10-dekabr — Özbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi Özbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrdagi “Özbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi töğrisida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
Uşbu Qonunning 2-moddasida “Özbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zör ehtirom bilan qaraş Özbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burçidir”, deb belgilab qöyilgan Davlat suvereniteti ramzi bölgan madhiya matni Özbekiston xalq şoiri Abdulla Oripov tomonidan yozilgan.
Unga Özbekiston xalq artisti Mutal Burxonov musiqa bastalagan. Özbekiston Respublikasi davlat madhiyasi mustaqillikka eʼtiqodni tarğib qiladi. Uning matni fuqarolarimizni mustaqil davlat quriş yölida matonat va jasoratga, sabr-toqat va fidokorlikka, kuraşga çaqiradi, milliy ğururni uyğotadi.
Madhiyamizni baralla ijro etarkansiz, uning mangu qöşiq ekanini yana bir karra anglaysiz. Sport musobaqalarida ğalaba qozongan hamyurtlarimiz, harbiylar, hatto maktab ostonasiga ilk qadam qöygan bolajonlar, barçamiz bu qöşiqni qölimiz köksimizda bölgani holda mağrur aytamiz. Zero, madhiyamiz yurakdan çiqib, yuraklarga yetib boruvçi, jahon uzra baralla yangraydigan mangu, muhtaşam taronadir. Unda şonli tariximiz, mehnatkaş xalqimizning salohiyati, kuç-qudrati, maʼrifatparvar bobolarimizning orzu-umidlari, yurt istiqboli mujassam.
Şu kunlarda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan yurtimizning barça göşalarida bayram tadbirlari, maʼrifiy tadbirlar ötkazilmoqda.
Davlatimiz madhiyasi - tinç va osoyişta, ozod hamda erkin hayotimiz, yoruğ kelajagimizga bölgan işonçimiz timsolidir. Bizni va farzandlarimizni ğalabaga undab turuvçi hayot qöşiğimizdir! Vatandoşlarimizni Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 32 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Özbekiston farzandlari jahon arenalarida turib Vatan madhiyasini baralla kuylayversin.
I.Matkarimov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tuman bölinmasi rahbari

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶