Tuman saylov komissiyasi: saylovga qizğin tayyorgarlik körilmoqda
Ayni kunlarda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis qonunçilik palatasi va mahalliy Kengaşlarga ötkaziladigan saylovlarga tayyorgarlik işlari qizğin pallaga kirdi. Amaldagi qonunçilikka köra bu jarayonga Markaziy saylov komissiyasi, hududiy saylov komissiyalari, tuman va şahar saylov komissiyalari hamda xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar Kengaşlariga saylov ötkaziş böyiça okrug saylov komissiyalari, uçastka saylov komissiyalari tomonidan puxta tayyorgarlik körilmoqda.
Amudaryo tumani saylov komissiyasi ham bu borada samarali faoliyat olib bormoqda. Tuman saylov komissiyasining qarori bilan bir mandatli saylov okruglari tuzilib, ularning çegaralari, saylovçilar soni töğrisidagi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilindi. Belgilangan muddatlarda Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatligiga nomzodlar körsatgan siyosiy partiyalardan zarur hujjatlar qabul qilib olinib, 125 nafar deputatlikka nomzodlar röyxatga olindi hamda ularga guvohnomalar berildi.
Komissiya aʼzolari nomzodlarga va siyosiy partiyalarga saylov kampaniyasida iştirok etiş uçun teng şaroitlarni yaratgan holda saylovni moddiy-texnik jihatdan taʼminlaşga doir masalalarni hal qilişda faollik körsatmoqda.
Tuman saylov komissiyasi tuman hududidagi siyosiy partiyalar, boşqa jamoat birlaşmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari vakillarining hamda korxonalar, muassasalar va taşkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik köriş hamda uni ötkaziş bilan boğliq masalalar yuzasidan axborotini eşitib, saylov jarayoniga tayyorgarlik köriş işlarini nazorat qilib bormoqda.
Saylovçilar röyxatlarining tuzilişini va hamma tanişib çiqişi uçun taqdim etilişini nazorat qiliş ham tuman saylov komissiyasining vakolatiga kiradi. Tuman saylov komissiyasi va uçastka saylov komissiyalari saylov jarayonini boşqariş axborot tizimiga ulangan bölib, tumandagi saylovçilarning dastlabki röyxati şakllantirilgan.
Komissiya tomonidan Halq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputatligiga nomzodlar röyxatga olingan bölib, ayni kunlarda nomzodlar va siyosiy partiyalar vakillari saylovoldi taşviqot işlarini amalga oşirmoqdalar. Saylovoldi taşviqoti doirasida odamlar gavjum joylarga siyosiy partiyalarning maqsad va vazifalari, nomzodlarning saylovoldi dasturiga oid bannerlar va boşqa tarğibot vositalari joylaştirilgan bölib, joylarda saylovçilar bilan uçraşuvlar belgilangan jadval asosida taşkil qilinmoqda.
Bayroq, gerb, yaşirin ovoz beriş kabinasi, statsionar va köçma ovoz beriş qutisi kabi saylov jihozlarini uçastka saylov komissiyalariga yetkaziş işlari saylovga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça tuman saylov komissiyasining kalendar rejasida körsatilgan muddatlarda amalga oşirildi. Endilikda tuman saylov komissiyasi tomonidan muddatidan oldin ovoz beriş va saylov kuni ovoz beriş uçun saylov byulletenlarini tayyorlaş va ularni saylov uçastkalariga yetkazib berişga tayyorgarlik körilmoqda.
Tasdiqlangan kalendar rejasiga asosan 16-oktyabrga qadar ovoz beriş kuni, vaqti va joyi töğrisida saylovçilarni xabardor qiliş, 16-23-oktyabr kunlari muddatidan oldin ovoz berişni taşkil etiş va 27-oktyabr kuni, yaʼni saylov kunida soat 8:00dan 20:00gaça ovoz berişni qonun talablari asosida taşkil etiş közda tutilgan.
Ya.Şamuratov, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga saylov ötkazuvçi tuman saylov komissiyasi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶