28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 19:55
Jamiyat 👁 383

OʻZBOShIMChALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YeR UChASTKALARI HAMDA ULARGA QURILGAN BINOLAR VA INShOOTLAR XATLOVDAN OʻTKAZILMOQDA

OʻZBOShIMChALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YeR UChASTKALARI HAMDA ULARGA QURILGAN BINOLAR VA INShOOTLAR XATLOVDAN OʻTKAZILMOQDA

Aholi tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan uy-joylar va boshqa turdagi koʻchmas mulk obʼektlari, bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarini eʼtirof etish, ularning ortiqcha ovoragarchilik va tashvishlarsiz oʻz mulklariga egalik qilishlarini taʼminlash maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida, shu jumladan Amudaryo tumanida ham xatlov yoʻli bilan texnik inventarizatsiya ishlari olib borilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 9-aprelda qabul qilingan, Senat tomonidan 21-iyunda maʼqullangan hamda joriy yil 5-avgustda Prezident tomonidan imzolangan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida rejaviy jadval ishlab chiqilgan boʻlib, Amudaryo tumani hududida jami 45 ming 617ta koʻchmas mulk obʼektlarini xatlovdan oʻtkazish rejalashtirilgan. Xatlov natijalariga koʻra ushbu qonunning taʼsir doirasiga tushuvchi, hujjati boʻlmagan yer uchastkalari va ularga qurilgan imoratlarga nisbatan jismoniy va yuridik shaxslarning egalik huquqlarini 2028-yilning 1-yanvar sanasigacha eʼtirof etish koʻzda tutilgan.

Joriy yilning 8-noyabr sanasidan boshlab Mangʻit shahrining Gulzor mahallasi hududida ham xatlov ishlari amalga oshirilmoqda. Mahalla hududida xatlov yoʻli bilan texnik inventarizatsiyadan oʻtkazilishi belgilangan 721ta koʻchmas mulk obʼektlaridan hozirgi kungacha 607tasi toʻliq xatlovdan oʻtkazildi.

Jarayonni ishonchli va shaffof tarzda amalga oshirish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani filiali tomonidan 18 nafar yuqori malakali kadastr xizmati muhandislari jalb qilingan. Belgilangan rejaviy jadvalga koʻra, fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda bunyod etilgan turli koʻrinishdagi bino va inshootlar hujjatlari oʻrganilib, texnik inventarizatsiyadan oʻtkazilayotgani, qolaversa, hujjati boʻlmagan yer uchastkalari va ularga qurilgan binolarga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilishi kutilayotganidan mahalla ahli mamnun.

Qonun asosan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Respublika hududida doimiy yashab turgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga nisbatan huquqlarni eʼtirof etish asoslari va tartibini belgilaydi. Qonun bundan tashqari yana 7ta holatga nisbatan ham tatbiq qilinadi.

Shuni alohida qayd etish joizki, xatlov jarayonida soha mutaxassislari yerdan maqsadli foydalanish boʻyicha mamlakatimizda amalda boʻlgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati va davlat kadastrlari palatasining vazifalari boʻyicha aholiga keng tushuncha va maʼlumotlar ham taqdim etishmoqda. Xususan, yerdan maqsadli foydalanish ustidan davlat nazorati Kadastr agentligi tomonidan amalga oshirilishi, bunda yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanganda, Yer Kodeksining 36-moddasiga muvofiq ushbu yer uchastkalariga boʻlgan huquqni bekor qilish boʻyicha Kadastr agentligi organlari tomonidan sudga murojaat qilinishi, maqsadsiz foydalanilayotgan yerlar sud tartibida olib qoʻyilishi, oʻzboshimchalik bilan yerni egallab olish – tegishli tartibda jarima yoki maʼlum muddatga ozodlikni cheklashdek javobgarlikka sabab boʻlishi toʻgʻrisida targʻibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Bundan koʻzlangan maqsad – aholining koʻchmas mulk bunyod etishda oʻz huquq va majburiyatlarini bilishlarini taʼminlash va bu boradagi huquqiy madaniyatini oshirishdir.      

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026