11-sonli maktabda Bolalar harakati sardorlarining maktab aʼzolari saylovi ötkazildi
Maʼlumki, Özbekiston Mahallalar uyuşmasi, Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi, Yoşlar işlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Özbekiston Bolalar taşkiloti boşqaruv kengaşining joriy yil oktyabr oyidagi qöşma qarori bilan taʼlim muassasalarida sardorlar saylovini taşkil etiş va bolalar harakati faoliyatini yölga qöyiş tartibi tasdiqlangan edi. Harakatning maqsadi – Özbekiston bolalar taşkiloti nufuzini oşiriş, bolalarda vatanparvarlik, liderlik, taşabbuskorlik mahoratini rivojlantiriş, notiqlik mahoratini takomillaştiriş, öz ustida işlaşi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olişi, loyiha taşabbuslarini keng ommaga, ayniqsa bolalar orasida tarğib etişiga kömaklaşişdan iborat.
Mazkur qöşma qarorda har öquv yilining boşida bolalar harakati sardorlari saylovi ötkazilişi belgilangan. Sardorlar saylovi sinf, maktab, tuman va respublika miqyosida ötkazilib, har bir bosqiçda sardorlikka nomzodlar öz loyihalarini himoya qiladilar.
Qöşma qaror bilan tasdiqlangan Nizom asosida Amudaryo tumanidagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida Bolalar harakati sardorlarining maktab aʼzolari saylovi ötkazildi. Tadbirda maktab direktori Uluğbek Mamutov, Milliy gvardiya xodimi Ğafur Şukurullayev, Qipçoq şaharça fuqarolar yiğini yoşlar yetakçisi Doniyor Vaisovlar qatnaşdi. Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Qunduzoy Xolmuratova olib bordi.
Saylovda Bolalar harakati sardorlarining maktab aʼzoligiga nomzodlar dasturlari tinglanib, jami 18 nafar aʼzo va 1 nafar boş sardor saylandi hamda ularga işonç yorliqlari topşirildi. Aʼzolar jami 6 ta – sport va salomatlik, “Yaşil makon”, media va axborot texnologiyalari, sanʼat, taʼlim hamda “Imkon” yönalişlarining har biriga 3 nafardan masʼul qilib biriktirildi. Tadbirda maktabning 5-“v” sinf qizlari ijrosida raqs namoyiş etildi.
Aytiş joizki, Bolalar harakati sardori maktabdagi bolalar taşkilotining yetakçisi hisoblanadi va u maktabdagi bolalar tadbirlari, loyihalar va uçraşuvlarni taşkil etiş, sinf va maktab öquvçilari örtasida hamjihatlikni taʼminlaş hamda ijtimoiy faollikni rivojlantiriş, bolalar taşabbuslarini rağbatlantiriş va ularning takliflarini qöllab-quvvatlaş, şuningdek, jamoatçilik bilan hamkorlik qiliş vazifalarini bajaradi. Sardor maktab maʼmuriyati va öquvçilar örtasidagi köprik vazifasini bajarib, bolalarning fikrlari va takliflarini öqituvçilarga yetkazadi.
Qayd etiş kerakki, öquvçilarni jamiyatning faol aʼzosi sifatida voyaga yetkazişda maktablardagi bolalar harakatining ahamiyati juda katta. Bolalar harakati yoşlarda jamoatçilik hayotida faol iştirok etiş könikmalarini şakllantirib, ularni mustaqil fikrlaşga, bolalardagi yetakçilik qobiliyatlarini rivojlantirişga yordam beradi.
Endilikda Bolalar harakati sardorlarining tuman aʼzolarini, keyinçalik esa Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar Bolalar harakati sardorlarini saylaş, yakunda esa Bolalar harakati sardorlarining Respublika aʼzolarini saylaş közda tutilgan.
Bolalar harakati – bu maktablarda öquvçilar örtasida hamkorlik va birdamlik muhitini şakllantirişga xizmat qiladigan ijtimoiy tuzilmadir. Harakat öquvçilarning jamoat işlarida faol iştirok etişi, masʼuliyat va yetakçilikni öz zimmalariga olişi, özaro hamkorlikda işlaşi kabi qobiliyatlarini rivojlantirişga kömaklaşiş maqsadida taşkil etilgan. Şu bilan birga, Bolalar harakati öquvçilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirişga, turli tadbirlarda faol qatnaşiş orqali özini namoyon qilişiga kömaklaşişi sababli bolalar hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶