28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:31
Siyosat 👁 321

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan deputatlikka nomzodlar saylovchilar bilan uchrashdi

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan deputatlikka nomzodlar saylovchilar bilan uchrashdi

2024-yil 27-oktyabr kuni mamlakatimiz tarixida muhim siyosiy jarayon — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovlar boʻlib oʻtadi. Joriy yilgi saylovlar yangi demokratik islohotlar sharoitida oʻtkazilayotgani bilan ahamiyatlidir. Oʻtgan yillardagi siyosiy oʻzgarishlar va qonunchilik sohasidagi islohotlar saylov jarayonining yanada ochiq va shaffof oʻtishini taʼminlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Ayni kunlarda mamlakatimiz boʻylab davom etayotgan saylovoldi tashviqotida barcha siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlar faol ishtirok etib, har bir partiya oʻz saylovoldi dasturlarini ilgari surib, har bir nomzod mamlakatni rivojlantirish borasidagi oʻz qarashlarini taqdim etmoqda. Saylovoldi kampaniyasi davomida partiyalar turli yoʻnalishlardagi masalalarga ahamiyat qaratmoqda: iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy adolat, taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimini isloh qiilish kabi muhim masalalar saylovchilarning diqqat markazida.

8-oktyabr kuni saylovoldi tashviqoti doirasida Amudaryo tumanidagi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida ham “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatligiga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzodlar, ularning ishonchli vakillari, partiya faollari va saylovchilar vakillari ishtirok etishdi.

Deputatlikka nomzodlar oʻz nutqlarida taʼkidlaganlaridek, partiyaning bosh maqsadi – qudratli davlatga tayangan, qonunlari milliy va umuminsoniy qadriyatlarga uygʻun, inson qadri baland boʻlgan farovon jamiyat qurishdir. Yetti yoʻnalishdan iborat 2025 – 2029-yillarga moʻljallangan Saylovoldi dasturning asosiy shiori – “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot”dir.

Shu bilan birga, partiya uchun eng muhim masalalardan yana biri yosh avlodni tarbiyalashdir. Uchrashuv davomida  bu yilgi  saylovoldi dasturda bosh gʻoya sanalgan “Inson oʻzgarsa, jamiyat oʻzgaradi” gʻoyasi asosida taʼlim yoʻnalishini yanada rivojlantirish, maktabgacha taʼlim jarayonidan boshlab maktablarda, oliy taʼlim muassasalarida faqat sifatli kadrlar tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratish, xotin-qizlar uchun  jamiyatda munosib ish oʻrinlari  va mehnat sharoitini  yaratish, farzand tarbiyasiga alohida eʼtibor  qaratish, milliy kadrlar tayyorlash  sifatini  yaxshilash  va yoshlar bilan ishlashda  ularning xohish-istaklarini  inobatga olgan holda  kasbga tayyorlash  yoki taʼlim sohasi boʻyicha yoʻnalishlarni belgilab berish kabi tarmoqlarni oʻz ichiga olgan dastur haqida batafsil maʼlumotlar berildi. 

Partiya yangi saylovoldi dasturida milliy qadriyatlarni saqlash va taraqqiyotni taʼminlash maqsadida milliy madaniyat va maʼnaviyatni rivojlantirish, qadriyatlarni saqlash va boyitishga alohida eʼtibor qaratish bilan birga madaniy meros muhofazasi, undan foydalanishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratishni asosiy vazifa sifatida belgilab olgan.

Bir soʻz bilan aytganda, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029-yillarga moʻljallangan saylovoldi dasturi mamlakatni milliy qadriyatlar asosida rivojlantirishga qaratilgan qator taklif va tashabbuslarni oʻz ichiga oladi. Partiya mamlakatimizning barqaror rivojlanishini va xalq farovonligini taʼminlash uchun turli sohalarda keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.

Deputatlikka nomzodlar, agar saylovlarda gʻalaba qozonsa, partiyaning saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor vazifalarni roʻyobga chiqarish uchun tegishli tartibda Qonunchilik palatasi, Joʻqorgʻi Kenges va xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi ishida faol ishtirok etishlarini maʼlum qilib, saylovchilarni yaqinlashib kelayotgan muhim siyosiy tadbirda partiyadan koʻrsatilgan nomzodlarga ovoz berishga chaqirdilar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026