi. Bu – uchastka saylov komissiyalaridan to Markaziy saylov komissiyasigacha – barcha darajadagi saylov komissiyalari oʻz ishini yuksak masʼuliyat va eng yuksak demokratik printsiplar asosida amalga oshirishida oʻz ifodasini topadi.

Tadbirda mahalla faollari soʻzga chiqib, saylovchilarni oʻzlari munosib deb bilgan partiyalar va nomzodlarga ovoz berishga hamda saylovda faol ishtirok etishga chaqirdilar. Qayd qilinganidek, saylovlarda ishtirok etish har bir fuqaroning siyosiy faolligini namoyon qilish va mamlakat kelajagiga taʼsir koʻrsatish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, saylovlar natijalari mamlakatning kelgusi yillardagi siyosiy yoʻnalishini belgilab beradi va deputatlarga xalq manfaatlarini ifoda etishlari uchun masʼuliyat yuklaydi.

Konstitutsiyamizning 36-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda oʻz vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Shunday ekan, har bir saylovchini davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirishdek muhim siyosiy jarayonda ishtirok etishga, saylovlarda oʻzlari munosib deb bilgan siyosiy partiya va nomzodlarga ovoz berishga chaqirib qolamiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026