Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan deputatlikka nomzodlarning saylovçilar bilan uçraşuvi bölib ötdi
Joriy yil 27-oktyabrda butun mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va mahalliy kengaşlarga saylovlar ötkaziladi. Ayni kunlarda siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarining joylarda saylovçilar bilan uçraşuvlari bölib ötmoqda. 18-oktyabr kuni Amudaryo tumanining Tölqin OFY binosida Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatliga nomzod – tuman hokimi Sobir Xöjametovning saylovçilar bilan uçraşuvi taşkil etildi.
Uçraşuvda deputatlikka nomzodning işonçli vakili, siyosiy partiya faollari hamda saylovçilar iştirok etdilar. Dastlab işonçli vakil tomonidan deputatlikka nomzodning tarjimai holi öqib eşittirildi. Şundan söng partiyaning saylovoldi dasturi haqida, unda ilgari surilgan ustuvor maqsadlar xususida söz yuritildi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda Prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligida tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, ehtiyojmandlarga kömaklaşiş, oçiqlik siyosatini yuritiş, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiriş va xalqaro nufuzini oşiriş böyiça tarixiy islohotlar amalga oşirilmoqda. Partiya yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning boş maqsadi insonga, uning erkin hayoti, qadr-qimmati va farovonligiga qaratilganini eʼtirof etadi.
Partiyaning saylovoldi dasturi ana şu islohotlarni izçil davom ettirgan holda “Erkin va farovon, qudratli yangi Özbekistonni birgalikda quramiz!” ğoyasi ostida xalqimiz farovonligi uçun 5 maqsad va 500 vazifani amalga oşirişni közda tutadi. Insonlarning farovon hayot keçirişi, farzandlarning sifatli taʼlim va tibbiyotdan bahramand bölişi, ayollar va nuroniylar, jamiki yurtdoşlarimiz baxtli yaşaşi, xalqimiz dasturxoni tökin bölişi hamda ertangi kunimiz yoruğ bölişi uçun partiya uşbu maqsad hamda vazifalarni kelgusi 5-yilda öz vakillari orqali töliq röyobga çiqarişni reja qilmoqda.
Partiyaning saylovoldi dasturi barqaror iqtisodiy ösiş orqali har bir inson, oila va jamiyat farovonligiga erişiş, sifatli taʼlim, tibbiyot va kuçli ijtimoiy himoyani taʼminlaş, aholiga qulay atrof-muhit şaroitlarini yaratiş, xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etiş hamda mamlakatimiz suvereniteti va xavfsizligini kafolatlaş kabi ustuvor yönalişlarni qamrab oladi.
Uçraşuvda deputatlikka nomzod sözga çiqib, partiya saylovoldi dasturidagi ustuvor maqsadlarni amalga oşiriş, aholi turmuş farovonligi, iqtisodiyot rivoji, hududlar obodligi va jamiyat farovonligi yölida fidoyilik bilan mehnat qilişini, buning uçun bor bilim va tajribalarini işga solişini maʼlum qildi.
Uçraşuv mobaynida saylovçilar Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda deputatlikka nomzodning saylovoldi dasturi böyiça fikr-mulohazalar bildirdilar. Qolaversa, saylovçilar deputatlikka nomzod hamda siyosiy partiya faollariga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va tegişli javoblar oldilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶