28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:58
Iqtisodiyot 👁 707

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalasida yigʻilish oʻtkazildi

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalasida yigʻilish oʻtkazildi

Amudaryo tumani Soliq inspektsiyasi binosida prokuratura organlarining soliqchilar va tadbirkorlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalari Prokuraturalari masʼullari ishtirokida oʻtkazilgan uchrashuvda tuman Soliq inspektsiyasi xodimlari, tumandagi tadbirkorlik subʼektlari egalari va biznes vakillari ishtirok etdi.

Qayd etish kerakki, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor berilmoqda. Bu jarayonda davlatning asosiy maqsadi ishlab chiqarishni oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini taʼminlashdir. Sohadagi islohotlar natijasida oʻziga xos ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda, bunda davlatning tadbirkorlar bilan munosabatlari yangi yoʻnalishda rivojlanmoqda. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun muhim mexanizmlardan biri — soliq organlarida amalga oshirilayotgan islohotlardir.

“Soliqchi – tadbirkorga koʻmakchi” tamoyili asosida soliq organlarining biznes vakillari bilan ishlash tartibi tubdan oʻzgardi. Agar avval soliq organlari tadbirkorlarga nisbatan nazoratchi va jazolovchi rolini oʻynagan boʻlsa, endilikda ularning asosiy vazifasi — tadbirkorlarga koʻmak berish va ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlashdir. Buning natijasida tadbirkorlar uchun soliq toʻlash, hisobotlarni topshirish va soliq organlari mutasaddilari bilan munosabat oʻrnatish ishlari ancha osonlashdi. Buning ortidan kichik va oʻrta biznes sohasidagi shaxslar uchun huquqiy va iqtisodiy xavfsizlik yuzaga keldi. Pirovardida esa tadbirkorlarning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi yil sayin ortib bormoqda.

Biroq, Oʻzbekistonda yashirin iqtisodiyotning mavjudligi mamlakatning rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Uchrashuvda tadbirkorlarga yashirin iqtisodiyotning avvalo oʻzi uchun, qolaversa mamlakat iqtisodiyoti va xalq farovonligi uchun salbiy taʼsiri hayotiy misollar orqali tushuntirib berildi.

Yashirin iqtisodiyot byudjet tushumi rejalarining bajarilishiga, shu orqali davlatni iqtisodiy rivojlantirishga toʻsqinlik qiladi. Noqonuniy faoliyat koʻlamining kengayishi qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga ham zarar keltirib, raqobatning susayishiga, oqibatda esa barqaror iqtisodiy oʻsishga salbiy taʼsir koʻrsatadi, mamlakatning investitsion jozibadorligini kamaytiradi.

Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va tadbirkorlarning qonunga boʻysunishini taʼminlash maqsadida hukumat tomonidan bir qator imtiyozlar berilmoqda. Berilayotgan soliq imtiyozlari, ayniqsa, kichik biznes va tadbirkorlik subʼektlarini tashkil qilish, ularda ish oʻrinlarini koʻpaytirish, faoliyatini yanada kengaytirishga yordam bermoqda.

Uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublika Prokuraturasining yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida nazorat boʻlim boshligʻi, adliya katta maslahatchisi M.Ye.Babatayev tadbirkorlarga bu kabi choralar haqida batafsil maʼlumotlar berib, ular toʻlayotgan soliqlardan byudjet shakllanishi, yaratayotgan yangi ish oʻrinlari sababli esa ishsizlik qisqarib, oilalarning daromadlari koʻpayishi, pirovardida esa mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligi yanada yuksalishini tushuntirdi.

Chindan ham, yashirin iqtisodiyot yoʻq joyda sogʻlom raqobat boʻladi. Raqobat bor joyda esa ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki koʻrsatilayotgan xizmatlar narxi arzonlashib, sifati yaxshilanadi. Bundan esa nafaqat isteʼmolchilar, balki tadbirkorlarning oʻzlari ham faqat yutadi. Zero, raqobatbardosh biznesning umri uzoq boʻladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026