28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:30
Fan va taʼlim 👁 413

21-SONLI DAVLAT MTTDA “TRANSPORT, YOʻL HARAKATI QOIDALARI” MAVZUSIDA SEMINAR TAShKIL ETILDI

21-SONLI DAVLAT MTTDA “TRANSPORT, YOʻL HARAKATI QOIDALARI” MAVZUSIDA SEMINAR TAShKIL ETILDI

Mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini zamon talablari darajasida rivojlantirish, tarbiyachi-pedagoglarning malakalarini oshirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol insonlar qilib tarbiyalashga qaratilayotgan eʼtibor va ragʻbat tufayli sohaga yangi innovatsion pedtexnologiyalar izchillik bilan joriy etilmoqda. Xususan, oʻzaro tajriba almashuvlar, ilgʻor tarbiyachi-pedagoglarning ish uslublarini ommalashtirishga qaratilgan oʻquv-seminar mashgʻulotlari oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Bu borada Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi namunali ish faoliyatiga ega maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻtkazilayotgan oʻquv-seminarlari soha xodimlarida qiziqish uygʻotmoqda. Tumandagi MTTlarda har oy alohida muhim bir mavzu bilan nomlanib, mazkur oy mavzusi boʻyicha MTT tarbiyalanuvchilari ishtirokida seminar mashgʻulotlarini oʻtkazish anʼanaga aylangan.

Joriy yilning noyabr oyi mavzusi “Transport, yoʻl harakati qoidalari” sifatida belgilanib, 28-noyabr kuni 21-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida shu mavzuda seminar tashkil etildi.

Seminarda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi uslubchilari Saule Patullayeva, Shahnoza Qilicheva, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari, tarbiyachi-pedagoglar hamda 21-sonli davlat MTTning 4ta guruhi tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar.

Mazkur maktabgacha taʼlim tashkiloti 120-oʻrinli boʻlib, ayni paytda 119 nafar kichkintoylar tarbiyalanmoqda. Muassasada 34 nafar malakali xodimlar faoliyat olib borishadi. Kichik, oʻrta, katta va tayyorlov guruhlaridan iborat 4ta guruhda tarbiyalanuvchilar uchun har oy mavzusidan kelib chiqib oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bolajonlarning qiziqish va iqtidorlarini rivojlantirishga qaratilgani bilan ota-onalarga ham manzur boʻlmoqda. Muassasada noyabr oyi mavzusi – “Yoʻl harakati qoidalari” boʻyicha oʻtkazilgan seminar ham qiziqarli taassurotlarga boy boʻldi.

Seminar mashgʻulotini tayyorlov guruhi tarbiyachisi Tursunoy Adamboyeva boshlab berdi. Tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari noyabr oyining soʻnggi haftasi uchun belgilangan “Ehtiyotkor piyoda” mavzusida koʻrgazmali chiqish namoyish etdilar. Unga koʻra, bolajonlar koʻchalarda harakatlanish, madaniyati, yoʻlning chorraha qismida va piyodalarning oʻtish qismida qanday yoʻl belgilariga eʼtibor berish, svetofor chiroqlarining ranglari nimalarni anglatishi haqidagi bilim va koʻnikmalarini namoyish etdilar.

Seminar davomida katta guruh tarbiyachisi Feruza Iskandarova va yordamchi tarbiyachi Mavluda Xidirovalar “Koʻcha harakati qoidalari”, oʻrta guruh tarbiyachisi Shahnoza Fayzullayeva, yordamchi tarbiyachi Gulrux Raimboyevalar “Shoshilinch harakat xizmatlari”, kichik guruh tarbiyachisi Shahnoza Qoʻshmanova hamda yordamchi tarbiyachi Guljon Yerjanovalar esa “Transportlar bilan tanishuv” mavzularida oʻz guruhlaridagi tarbiyalanuvchilar ishtirokida qiziqarli mashgʻulotlar oʻtkazdilar.

Mashgʻulotlarni eʼtibor va qiziqish bilan kuzatgan seminar ishtirokchilari 21-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagog xodimlari tomonidan taʼlim-tarbiya ishlari samarali yoʻlga qoʻyilganini alohida eʼtirof etishib, pedagog tarbiyachilarning mahoratiga yuqori baho berdilar.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026