1-sonli maktabda “Bayroğim – iftixorim, ğururim!” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi
Davlat ramzlari har bir millatning öziga xosligini, xalqning tarixiy xotirasi va orzu-umidlarini ifodalaydigan muhim belgilardir. Bayroq, gerb va madhiya kabi ramzlar millatning erki va mustaqilligining timsoli bölib, har bir fuqaroda ğurur va iftixor tuyğularini uyğotadi. Ayniqsa, yoş avlodga davlat ramzlarining ahamiyatini anglatiş juda muhim. Bu orqali ularning ona vatanga bölgan mehri va sadoqati yanada ortadi, vatanparvarlik tuyğulari yuksaladi.
Bundan 33-yil oldin – 1991-yil 18-noyabr kuni Özbekiston Respublikasining davlat bayroği qabul qilingan edi. Uşbu sana munosabati bilan Amudaryo tumanidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida “Bayroğim – iftixorim, ğururim!” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi. Tadbirni maktab direktori Dilrabo Şerboyeva oçib berdi va iştirokçilarni davlat bayroği qabul qilingan sana bilan tabrikladi. Tadbirda maktabning boşlanğiç sinf öquvçilari iştirok etib, bayroğimiz va boşqa davt ramzlari haqida şeʼrlar aytib, maʼlumotlar berdilar.
Öquvçilar bayroqdagi ranglar va tasvirlar mamlakatning boy tarixi, hozirgi hayoti va kelajagini özida mujassam etganini, jumladan moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi hisoblansa, oq rang muqaddas tinçlik, poklik va beğuborlik timsoli ekani, yaşil rang tabiatning navqironligini va tiriklik ramzini bildirsa, qizil çiziqlar vujudimizda jöşib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatişini şeʼriy usulda ifoda qildilar. Navqiron yarim oy tasviri tarixiy anʼanalarimiz bilan boğliq bölib, ayni paytda u qölga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ekani, 12ta yulduz tasviri esa tarixiy anʼanalarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador ekani haqida tadbir iştirokçilariga batafsil maʼlumotlar berildi. Maktabning boşlanğiç sinf öquvçilari tomonidan ijro etilgan şeʼrlar va qöşiqlar öquvçilarning davlat ramzlariga nisbatan hurmatini yanada oşirişga xizmat qildi.
Darhaqiqat, yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda davlat ramzlari muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat ramzlarini hurmat qiliş – bu ona yurtga bölgan muhabbatning eng yorqin körinişidir.
Bayroq qadimdan har bir davlat, xalq va qavmning ğururini belgilaydigan ramz bölib kelgan. Uruşlar va janglarda bayroq nafaqat birlaştiruvçi timsol, balki jangovar ahamiyatga ega muhim belgilardan biri bölgan. Jang maydonidagi oğir vaziyatlarda qöşinning har bir askari bayroqni himoya qilgan, bayroq bor joyda qöşin jonkuyarlik bilan kuraşgan, çunki uni yöqotiş mağlubiyat deb hisoblangan. Duşman bayroğini yöq qiliş yoki qölga oliş uning ustidan ğalaba qozonişning ramziy maʼnosini bildirgan. Demak, qadim zamonlardan ham bayroq jangçilarga ruhiy kuç bağişlab, ularni Vatan va qöşin şarafi yölida jangovar harakatlarga undagan.
Nafaqat ötmişda, balki bugun va barça zamonlarda ham bayroq, gerb va madhiya kabi davlat ramzlari yoşlarda vatanparvarlik hissini tarbiyalaydi, ularni öz yurtini seviş va himoya qilişga çorlaydi.
Yoş avlod kamolotida bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning örni beqiyosdir. Bunday tadbirlar orqali öquvçilarda Vatanga bölgan mehr-muhabbat, milliy ğurur va faxr tuyğulari şakllanadi. Öz tarixini, madaniyati va qadriyatlarini bilgan yoşlar Vatanga sadoqatli, uning rivoji yölida kamarbasta şaxslar sifatida kamolga yetadi. Şu sababli ham Amudaryo tumanidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida turli sanalar munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkaziş yaxşi anʼanaga aylangan. Uşbu tadbirlardan közlangan maqsad öquvçi yoşlarni milliy bayramlarimiz, tarixiy şaxslarning hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar olib, ulardan ilhomlangan holda barkamol şaxslar bölib yetişişga undaşdir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶