28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:03
Fan va taʼlim 👁 417

MAKTABGAChA VA MAKTAB TAʼLIMI XODIMLARI UChUN KORRUPTsIYaGA QARShI KURAShISh MAVZUSIDA SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

MAKTABGAChA VA MAKTAB TAʼLIMI XODIMLARI UChUN KORRUPTsIYaGA QARShI KURAShISh MAVZUSIDA SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

Bugungi kunda korruptsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʻlgan global muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib keladi. Shu bois, unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahondagi barcha davlatlar siyosatida muhim masalalar qatoridan joy olgan.

Korruptsiyaga qarshi kurashish xalqaro miqyosda boʻlgani kabi mamlakatimizda ham hal etilishi lozim boʻlgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi va unga qarshi muvaffaqiyatli kurash tizimini barpo etishda keng koʻlamli hamkorlikni rivojlantirish, bu borada har bir fuqaro va har bir rahbar xodimning masʼuliyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Chunki korruptsiya jamiyatning maʼnaviy ustunlari hamda demokratiyani yemiradi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiy etishi uchun ulkan xavf tugʻdiradi.

Yaqinda Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 38-sonli umumtaʼlim maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirligining 2024-yil 28-oktyabrdagi “Nazorat tartibida tekshirish oʻtkazish, korruptsiyaga qarshi profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish haqida”gi tegishli buyrugʻi asosida ZOOM platformasi orqali tashkil qilingan seminarda ham korruptsiyaning jamiyat taraqqiyotiga zarari xususida hayotiy misollar asosida batafsil maʼlumotlar berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan mazkur seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimlari Hamidjon Begdullayev va Raxat Yerjanovlar, Amudaryo tumani MMTB xodimlari, umumtaʼlim maktablari, “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Seminar avvalida ishtirokchilarga korruptsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik va ichki lokal hujjatlarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan koʻrgazmali materiallar tarqatildi. Shuningdek, korruptsiya haqida xabar berishga moʻljallangan vazirlik va tizim tashkilotlari aloqa kanallarini keng targʻib qilish maqsadida targʻibot materiallari tarqatilib, taqdimotlar oʻtkazildi. Bundan tashqari, ishtirokchilar korruptsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik va ichki lokal hujjatlar bilan batafsil tanishtirilib, sohaga doir qonunchilik hujjatlarining qoʻllanish tartibi bilan mufassal tanishtirildi.

Seminar davomida masʼullar tomonidan “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgunga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bogʻliq masalalarni oʻrganish va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha xodimlarga zarur uslubiy tavsiyalar taqdim etildi.

Xususan, yakka tartibdagi profilaktik chora-tadbirlar sifatida hamda xodimlarda “halollik vaktsinasi” immunitetini shakllantirish uchun har bir xodimni huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida xabardor qilib borish bilan birga xodimlarga gʻayriijtimoiy xulq-atvorni davom ettirganlik uchun javobgarlik mavjudligi haqida ogohlantirish lozimligi yuzasidan tushuntirishlar va muhim tavsiyalar ham berildi.

Seminar ishtirokchilari korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha taqdim etilgan tavsiyalar, qonunchilik hujjatlarini amaliyotda qoʻllash boʻyicha savollar bilan murojaat qildilar va barcha savollarga masʼullar batafsil javoblar berdilar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026