AMUDARYo TUMANIDA “INFOLIB ÖZBEKISTON – 2024” XIII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI DOIRASIDA ONA TILI BAYRAMI TADBIRLARI ÖTKAZILMOQDA
Mamlakatimizda yoşlar kitobxonligini rivojlantiriş, kitobxon yoşlarning intiliş va qobiliyatlarini maʼnaviy qöllab-quvvatlaş va rağbatlantiriş maqsadida har yili anʼanaviy tarzda “Infolib Özbekiston” milliy axborot-kutubxona haftaligi ötkazilib kelinmoqda. Haftalik doirasidagi adabiy-musiqiy tadbirlar, taniqli yozuvçi va şoirlar bilan uçraşuvlar, şeʼriyat keçalari va muşoiralarda nafaqat kitobxon yoşlar, balki minglab adabiyot ixlosmandlari iştirok etişmoqda.
Joriy yilning 21-oktyabr sanasidan “Infolib Özbekiston – 2024” XIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi ham Respublikamiz böylab barça kutubxonalarda kötarinki ruhda boşlandi. Butun Özbekiston böylab 21-25-oktyabr kunlari bölib ötadigan mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbir doirasidagi adabiy-musiqiy keçalar va davra suhbatlari özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligiga bağişlangan ona tili bayrami tantanalari bilan boşlandi.
Amudaryo tuman Axborot-kutubxona markazida haftalikning oçiliş marosimiga bağişlab ötkazilgan tadbir ham amudaryolik kitobsevarlar qalbida maʼnaviyat va maʼrifatga, milliy qadriyatlarimizga çeksiz hurmat-ehtirom uyğotgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Haftalik doirasida kutubxonada özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan taşkil qilingan “Til – faxrimiz” nomli kitoblar körgazmasi orqali tadbir iştirokçilari hozirgi zamon özbek va jahon adabiyoti hamda mumtoz ababiyotimizning noyob durdonalari bilan yaqindan tanişdilar.
Tadbir davomida “Ona tilim – sarçaşmangdan sarxuş dilim” deb nomlangan adabiy keça ham taşkil qilindi. Unda Axborot-kutubxona markazining faol kitobxonlari, Amudaryo tuman ixtisoslaştirilgan maktabi hamda 3-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçilaridan iborat “Bilimlilar” va “Zukkolar” jamoalari orasida bilimdonlar bellaşuvi ötkazildi.
Bilimdonlar bellaşuvida kitobxon öquvçi-yoşlar özlari öqigan kitoblardan olgan taassurotlari bilan örtoqlaşdilar hamda bir-birlariga mumtoz va hozirgi zamon özbek adabiyoti namoyandalarining asarlari yuzasidan savollar berişib, öz bilimlarini, qobiliyatlarini sinovdan ötkazdilar.
Haftalik davomida kitobxonlikni tarğib qiliş, badiiy adabiyotning insonning şaxs sifatida şakllanişidagi bebaho ahamiyatini yoşlarga tölaqonli yetkaziş maqsadida faxriy kutubxonaçi Odinaxon aya Musayeva bilan kitobxonlar uçraşuvi ham ötkazildi.
Qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda ötgan uçraşuvda Odinaxon aya Musayeva kitob tufayli öz hayoti davomida erişgan muvaffaqiyatlari, oilaviy baxti, şu bilan birga, inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida adabiyotning, xususan, kitobxonlikning tengsiz ahamiyati haqida söz yuritdi. Şuningdek, ona tilimizning sofligini saqlaşda, uni yanada jarangdor va serjilo til sifatida şakllantiriş, yanada boyitişda badiiy adabiyotimizning jonkuyar namoyandalari qatorida har bir inson masʼul ekanligini taʼkidladi. Faxriy kutubxonaçi Odinaxon aya Musayeva bilan kitobxon yoşlar örtasidagi qiziqarli savol-javoblar iştirokçilar uçun taassurotlarga boy böldi.
Keça sönggida tadbir iştirokçilariga Amudaryo tuman Axborot-kutubxona Markazi maʼmuriyati tomonidan esdalik sovğalari topşirildi.
Rohatoy Ramonova, Amudaryo tuman Axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶