Özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligiga bağişlangan bayram tadbiri bölib ötdi
1989-yil 21-oktyabrda özbek tiliga davlat tili maqomining berilişi istiqlol sari ilk qadam sifatida tarixiy ahamiyatga ega sana hisoblanadi. Bu yil uşbu sanaga 35-yil tölmoqda. Şu munosabat bilan butun mamlakatimiz böylab katta bayram tantanalari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, til va adabiyotga bağişlangan şeʼriyat va kitobxonlik keçalari bölib ötmoqda.
Amudaryo tumani Madaniyat bölimi binosida ham sana munosabati bilan katta bayram tadbiri bölib ötdi. Tadbirda tuman hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Nodirbek Kamolov sözga çiqib, barçani özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi. Nodirbek Kamolov öz nutqida sönggi yillarda özbek tilining rivoji yölida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar xususida söz yuritib, til – millatning közgusi ekanligini, uni asrab-avaylaş har bir millatdoşimizning burçi ekanini qayd etib ötdi.
Taʼkidlanganidek, bugungi kunda mamlakatimizda özbek tilining davlat tili sifatidagi qadr-qimmati va obrösini oşiriş borasida keng kölamli işlar olib borilmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni bu sohadagi işlarni yangi bosqiçga olib çiqdi.
Farmonga asosan işlab çiqilgan “Mamlakatimizda özbek tilini yanada rivojlantiriş va til siyosatini takomillaştiriş kontseptsiyasi” özbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obrö-eʼtiborini tubdan oşiriş, unib-ösib kelayotgan yoşlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalaş, mamlakatimizda davlat tilini tölaqonli joriy etişni taʼminlaşdek uluğvor maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Bayram tadbiri tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan dilrabo kuy-qöşiqlar hamda betakror çiqişlar bilan kötarinki ruhda davom etdi. Xonandalar turkiy til asosçisi, söz mulkining sultoni Alişer Navoiy, şoh va şoir Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub ğazallarni kuyga solib, ijro qildilar. Gözal raqqosalar ijrosidagi dilrabo raqslar tadbir iştirokçilariga yuqori kayfiyat bağişladi.
Qayd etiş joizki, xalqimizning köp asrlik madaniy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bölgan özbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir.
Bundan 35-yil oldin – hali mamlakatimiz istiqlolga erişmasdan oldin özbek tiliga davlat tili maqomining berilişi xalqimizning asrlar davomidagi orzusining röyobi, mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qöyilgan dastlabki dadil qadam böldi. Aynan şu sanadan boşlab özbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega böldi.
Istiqlol yillarida ona tilimiz tom maʼnoda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurişdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuç sifatida maydonga çiqdi.
Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi örni va nufuzi tobora oşib bormoqda. Özbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda faol qöllanilib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga eʼtibor va uni örganişga qiziqiş kuçaymoqda.
Özbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlaş va rivojlantirişlari uçun şaroit yaratgan holda davlat tili sifatida özbek tilini örganişlari uçun şart-şaroitlar yaratiş, özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini yanada mustahkamlaş davlatimiz va hukumatimizning doimiy diqqat markazidagi masalalardan sanaladi. Ona tilimizning sofligini saqlaş, uning betakror söz boyliklaridan foydalangan holda tarğib qiliş esa har bir millatdoşimizning burçidir.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶