31-SONLI MAKTABNING YaNGI BINOSI FOYDALANIŞGA TOPŞIRILDI
Mamlakatimizda taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor tufayli, har yili önlab maktablar, maktabgaça taʼlim taşkilotlari binolari zamon talablari darajasida rekonstruktsiya qilinib, qayta jihozlanmoqda va öz muddatini ötab bölgan binolar örnida yangilari bunyod etilmoqda. Muhtaram Prezidentimizning taşabbuslari va qöllab-quvvatlaşlari bilan amalga oşirilayotgan bu kabi bunyodkorlik işlari Amudaryo tumanida ham keng miqyosda olib borilib, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarining şart-şaroitlari yaxşilanib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanayotgani taʼlim-tarbiya işlarini samarali taşkil etiş imkonini bermoqda. Tumanda birgina 2024-yilda turli manbalar hisobidan bunyod etilgan 5ta ijtimoiy soha obʼektlaridan 3 tasi umumtaʼlim maktablari va 2tasi maktabgaça taʼlim taşkilotlaridir. Şulardan biri – 31-sonli maktabning 330-örinli yangi binosi hisoblanadi.
Mazkur maktabning eski binosi 1964-yilda 560 öquvçi öringa möljallab qurilgan bölib, sönggi yillarda mazkur bino ança eskirgani, taʼlim-tarbiya işlarini sifatli olib boriş imkoni bölmagani sababli, 2007-yilda maktabga rekonstruktsiya hisobidan 160-örinli qöşimça bino qurib berilgan edi. Salkam 500 nafar öquvçi taʼlim oladigan mazkur öquv muassasasi uçun, albatta, 160-örinli qöşimça bino qurilgani bilan maktabda öquvçilarga zamon talablari darajasida taʼlim-tarbiya beriş borasidagi muammolar barham topmadi. Şu bois, joriy 2024-yilgi investitsiya dasturi doirasida 4,1 milliard söm mablağ evaziga maktab uçun 330-örinli, zamonaviy talablarga töla javob beradigan yangi bino qurilib, foydalanişga topşirildi.
29-noyabr kuni maktab binosini foydalanişga topşirişga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi. Öquv muassasasining oçilişiga bağişlangan tantanali marosimda Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov rahbarligidagi tuman hokimligi masʼullari, sektor rahbarlari, Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi mutasaddilari, Beruniy nomli mahalla fuqarolar yiğini masʼullari hamda mahalla faollari, pedagog xodimlar iştirok etdilar.
Tadbirda Amudaryo tuman hokimi Sobir Xöjametov Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi masʼullarini, 31-sonli maktab pedagogika jamoasini yangi maktab binosining foydalanişga topşirilişi munosabati bilan samimiy tabrikladi va quriliş işlarini qisqa muddatda, sifatli amalga oşirgani uçun "Sanjar Diyor building" MÇJ quruvçilariga minnatdorçilik bildirdi.
Tadbirda mazkur taʼlim dargohi yillar davomida tumanimizning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan yuksak salohiyatli mutaxassis kadrlar yetişib çiqişida muhim rol öynagani alohida eʼtirof etilib, maktabning sobiq bitiruvçilari orasida mamlakatimiz ilm-fani darğalari, davlat va jamoat arboblari borligini faxr bilan tilga olindi.
Tadbirda tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi mudiri Yalğoş Şomuratov ham sözga çiqib, mamlakatimizda taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor tufayli sohada erişilayotgan yutuqlar haqida töxtalib ötdi va pedagog xodimlarni yoş avlod taʼlim-tarbiyasiga masʼuliyat bilan yondoşgan holda, yaratilayotgan şaroitlarga munosib ravişda faoliyat olib borişga çaqirdi.
Şundan söng, maktab binosini bunyod etgan “Sanjar Diyor building” MÇJ rahbariyati tomonidan maktab direktori Nilufar Davletovaga yangi binoning ramziy kaliti tantanali ravişda topşirildi.
Tadbir iştirokçilari maktab binosida yaratilgan şart-şaroitlar, xususan, maktab infratuzilmasi, fanlar böyiça maxsus jihozlangan xonalar bilan yaqindan tanişdilar.
Şu kunning özida öquvçilar öz ustozlari rahbarligida şinam va yoruğ, zamonaviy şaroitlarga ega sinf xonalarida öquv maşğulotlarini boşlab yubordilar.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶