36-sonli MTTda “Transport, yöl harakati qoidalari” mavzusida seminar ötkazildi
Bolaning çaqqon va zehni ötkir bölib ulğayişida taʼlim-tarbiyaga eng dastlabki qadam bölmiş boğçada olingan bilimlar muhim örin tutadi. Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida tarbiyaçilar tomonidan olib boriladigan turli xil dars maşğulotlari jajji bolajonlarning kelajakdagi bilim saviyasiga, tasavvur olamining kengayişiga mustahkam poydevor yasaydi.
Yaqinda Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining Maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyatini muvofiqlaştiriş şöʼbasi iş rejasiga asosan 36-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida “Transport, yöl harakati qoidalari” mavzusida amaliy körgazmali seminar ötkazildi. Seminarda şöʼba boş metodisti Hulkar Babajonova, metodist Saule Patullayeva, tumandagi 2-, 10-, 16-, 20-, 30-, 32-, 44-, 49-, 23-, 31-, 24- va 9-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotlarining direktorlari, metodistlari va tarbiyaçilari iştirok etdilar.
Seminarni Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining Maktabgaça talim taşkilotlari faoliyatini muvofiqlaştiriş şöbasi metodisti Jupar Oymuratova oçib berdi. U öz nutqida uşbu seminarni ötkazişdan maqsad, maktabgaça taʼlim taşkilotlarida bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgaça yoşdagi bolalarning aqliy rivojlanişini rağbatlantiriş, ularning davlat talablari asosida hamda davlat öquv dasturiga muvofiq har tomonlama barkamol rivojlanişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş masalalariga töxtalib ötdi. Şundan söng, şöʼba metodisti Hulkar Babajonova sözga çiqib, mazkur seminar maktabgaça yoşdagi bolalarning öquv-tarbiyaviy faoliyatini taşkil qiliş va amalga oşirişda tarbiyaçilarning amaliy könikmalarini rivojlantiriş uçun taşkil etilganligini aytib ötdi.
Bölim metodisti Saule Patullayeva esa mamlakatda ötkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilğor tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlarini inobatga olgan holda maktabgaça taʼlim tizimida maʼnaviy barkamol va intellektual jihatdan rivojlangan şaxsni tarbiyalaş davlat talablarining maqsadi ekanligini alohida urğuladi.
Şundan söng, seminar öz işini boşladi. Qizğin bahs va munozaralarga boy ötgan seminarda iştirokçilar özlarining tajribasini hamda amaliy könikmalarini oşirişdi.
Darhaqiqat, bunday seminarlar barça davlat MTTlarda yil davomida reja asosida taşkil qilinadi, ularda seminar qatnaşuvçilari özaro tajriba almaşib, özlarining kasbiy mahoratini oşirib boradilar.
Uşbu seminarda ham iştirokçilar 4 ta guruhga bölinib, maşğulot olib bordilar. Xususan, 36-sonli davlat MTTning maktabga tayyorlov guruhi tarbiyaçisi, metodist Şahlo Yalğaşeva mavzu böyiça maşğulot ötdi.
Tarbiyaçi maşğulot davomida mavsumiy özgarişlarni yiğilganlarga körgazmali qurollar vositasida tuşuntirdi. Şu bilan birga, 36-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotining katta guruhi tarbiyaçisi Nilufar Kamolova, örta guruhi tarbiyaçisi Rayhon Kamolova, kiçik guruh tarbiyaçisi Mavluda Şomuratovalar ham “Transport turlari” mavzusi böyiça maşğulotlar ötdi. Maşğulotlar davomida bolajonlar rivojlantiriş markazlariga bölinib, amaliy maşğulotlar bajardilar. Ayniqsa, quriliş va konstruktsiyalaş markazida quriliş materiallari, kubiklar, legolar töplamlaridan foydalanib yasagan maşinalar bolalarga özgaça zavq bağişladi.
Maşğulotlar tarbiyalanuvçilarda jismoniy rivojlaniş va soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, nutq va muloqot, öqiş va yoziş könikmalari, biliş jarayonining rivojlanişi, ijtimoiy-hissiy rivojlaniş hamda ijodiy rivojlanişni amalga oşirişga qaratilib, bolalar rivojlanişining muayyan şaroitlari, ehtiyojlari va xususiyatlari hisobga olingan holda taşkil etildi.
Maşğulot jarayonlari tugagandan söng seminar iştirokçilari bilan maşğulotlar tahlil qilindi. Har bir guruh kesimida kuzatuvçilar uşbu maşğulotni ötkazgan tarbiyaçilarning pedagogik mahorati hamda layoqati, yutuqlari, kamçiliklari hamda bolalar bilan birgalikdagi faoliyati, taʼlim-tarbiya jarayonida samarali şakl, metod va vositalaridan unumli foydalana oliş imkoniyatlari haqida aytib ötildi. Seminar kun tartibidagi masala yuzasidan savol-javoblar ötkazilib, qatnaşuvçilar tomonidan fikr va mulohazalar bildirildi. Maşğulotlarning qiziqarli va mazmunli taşkil etganligi uçun alohida minnatdorçilik bildirildi.
“U kim? Bu nima?” deya savollarga kömib taşlaydigan bolajonlarimizning barça savollariga erinmay javob beriş, ularni hafsala bilan tinglaş, ularning aqliy rivojlanişi uçun vaqt ajratiş hamma ota-onaning ham qölidan kelavermaydi. Baʼzan esa vaqt kamlik qiladi. Şu jihatdan olib qarasak, bu borada MTTlari faoliyatining ahamiyati katta, qilayotgan işlari tahsinga loyiq. Biz esa, ularning xayrli va öz navbatida masʼuliyatli bölgan işlariga omad yor bölişini tilaymiz.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶